• 1. Kasb tanlash haqida ma’lumot
  • «servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi




    Download 43,37 Mb.
    bet138/201
    Sana20.06.2024
    Hajmi43,37 Mb.
    #264727
    1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   201
    Bog'liq
    «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasi

    Nazorat savollari
    1. Kasbiy moslashuv haqida nimalarni bilasiz?.
    2. Kasbiy moslashuv bosqichlarini sanang?.
    3. Kasbiy moslashuv shartlari gapiring?.


    17 - mavzu. Shaxsning kasbiy rivojlanishining bosqichlari psixologiyasi
    Reja:
    1. Kasb tanlash haqida ma’lumot
    2. Shaxsning kasbiy shakllanishi
    3. Kasbiy o‘z o‘zini aniqlash bosqichni


    1. Kasb tanlash haqida ma’lumot
    Kasb tanlash – kasb talablaridan kelib chiqib, bir qancha variantlar orasidan shaxsiy xususiyatlari va xislatlari ustuvorligiga ko‘ra munosibrog‘ini tanlashni bildiradi. Kasb tanlash kasbiy yo‘nalganlikka nisbatan bir muncha murakkabrog‘ jarayon. Chunki shaxsda kasbga xos xususiyatlar – muayyan kasbni egallashga tayyorgarlik (bilim, tajriba, dunyoqarash doirasining kengligini) darajasining mavjudligini aniqlash talab etiladi. Kasbiy shakllanish va kasbiy faoliyat muammolarini tadqiq etish dolzarb va keng qamrovli psixologik - pedagogik muammo sifatida baholash uchun barcha asoslar mavjud. Mazkur muammo ijtimoiy - iqtisodiy o‘zgarishlar sharoitida shaxs oldiga yanada kattaroq talablar qo‘yadi.
    XXI asrning boshidagi kasb-korlikka doir axborotlar ko‘lamining ortganligi, inson ehtiyojlarining o‘sib borayotganligi, yangi sohalarning paydo bo‘layotganligi, kasb yo‘nalishlarining o‘zgarib borishi va shaxsning hayotga munosabatining o‘zgarayotganligi sifatlari bilan xarakterlanadi.
    Ma’lumki, har bir shaxs farovonlikda va yaxshi ta’minlangan sharoitda yashashni istaydi. Shu sababli ham insonlar farovon turmushni ta’minlashga xizmat qiluvchi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishga intiladilar va moddiy boyliklarni o‘zlashtirishga imkon yaratuvchi kasb-hunar sohalari va mutaxassisliklarni egallashga harakat qiladilar. Ba’zi holatlarda ma’lum bir kasbni tanlash va uni egallashda shaxsning imkoniyati etarli bo‘lmaydi. Insonning qiziqishlariga va psixologik imkoniyatlariga to‘g‘ri kelmaydigan kasbning tanlanishi, tabiiyki, uning shaxs sifatida kamol topishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu nuqtai nazardan shaxsning ichki intilish va imkoniyatlariga u tanlagan kasbi bilan shaxsi orasidagi munosabati o‘ta dolzarb masala hisoblanadi. Biz quyida shu masala bo‘yicha psixolog olimlarning qarashlarini, o‘tkazgan tadqiqotlarini tahlil qilamiz.
    Ma’lumki, shaxsning kasbiy shakllanishi to‘rt asosiy bosqichdan iborat bo‘lib, ularga quyidagilarni kiritish mumkin: a) kasbiy intilishlarning shakllanishi; b) kasbiy ta’lim; v) kasbiy moslashish; g) shaxsning kasbiy faoliyatda qisman va to‘liq o‘zini-o‘zi bag‘ishlashi. Mazkur bosqichlarga mos holda kasbiy o‘zini o‘zi aniqlash jarayoni ham sodir bo‘ladi. Kasbiy o‘zini o‘zi aniqlash jarayoni psixologik adabiyotlarda etarli darajada chuqur yoritilgan bo‘lib, ayniqsa, psixologlar kasbiy intilishning shakllanishi va kasb tanlash bosqichlariga alohida e’tibor qaratganlar.
    Respublikamizda olib borilayotgan ijtimoiy – iqtisodiy islohotlar aholidan yuksak madaniyatni, o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lishni talab etadi. Shu nuqtai nazardan kasbiy faoliyatning ikki xil jihati psixologik va pedagogik jihatlari farqlanadi. Kasbiy faoliyatning psixologik jihatlari xodimlarning kelajakda o‘z burch va majburiyatlarini samarali bajarishlari uchun ularga zarur bo‘lgan psixologik – pedagogik tamoyillar, kategoriyalar va tushunchalarni singdirish hamda kasb madaniyati va etikasi talablariga muvofiq xatti – harakatlarini izohlash, xizmat vazifalarini to‘g‘ri bajarishga o‘rgatish, o‘z kasbiga mehr – muhabbat, insonga hurmat bilan qarashni tarbiyalashda namoyon bo‘ladi.
    Kasbiy faoliyatning pedagogik jihatlari esa xodimlar xulqidagi mavjud ahloqiy – siyosiy xususiyatlarda aks etib, ahloqiy prinsiplar va me’yorlarning shaxs ongida qanday hosil bo‘lishi bilan belgilanadi. Axloqning shakllanishida atrofdagi turli xulq – atvordagi kishilar, shaxsiy tajriba, muayyan tiplar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ommaviy axborot vositalarida yoritilayotgan faktlar katta ahamiyatga ega.
    Kasbiy ta’limning muhim vazifalaridan biri kasbiy tayyorgarlik bo‘lib, bunda tayyorgarlik ikki xil ko‘rinishda amalga oshiriladi: mustaqil o‘rganish(qo‘shimcha ta’lim yoki mustaqil ta’lim) va maxsus kasbiy ta’lim muassasalarida ta’lim olish orqali. Kasbiy ta’limning muvaffaqiyatini belgilaydigan muhim psixologik jarayon “ma’lum bir kasbga tayyorgarlik” holati hisoblanadi. Bu holat emotsional va motivatsion tayyorgarlikni ham nazarda tutadi. Kasb tanlash inson hayotidagi muhim bir bosqich hisoblanib, bunda inson hayoti uchun muhim qaror qabul qiladi va u jamiyatda o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqaradi. Bu jarayon inson tomonidan o‘z ichki imkoniyatlari tahlil qilish natijasida ma’lum kasbning talablariga uning imkoniyatlarining mos kelishiga qarab sodir bo‘ladi. Kasb tanlash ma’lum bir kasbni tanlayotgan inson (tanlov sub’ekti) bilan tanlanayotgan kasb (tanlov ob’ekti) munosabatlarini o‘zida aks ettiruvchi faoliyat hisoblanadi. Tanlov sub’ekti va tanlov ob’ekti o‘rtasidagi munosabatlar xarakteristikasini o‘rganish davrimizning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
    Kasb tanlash qisqa vaqtda hal etiladigan ish bo‘lmasdan, balki qator bosqichlardan iborat jarayondir. Bu bosqichlarning davoimiyligi tashqi omillarga va kasb tanlash sub’ektining individual xususiyatlariga bog‘liq holda kechadi.
    Kasbiy jihatdan o‘z o‘zini aniqlash katta maktab yoshiga kelib inson uchun dolzarb mazmun kasb etadi va bir qancha bosqichlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Biz quyida shu bosqichlarga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

    Download 43,37 Mb.
    1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   201




    Download 43,37 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi

    Download 43,37 Mb.