|
Kasbiy moslashuv bosqichlari
|
bet | 136/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 43,37 Mb. | | #264727 |
Bog'liq «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasi2. Kasbiy moslashuv bosqichlari.
Kasbiy moslashuv davri odatda uchta o‘ziga xos bosqich bo‘yicha boradiki, ularning har biri kasbiy ta’lim pedagoglari uchun juda muhim xususiyatga ega.
1. Kasbiy moslashishning birinchi bosqichi tanishtirish bo‘lib, o‘zining atrof muhitidagi yangi rolini anglashidan iborat. U tanlangan kasb bo‘yicha muayyan malaka olishga qaror qilgandan boshlanadi va ishlab chiqarish ta’limiga dastlabki nazariy tayyorgarlik davrida, o‘quv qobiliyatlari kasb-hunar kolleji tayanch korxona bilan tanishishdan boshlanadi. Kasbiy moslashishning bu birinchi bosqichida qabul qilingan qarorning to‘g‘riligini o‘smir o‘zi baholaydi. Kasbga, ishlab chiqarish mehnati guruhlariga va o‘qituvchilariga, kasb-hunar kelleji va korxonaga munosabati vujudga keladi. O‘smir o‘z kelajagiga nazar tashlaydi hamda tanlagan kasbida qanday jozibali va qandaydir kamchilik tomonlarini ko‘radi. Bolalikda uyg‘ongan, qiziqtirgan sohalar haqidagi o‘y- xayollar barbod bo‘ladi. Hamda yangi umid va intilishlar paydo bo‘ladi. Ta’sirchan o‘smirlar ongida sabablarning qattiq kurashi ketadi. Bu kurash oqibati boshqa bir mashg‘ulotga bo‘lgan oldingi intilishlar engadimi yoki yangi egallash mavqega muvofiq yangi intilishlar tug‘iladimi, bularning hammasi birinchi mashg‘ulot: muallim va yaqin kelajakda o‘qish va ishga to‘g‘ri keladigan kasb hunar kolleji va korxonalarning tuzilishi, ulardagi umumiy sharoitlar uyg‘otadigan taassurotga bog‘liq bo‘ladi.
2. Kasbiy moslashishning ikkinchi tayyorlov bosqichi – ijtimoiy umumiy texnika va maxsus predmetlar hamda o‘quv xonalarida ishlab chiqarish ta’limini asosli o‘rganishdan iborat bo‘lib, bu kasb o‘rganishdir. Bu erda ham tanlangan mehnat yo‘lini baholash davom etadi. Atrof muhitga, ta’limga va o‘zlashtirilayotgan mehnatga munosabat o‘zgaradi. Biroq hal qiluvchi narsa taassurot emas, balki o‘quv mehnatidagi yutuq va kamchiliklar bo‘ladi. Kasbiy moslashishning ancha uzoq va ma’suliyatli bo‘lgan bu bosqichida kasbini o‘zlashtirayotgan malakali xodim shaxsining daslabki shakllanishi yuz beradi. Bu shakllanishning muvaffaqiyati o‘zining o‘quv mehnati natijasidan qanoatlanishi va qanoatlanmasligiga bog‘liq yutuqlar quvontiradi va ilhom beradi, yanada kattaroq muvaffaqiyatlarga undaydi, tasodifiy muvaffaqiyatsizlik yanada ko‘proq kuchni safarbar qilishni talab qiladi. Ammo bunday holat tez-tez bo‘lib tursa, doimiy muvaffaqiyatsizlik esa ishdan, o‘qishdan va kasbdan ixlosini qaytaradi. O‘quv predmeti va ishlab chiqarish mashqlariga bo‘lgan qiziqishning paydo bo‘lishi, kuchayishi yoxud yo‘qolishini hamda kasbni yoqtirmay qolishi ana shu yutuq va muvaffaqiyatsizliklarga bog‘liq bo‘ladi. Bularning hammasi avvalo pedagoglarga o‘quvchilarning yutug‘i va muvaffaqiyatsizligi o‘quvchining ruhiy holatiga ko‘ra qanchalik e’tibor berishlariga hamda ularning qanchalik mohirlik bilan boshqara bilishiga bog‘liq.
3. Kasbiy moslashishning uchinchi asosiy bosqichi yosh insonning korxona xodimlari muhitiga singishidir. Bu bosqich o‘quvchi-talaba o‘zini o‘rab olgan o‘sha jamoaning a’zosi sifatida his qiladigan ammo ular darajasida malaka orttirmagan mehnat unumdorligi va mahsuloti sifatini ta’minlay olmaydigan, ba’zan xato va beparvoliklarga yo‘l qo‘yadigan, ishlab chiqarish amaliyoti davrida boshlanadi. Rasmiy jihatdan o‘zining tengligi va atrofdagi kishilar bilan ishlab chiqarish malakasida tez emasligi hamda ularning yosh xodimga «temir qanot qushcha» deb munosabatda bo‘lishini anglash uning bu bosqichdagi kasbiy moslashish jarayonini favqulodda murakkablashtirib qo‘yadi. Buni ijobiy hal qilish esa amaliyotda korxona xodimlari bilan o‘zaro munosabati qanday bo‘lishi kasb-hunar kollejini tugatgach ular bilan birgalikda qiladigan mehnatga bog‘liq bo‘ladi.
|
| |