«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi




Download 43,37 Mb.
bet134/201
Sana20.06.2024
Hajmi43,37 Mb.
#264727
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   201
Bog'liq
«servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasi

4.Kasbiy maslahat
Kasb – hunar to‘g‘risida har xil munosabatlar hosil bo‘lishining asosiy sabablaridan biri – bu maktab o‘quvchilarida kasb tanlash jarayonida turli xil motivlarning namoyon bo‘lishidir. Motivlar o‘rtasidagi kurash ularning u yoki bu qarorga kelishlariga sabab bo‘ladi. Bizningcha, voqelikka ongli munosabatda bo‘lish ob’ektiv va qat’iy qarorni keltirib chiqaradi.
V.A.Krutetskiy o‘spirinlarda uchrashi mumkin bo‘lgan motivlardan quyidagilarni alohida ta’kidlab o‘tadi: 1) biror o‘quv faniga nisbatan o‘spirinning qiziqishi, 2) vatanga foyda keltirish istagi (o‘zlarining individual – psixologik xususiyatini va qobiliyatlarini hisobga olgan holda), 3) shaxsiy qobiliyatini ro‘kach qilib ko‘rsatish, 4) oilaviy an’analarga rioya qilishi (vorislik), 5) do‘stlari va o‘rtoqlaridan o‘rnak olganligi, 6) ish joyining va o‘quv yurtining uyga yaqinligi, 7) moddiy ta’minlanganlik, 8) o‘quv yurti ko‘rinishining chiroyliligi yoki unga joylashishning osonligi singari motivlardir.
Mazkur holatni tadqiq etgan yirik psixolog E.A.Klimov o‘spirinlar kasb tanlash kezida; birinchidan, biror kasbning «nufuzli ekanligiga» bahs borishdagi dogmalarga asoslanish, ikkinchidan, kasbga uzoq va noaniq tasavvurga binoan baho berish, uchinchidan, biror kasb egasi bo‘lmish kishiga nisbatan ijobiy yoki salbiy munosabatda bo‘lishni tegishli kasbga ko‘chirish, to‘rtinchidan, kasbning oddiy kundalik tomonini nazar – pisand qilmasdan, uning tashqi tomoniga, sirtiga mahliyo bo‘lish, beshinchidan, o‘rtoqlarining ta’siri ostida «kompaniya uchun» kasb tanlash kabi xatoliklarga duch kelishi mumkinligini ta’kidlab o‘tadi.
O‘spirinlar kasb tanlash to‘g‘risida yaqqol tasavvuriga ega bo‘lmaganliklari boisdan ko‘proq xatoga yo‘l qo‘yadilar. Tanlangan yoki tanlanishi zarur bo‘lgan kasb undan qanday shaxsiy fazilatlarini talab qilishini tushunib etmaydilar. Ular o‘z layoqatlarini oqilona baholashga qurbi etmaganligi uchun u yoki bu kasbni egallanganda qanday tezlikda va aniqlikda harakat qilishligini, sezish va idrok qilish xususiyatlarini, asab tizimining muvofiqlashishi mumkinligini bilmaydilar. Shuning uchun yuqorida bayon qilib o‘tilgan xatolarga yo‘l qo‘yadilar. Biroq hozirgi davrda bunday ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish imkoniyatlari mavjud. Buning uchun quyidagi pedagogik – psixologik va ijtimoiy xususiyatli umumiy tomonlarga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiq:
1. Kasblarni o‘rganish metodlarini ishlab chiqish, ularni tasniflash va lo‘nda qilib ifodalash.
2. O‘qituvchining kasb maorifi yuzasidan tashviqotishlari olib borishi, o‘quvchilar bilan kasbga doir individual konsultatsiyalar – maslahatlar uyushtirish, o‘spirin va uning ota – onasi bilan kasbga yo‘naltirish metodikasini birgalikda ko‘zdan kechirish;
3. O‘spirinlarni kasbning asosiy guruhlari, turlari bilan yaqindantanishtirish; muayyan kasb oldiga qo‘yiladigan shaxsning fiziologik, psixologik fazilatlari hamda kasb o‘rganishning yo‘llari bilan tanishtirishni tashkil qilish;
4. Mehnat ta’limi darslarida o‘quvchilarda dastlabki kasbiy tayyorgarlikni yuzaga keltirish va unga nisbatan mehr – muhabbat uyg‘otish;
5. Psixodiagnostik va kasb tanlashga doir metodlarni amaliyotga tatbiq qilishg moslashtirilgan turlarini ishlab chiqish;
6. Tuman va shaharlarda zamon talabiga javob beradigan kasb tanlash markazlarini jihozlash;
7. Kasb tanlashni tashviqot qilish yuzasidan o‘spirinlarni ommaviy axborot vositasiga jalb qilish va ularni psixologik jihatdan tayyorlash kabilar.
Hozirgi davrda tadqiqotchilar, tashxis Markazi xodimlari va amaliyotchilar tomonidan kasb tanlashning metodlari va metodikalarii shlab chiqilgan. Kasblarning xususiyatlariga qarab tasniflash va ularni ma’lum tartibga solib, tizimli ravishda tavsiflashga erishilgan. Ayniqsa, E.A.Klimovning yaratgan sxemasi bu o‘rinda alohida ahamiyat kasb etadi. U quyidagi kasb turlarini tavsiya qiladi:
1. Polizchi, chorvador, asallarichi, zootexnik, agronom, o‘rmon barpo etuvchi – bionik mutaxassisligi «inson - tabiat»;
2. Slesar, tokar, montyor, konstruktor, radiotexnik, injener – texnika mutaxassisligi «inson - texnika»;
3. Ofitsiant, sotuvchi, hamshira, o‘qituvchi, tarbiyachi, muhandis tashkilotchi – sotsionomik mutaxassisligi «inson - inson»;
4. Bo‘yoqchi, nusxa ko‘chiruvchi, musiqachi, badiiy bezovchi yoki pardozlovchi, kompozitor, yozuvchi rassom – artonomik mutaxassisligi «inson – badiiy obraz».
E.A.Klimov insonning tabiat bilan munosabatga kirishishga moslashgan kasblarni bionik mutaxassisligi, insonning texnika bilan munosabatda bo‘lishi natijasida yuzaga keluvchi kasblarni texnika mutaxassisligi, insonning inson bilan muomalasi orqali vujudga kelgan kasb – hunarlarni sotsionomik mutaxassisligi va nihoyat insonni badiiy obrazlar yaratishga undovchi kasblarni artonomik mutaxassisligi deb ataydi.
Oddiyroq tilda ifodalaganda: a) insonni tabiatga xizmat qildirishga mo‘ljallangan kasblar; b) insonni texnikaga xizmat qildiruvchi kasblar; v) insonni inson xizmatiga moslashtirilgan kasblar; g) insonni badiiy obrazlar ustida ishlashga undovchi kasblar singari turlarga ajratish mumkin. Lekin mazkur kasblar tasnifi mavjud barcha kasblarni birma – bir sanab o‘tishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ymaganligi sababli, ularning ko‘pchiligi o‘z ifodasini topmagan.
Kasb tanlashga yo‘llanma berishning va uni tashviqot qilishning usullaridan biri – ko‘rgazmali vositalar, fotostendlar, kitoblar ko‘rgazmasi, yosh rassom va tabiatshunoslar ijodiy faoliyatining mahsulotini namoyish qilish, naqqoshlar ijodiy faoliyatining mahsulotini namoyish qilish, naqqoshlar va texnika to‘garagi ishlarini ko‘rgazmalarga qo‘yishdir. Bundan tashqari, muzeylarga ekskursiyalar uyushtirish orqali u yoki bu kasbga nisbatan qiziqishni vujudga keltirish mumkin. O‘spirinlarda hosil bo‘ladigan praksik (lazzatlanish, rohatlanish) hislar kasbga mehrini oshiradi va unga nisbatan mustahkamlaydi.
Psixolog M.G.Davletshin kasb tanlashni uch bosqichdan kelib chiqqan holda (kasb maorifi, kasbiy maslahat, kasbga yo‘naltirish) shaxsning kasb – hunarga yaroqliligi (layoqati) ning ichki tomonlarini ochishga harakat qiladi: a) kadr tanlash davrida shaxsning umumiy yaroqliligi (layoqati); b) kasb – hunar tanlashda uning qaysi kasb turiga loyiqligi; v) kasbga o‘rgatishda shaxs sifatlarini shakllantirish imkoniyatining mavjudligi haqidagi savollarga javob olishga intiladi. Muallifning fikricha, o‘spirinning kasbga yaroqliligini aniqlaganda uch muhim narsaga e’tibor qilish maqsadga muvofiqdir: kasbga munosabat, qobiliyat, ko‘nikma va malakalar. Odamning kasbga yaroqliligini aniqlashda uning qiziqishi, irodasi, qobiliyati, maxsus bilimi, ko‘nikmalarining jips aloqasini ifodalagan holda olib qarash oqilona yo‘ldir.
Yuritilgan mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, kasb – hunar to‘g‘risida axborot, kasb haqida maslahat vositalari ongli kasb tanlash uchun etarli emas. Shuning uchun o‘spirin o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, ularni mustaqil bilim olishga o‘rgatish kasb tanlashda o‘z kuchini muayyan faoliyatda sinab ko‘rishga imkoniyat yaratadi. Lekin bu bilan kifoyalanish, qanoat hosil qilish shart emas, balki boshqa yo‘l va vositalarni qidirish, izlash darkor.
Kasbiy saralashda pedagoglar, psixologlar, fiziologlar, tibbiyot xodimlari va ishlab chiqarish xodimlarning ishtiroki. Turli kasblarning konkret shaxs oldiga qo‘yadigan talablari. Haydovchi, muhandis, chilangar, qishloq xo‘jalik xodimi, temirchi, kosib va boshqa kasblarning shaxs ruhiyatiga qo‘yadigan talablari. Kasbiy saralashda shaxslarning anotomik xususiyatlarini hisobga olish. Ruhiy sifatlarni e’tiborda tutish haqida ma’lumot berish. Bosh miya asab tolalarining qo‘zg‘aluvchanligi va tormozlanuvchanligi haqida tushunchalar berish. Kasbga saralashda shaxs xarakteri, temperamenti va boshqa shaxsiy sifatlarning tutgan o‘rni. Kasbga saralashda kasbning shaxsiyatga hamda shaxsiy sifatlarning kasb mohiyatiga ta’siri masalalari.
Bolalardagi maylni aniqlashda ularning mashg‘ulotlari avomiyligi, qancha vaqt barqaror bo‘lishini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Chunki, ayrim bolalar bir yilda o‘z niyatlarini bir necha marta o‘zgartiradilar. Qiziqishni – psixologlar nimagadir ehtiyoj tufayli biror predmetga yoki faoliyatga yo‘nalish sifatida izohlashadi.
Bilimlarga mayl va qiziqishlar turlicha namoyon bo‘ladi: faol, sust, chuqur, tor, astoydil, yuzaki. Mayl va qiziqishlar kasb tanlashda juda muhim, ammo yoshlarning mayl va qiziqishlari kasb-hunarlar kabi shu darajada ko‘p va turfaki, ularni tanlayotgan kasbga qanchalik o‘yg‘unligi haqidagi savolga birdaniga javob berish qiyin. Umumiy tarzda yoshlarning nazariy sohalar, amaliy faoliyat, ijtimoiy tashkilotchilik ishlari, sport, turli ko‘ngilxushliklarga bo‘lgan qiziqish va mayllarni ko‘rsatish mumkin. Tabiiyki, bolalarda qanday qiziqish va mayllarni o‘rganish va shakllantirish kerak degan savol tug‘iladi. Bu savolga javob topish uchun mavjud kasb-hunarlarning, aniqrog‘i, har bir bolani qiziqtirgan kasbning kishilardan talab qiladigan jahatlarini yaxshi bilish kerak. Bu talablar mehnat qurollari, turi, maqsadi, faoliyatning shart-sharoitlaridan kelib chiqadi. Jamiyatdagi insoniyat olamida kasb-hunar ko‘p bo‘lishiga qaramay, ularni mehnat qurollari, ob’ektlariga ko‘ra, besh turga turkumlash mumkin (muqovalarga qarang):
1. Odamlar bilan ishlash ektakchi bo‘lgan sohalar – bu turni biz shartli ravishda «Inson+inson» deb belgilaymiz. Bu turdagi kasb egalari asosan insonlar bilan muloqatda bo‘ladi, ya’ni ularning faoliyatida odamlar asosiy o‘rinda turadi. Aslida hamma narsa inson uchun qilinadi. Ammo odamlar insoniyatga turli yo‘l bilan bevosita va bilvosita xizmat qiladilar. Birinchi turdagi kasblar bevosita xizmat turiga kiradi.
2. Texnik jihozlar, asbob-uskunalar bilan mehnat qilinadigan kasblar «Inson + texnika». Bu turdagi kasblarga qiziqqan yoshlar fizika, ximiya, elektrotexnika sohalari bo‘yicha laboratoriya amaliyotlarini o‘tkazishni xush ko‘radilar. Har xil modellar tuzish, loyihalash, oilada maishiy texnika asboblarini ta’mirlashga ishqiboz bo‘ladilar.
3. O‘smirlar va hayvonot dunyosi bilan bog‘liq sohalar. «Inson + tabiat». Bu turdagi kasblarga qiziqqan bolalar tabiat bag‘rida bo‘lishni sevishadi. Turli jonivorlar boqishni, ekinlarni parvarish qilishni yoqtirishadilar. Botanika, biologiya, zoologiya fanlarini havas bilan o‘rganishadi.
4. Belgilar tizimi, turli ramzlar bilan bog‘liq sohalar. «Inson + ramzlar». Bu turdagi kasblar ishqibozlari turli hisoblash ishlari, chizmalar chizish, kartografiklar tuzish, obrazlar, ramzlar vositasida mulohaza qilish maylida bo‘lishadi. Atrofni ko‘zatishni sevishadi, turli tarqoq ma’lumotlarni bir tartibga keltirishga intilishadi.
5. Badiiy obrazlar bilan ish ko‘radigan sohalar. «Inson + badiiy obrazlar». Badiiy obrazlar bilan ish ko‘radigan soha ishqibozlari xayolparastroq bo‘lishadi. Rasm chizish, turli jihozlashishlari, raqsni yaxshi ko‘radilar.
Kasbiy ma’rifat ta’limi tizimida mehnat qilayotgan pedagoglar bolalarda ana shu besh turdan qaysi biriga qiziqish yoki mayllari borligini aniqlab, ularni rivojlantirib borishlari kerak. Mayl va qiziqishlarni shakllantirishda sinfdan tashqari ishlar, muzeylar, hayvonot bog‘i, botanika bog‘i, korxonalarga, tabiat bag‘riga sayohatlar uyushtirish ham samarali natijalar beradi. O‘quvchilarda kasb-hunarga mayl va qiziqish uyg‘otish, ularni shakllantirish hamda o‘stirish ota-onalar bilan hamkorlikda olib borilsa kutilgan natijalarga erishish mumkin.
Turli kasblar insonga qo‘yadigan talablarini yaxshi bilish masalaning bir tomonidir. Bu talablarni ko‘pincha turli xil kasblarga tibbiy va psixologik jihatdan zid deb ta’riflash juda oson bo‘ladi. Uning ikkinchi tomoni – ehtimol tutilgan mehnat bozorini jamiyatning u yoki bu mutaxassisga bo‘lgan ehtiyojini bilishdir. Bu mohiyatiga ko‘ra, iqtisodiy va ijtimoiy muammo bo‘lib, usiz kasb tanlashga yo‘llash mumkin emas.
Kasbga yo‘naltirishning uchinchi tomoni va bunga oid barcha ishlarning asosi shaxs xususiyatlarini va eng avvalo yo‘naltirilayotgan shaxsning qobiliyati va istagini bilishdan iborat.
Kasb mehnat bozori haqidagi ishlar tutashgan burchakda kasbga yo‘naltirishning kasbiy oqartuv deb ataluvchi shakl joylashgan. U kasb tashviqotini jamiyat va davlat uchun zarur bo‘lgan kasbga yoshlar e’tiborini jalb etishni ham o‘z ichiga oladi. Yoshlarni kasblarga yo‘naltirishda asosan muhitning: ota-onalar, tanishlar, o‘rtoqlar, maktab, mahalla va ko‘chadagi do‘stlarning stixiyali ta’sirida amalga oshiriladi. Ularning kasbga beradigan bahosi o‘smirga ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi. O‘smirlarga ta’sir etish ahamiyatiga ko‘ra, badiiy adabiyotlar, kinofilmlar hamda televizion eshittirishlar ikkinchi o‘rinni egallaydi. Ular o‘smirlarda katta taassurot va hayajon uyg‘otadi. Aksariyat o‘g‘il bolalar dengizchi, uchuvchi, milliy xavfsizlik va ichki ishlar xodimi, qizlar esa san’atkor, shifokor, oshpaz, tikuvchi bo‘lishni orzu qiladilar.
Atrofidagi odamlarning xarakterini tushunish umidida va yoki o‘z dardlariga malham izlash maqsadida millionlab insonlar soxta psixologiyaga murojaat qiladilar. Bu yo‘lda ular radio-muloqot dasturlarida berib boriladigan maslahatlarga quloq tutadilar, allaqanday ruhiy kuchlar haqidagi maqolalarni o‘qiydilar, gipnoz yordamida chekishni tashlashni xohlovchilarning maxsus yig‘ilishlarida qatnashadilar, mustaqil ravishda shug‘ullanish uchun turli xil kitoblar va veb-saytlardan tushlar ta’biri, jo‘shqin ishqiy munosabatlarning siri va baxtga eltuvchi kabi mavzular haqida ma’lumot izlaydilar. Boshqa birovlar esa hayotiy psixologik haqiqatlardan ilhomlanib, hayrat ila savol beradilar: «Rostdan ham yangi tug‘ilgan chaqaloq va ona o‘rtasida ilk daqiqalarda kindik orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa bo‘ladimi? Odam ulg‘ayib, bolalikda duch kelgan jinsiy zulm haqidagi xotiralari «tiklangach» – o‘sha vahshiylarni javobgarlikka tortish kerak bo‘ladimi? Oiladagi ilk farzand boshqa farzandlarga nisbatan tirishqoqroq bo‘ladimi? Psixoterapiya muoalajalari davolashga qodirmi? Shu kabi savollarga duch kelganda, ilmsizlikdan hosil bo‘lgan fikrlar va ilmiy xulosalarni qanday qilib bir-biridan farqlab, ajrata olamiz? Insonlarning fikrlash, his qilish va xatti-harakati sabablarini tushunish uchun qanday qilib psixologiya fanidan mukammal foydalanishmiz mumkin?
Kasbiy psixologiya faniga bo‘lgan zaruriyat: Nega ilmiy yondashuvdan hosil bo‘lgan xulosalar intuitsiya va umumiy odatiy ong orqali hosil bo‘lgan xulosalardan ko‘ra ishonchliroqdir? Ba’zi insonlar o‘ylaydilarki, psixologiya fani odamlar shundog‘am biladigan narsalarni shunchaki ilmiy tilda qog‘ozga tushurish bilan shug‘ullanadi: «Kasbiy psixologiya fani orqali kritik tahlil qilishning nimasi yangilik bo‘lib holdai – mening buvijonim allaqachon bilgan narsalarni qiziqarli metod va tajribalaring orqali isbotlaysan va buning uchun sen haq olasan, xolosmi?». Bu o‘rinda boshqalar esa intuitsiyaga ishonadilar: «Har birimizning tub-tubimizda eng ishonchli yo‘lni ko‘rsatadigan instinkt va yurakdan his qiladiganimiz, yo‘lboshchimiz bor – biz shunchaki o‘sha tuyg‘ularga erk bersak, bo‘ldi», – deya maslahat bergan edi Britaniya shahzodasi CHarlz (2000-yil)33
Darhaqiqat, psixologiya sohasi har tomonlama rivojlanib borishi bilan birga o‘ziga yarashi bu faoliyatda muammolar ham yo‘q emas. Jumladan: kishilarning ko‘pchilik psixolog ko‘rigiga borish lozim-desa, demak uning tomi ketibdi degan tushunchani aytib o‘tadi. Psixologdan yordam so‘rash kerak desangiz ham “Nima meni jinni bo‘ldi deb o‘ylayapsanmi?” degan bir xafa bo‘luvchi yoki sizdan chetlanish holatlari mavjud. Xalq ichida yurib “psixolog o‘zi kim?”-degan savolni bersangiz, ko‘pchilik kishilarning fikriga “psixolog insonlarni kim ekanligini oldindan aytib bera oladigan mutaxassis”, yoki “psixolog- ilohiy kuch egasi”, “psixolog fol ochadi”, “psixologning uchinchi ko‘zi bor, sen ko‘rmagan narsalarni u ko‘ra oladi”, “psixolog barcha muammolarni hal qila oladi” -degan fikrlarni eshitamiz. Aslida psixolog ma’lum manoda biron bir insonni u yoki bu vaziyatda qanday ish tutishi mumkinligini analiz qila oladi. Ammo bu undan yuksak profesionallikni talab qiladi. Psixolog shaxsning xususiyatlarini, uning xarakteri, temperamenti, mavjud vaziyat haqida ma’lumotlarga ega bo‘lib olishi lozim. Psixolog pedagogik jamoada o‘qituvchi va o‘quvchilar orasida o‘zaro ishonch, simpatiya mavjud bo‘lgandagina o‘zi xohlagan maqsadlarga erishish mumkin.
Psixologga murojat qilish bu ojizlik belgisi emas. Psixolog sog‘lom insonlar bilan ishlashini esa yuqorida oydinlashtirib oldik. Lekin vaqti vaqti bilan har qanday inson ham atrofdan ko‘rsatiladigan yordam, uni qo‘llab quvvatlashlariga muhtoj bo‘lib qoladi. Bizning insonlar bunday vaqtlarda odatda psixologlarga emas, balki yaqin do‘stlariga, qarindoshlariga murojat qiladilar. Psixolog o‘z kasbini majburiy qo‘llay olmaydi. Tashabbusni konsultatsiyaga kelgan va bunga ehtiyoj sezgan mijozlarga ko‘rsatib boradi.34
Psixolog bugungi kuni inson faoliyatining barcha yo‘nalishlarida zarur psixologik xizmatini yuritish lozim. Har bir shaxsning o‘z muammolarini hal etishida, ta’lim sifatini oshirishda, inson salomatligini yaxshilashda va hukumat ishlarini boshqarishda ham zarur psixologik bilimlarga ega psixologini talab qiladi.


Download 43,37 Mb.
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   201




Download 43,37 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi

Download 43,37 Mb.