Kasbiy moslashuv shartlari




Download 43,37 Mb.
bet137/201
Sana20.06.2024
Hajmi43,37 Mb.
#264727
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   201
Bog'liq
«servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasi

3. Kasbiy moslashuv shartlari
Har qanday faoliyat asosida mehnat yotadi. Mehnat esa muayyan kasb-hunar bilan bog‘liq bo‘lib, o‘ziga xos murakkab jarayon hisoblanadi. Mehnatning ana shunday xususiyatlaridan biri yoshlarning kasb-hunarga moslashish shartidir. Mazkur pedagogik omil bir nechta bosqichlardan iborat. U o‘z imkoniyatlariga mos mehnat jamoasini tanlash, undagi vaziyatni to‘g‘ri baholay olish, to‘plangan amaliy tajriba va bilimlarni ish faoliyatiga joriy etish, mustaqil ko‘nikma hosil qilish kabi bir qancha shartlarni o‘z ichiga olgan ushbu jarayonni umumiy mezon bilan baholash mumkin. Bunday mezon mehnatning hayotiy qadriyat ekanini tushunib etish, kasb-hunarga nisbatan o‘z salohiyatini baholay olish, mehnat faoliyati va jamoadagi sharoitdan qoniqish, kasbga qiziqish, mehnat faoliyatiga oid ko‘nikmaning shakllanishi asosida aniqlanadi. Bu esa kasb-hunarga moslashishga yordam beruvchi yoki to‘sqinlik qiluvchi ob’ektiv va sub’ektiv sabablarni tahlil etishda qo‘llaniladi.
Endi ana shu omillarga to‘xtaladigan bo‘lsak, vujudga kelgan ijtimoiy munosabatlar, mehnat sharoiti, rag‘batlantirish tizimi, ishxonadagi ma’naviy muhit moslashuv jarayoniga yordam beradi. Sub’ektiv omillar ko‘p hollarda yoshlarning shaxsiy xususiyatlari bilan bog‘liq holda paydo bo‘ladi. Ular yoshlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarining qanoatlantirilishi, haqiqiy vaziyat va istakning muvozanatini ifodalaydi. Tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, o‘smirlarda kelgusi hayot haqida turli-tuman rejalar mavjud bo‘ladi. Lekin ularning aksariyati real voqelikka asoslanmagani bois, orzuligicha qolib ketadi. Shu bois, o‘smir yoshlarning reja va istaklarini inobatga olgan holda ularning aqliy qobiliyati va muayyan kasb-hunarga qiziqishini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda maxsus so‘rovnomalar o‘tkazish usuli yaxshi samara beradi. Kasb-hunarga qiziqish unga moslashishga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy xususiyat hisoblanadi. U shaxsning doimiy xislatini ifoda etadi va o‘smir yoshlarning bajaradigan ishiga nisbatan munosabatini belgilaydi. Lekin u o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi, aksincha, o‘quv jarayoni va muhit ta’sirida shakllanadi.
Kasb-hunarga moslashish sharoiti bir nechta ta’sir etuvchi omillar natijasida yuzaga keladi. Ularning birinchisi tashqi ta’sir omillari bo‘lib, kichik yoshdagi maktab o‘quvchilariga mo‘ljallangan ma’naviy-tarbiyaviy ishlar, ijtimoiy-tarbiyaviy mehnat, oilaviy tarbiya, jamoatchilik tarbiyasi kabi tarmoqlardan iborat. Maktabdagi va atrofdagi muhit, ota-onaning kasbi-kori, shaxsning ichki va tashqi tabiati, oilaviy kasb-hunar an’analaridan tashkil topgan ijtimoiy pedagogik omillar ikkinchi guruh hisoblanadi. Uchinchi guruhga kasb-hunarni to‘g‘ri tanlay olish, unga nisbatan qiziqish, malaka, ish sharoiti, mehnat faoliyatining samaradorligi kabi o‘ziga xos omillar kiradi. Ana shu omillarni uyg‘unlashtirish kasbga moslashuv jarayoniga ijobiy ta’sir etish barobarida ta’lim – tarbiya tizimiga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni va ish tajribalarini joriy qilishni taqozo etadi. Bunday pedagogik tadqiqotlar yoshlarning muayyan kasb-hunarni mukammal va tez fursatda egallashiga yordam beradi. Bu hol o‘z navbatida shaxs va jamiyat manfaatlariga xizmat qiladi.
4. Faoliyatda muvafaqqiyatga erishishni istaysizmi? Shaxsni faoliyatda tadqiq qilish va o‘rganish borasidagi tajribalar. Bu erda to‘rtta yangi xabarlar, ba’zilari tabiiy kuzatuvdan olingan so‘rovnomalardan iborat munosabatlar kuzatuvidir. Qay biri ijobiy va qay biri salbiy munosabat ekanligini belgilay olasizmi? (quyidagi jadvaldan javoblaringizni tekshiring)
1. Bolalar qanchalik ko‘p televizor ko‘rishsa, shunchalik kam miqdorda kitob o‘qiydilar.
2. Bolalar qanchalik ko‘p behayo dasturlarni tomosha qilsalar, shunchalar jinsiy yaqinlashishga bo‘lgan ishtiyorlari oshadi.
3. Qanchalik ko‘p bolalar ko‘krakdan oziqlanishda davom etsalar, shunchalik buyuk maqsadlarga erishadilar. O‘smirlar qanchalik ko‘p nonishta tanavuul qilsalar, shunchalik qomat buzilishi kuzatiladi. (Timlin, 2008)
Ba’zan yolg‘iz ko‘zlarimiz payqamay qoladigan narsalarni statistik ma’lumotlar ko‘rishga yordam beradi. Bu narsaga o‘zingiz amin bo‘lishingiz uchun, xayoliy loyiha tashkillashtirib ko‘ring. Bo‘yi baland kishilar ko‘roq chiqishuvchanmi yoki yo‘qmi, buning uchun siz ikki yo‘nalish o‘rnatib olasiz, erkaklarnig vazni va ularning temperamentlari. Siz 20ta erkakning vaznini kiritasiz va siz bilan bir qatorda biron kishi shaxsan ularni temperamentini belgilab boradi. (o‘ta vazmin “0” dan, juda agressiv “100”gacha).
Yuqori (1.2 jadval)dagi hamma ma’lumotlarni ko‘rib vazn va temperament orasida ijodiy munosabat bormi yoki yo‘qmi, yoki salbiy munosabatlar bormi yo‘qmi shularni ayta olasizmi?
1.2 Jadvaldagi ustunlarni ko‘rib ko‘pchilik vazn va temperament o‘rtasida juda oz aloqa bor deb topishadi. Lekin aslida bu xayoliy jadvalda ijobiy munosabat ko‘proq, +0,63 jadvalda ko‘rinib turganidek.
1.3 shaklda chapdan o‘ngga, teppaga, cho‘ziq shakl bo‘ylab klasterdagi hisobotlar bizni xayoliy baholashlarimiz(og‘irlik va reaktivlik) o‘zga Agar 1.2dagi sonlar sistematik ravishda munosabatlar tushishini ko‘rsak, buni har kungi hayotimizga qanchalik kam o‘xshatamiz? Oldinda nima to‘g‘rilgini ko‘rmoqchi bo‘lsak, bizga ba’zida statistik yoritish zarur bo‘ladi. Biz osongina jinslar orasidagi farqni kasb haqidagi, daraja, ma’lumot, ijro, jins va maoshga bog‘liq qilib barcha ma’lumotlarni xulosalasak, biz ko‘pincha bir xil ma’lumotlarga ega bo‘lsak ular orasidagi tafovutni ko‘rmaymiz.
Eslab qolish nuqtasi. Munosabat koeffitsenti bizga ikki bir biriga bog‘liq narsalarni taqqoslash orqali dunyoni yanada yorqinroq ko‘rishga yordam beradi.
Munosabat va sabab. O‘zaro munosabatlar bizga bashorat qilishga yordam beradi. Sust o‘zini o‘zi hurmat qilish munosabati (va shuning uchun bashoratlash) dipretsiya. (Bu munosabat munosabat koeffitsenti bilan belgilanishi mumkin yoki shunchaki past o‘zini hurmat qilish natijasiga ega insonni topish bilan). Shuning uchun sust o‘z o‘zini hurmat qilish dipretsiyaga sabab boladimi? Agar munosabat holatiga asoslansak, siz ha deb o‘ylaysiz. Qanchalik munosabatlar kuchli bo‘masin, siz hech narsani isbotlay olmaysiz!
1.4dagi 2 va 3chi shaklda biz bir xil salbiy munosabatlarni sust o‘z o‘zini baholash va dipressiya o‘rtasidagi farqlilikni ko‘rishimiz mumkin, nimagaki odamlarda dipressiya holatini kelib chiqishiga sabab bo‘la oluvchi omildir. Misol uchun erkaklar orasida turmush uzunligi soch kamayishi bilan ijobiy aloqador, ikkalasi ham uchinchi omil, yosh, bilan bog‘liq.
Bu qarash juda muhim – shuning uchun asosiysi bu psixologik nazarda o‘ylash – bu narsa yana bir misolga yani 12.000 dan ziyod o‘smirlar so‘roviga qarata olinadi. O‘rganib chiqish shuni ko‘rsatdiki, o‘smirlar qanchalik ota onasini yaxshi ko‘rishsa shunchalik kam yomon va nosog‘lom yo‘llardan yurishar ekan – barvaqt jinsiy yaqinllik, ichish, alkagol mahsulotlariga mukkasidan ketish va narkotiklar va zo‘ravonliklardan. (Resnick et al 1997). “O‘smirlar bolalarga maktab yillarida har bir davrdan ko‘ra ko‘proq ta’sir ko‘rsatishadi” ta’kidlandi Associated Press (AP) nashriyoti tomonidan.
Eslab qolish nuqtasi. Munosabat sabab va natija munosabatlarini belgilaydi lekin bu sababini isbotlamaydi. Ikki narsani bir biriga bog‘liqligini bilish bizga hech qanday buni sababini bilishni isbotlay olmaydi. Shu asosni eslab holing va olimlar tajribalarini o‘qigandek dono bo‘lasiz.
Mavjud bo‘lmagan munosabatlar. Bular qanday munosabatlar? Aloqadorlik koeffitsenti biz ilg‘amay qolgan munosabatlarni ko‘rsatib berishi mumkin. Ular yana biz “qidirayotgan” haqiqatda mavjud bo‘lmagan munosabatlarimizni cheklaydi. Qachonki biz ikki narsa o‘rtasidagi munosabatlarga ishonsak, ishonchlarimizni qayta chaqirib bularni qabul qilishimiz mumkin. (Troiler & Hamilton 1986)
Biz noodatiy va g‘aroyib narsalarga ko‘ngilchanligimiz sababli, ayniqsa payqash va eslab qolishda sodir bo‘lgan ikki va undan ortiq hodisalarni birma bir eslab qolamiz. Misol uchun, qo‘ng‘iroq ketidan qo‘ng‘iroq. Agar ko‘ngilni g‘ash qiluvchi qo‘ng‘iroq bo‘lmasa, biz ko‘pincha buni payqamaymiz yoki eslab holmaymiz.
Shunday qarashlar insonlarda qoplab shakarning bolalarda quvvatni oshirishiga, ivib ketish odamlarning shamollashiga sabab bo‘lishi , ob havo o‘zgarishi bo‘g‘inlardigi og‘riqqa sabab bo‘lishiga ishonch uyg‘otgan.
Eslab qolish nuqtasi. Qachonki biz tasodifiy muvofiqlikni payqasak, biz ular tasodifiyligini yoddan ko‘tarishimiz mumkin. Shuning uchun ularni yo‘qdek qabul qilishimiz oson35



Download 43,37 Mb.
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   201




Download 43,37 Mb.