|
«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi
| bet | 142/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 43,37 Mb. | | #264727 |
Bog'liq «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasiNazorat savollari
1.Kasb o‘zini anglash nima?
2.Shaxsning kasbiy shakllanishiga izoh bering?
3.Kasbiy o‘z o‘zini aniqlash bosqichi haqida nimalarni bilasiz?
18-mavzu. Tafakkur va kasbni egallash
Reja:
1. Tafakkur haqida tushuncha
2. Tafakkurning nerv-fiziologik asosi
3. Tafakkur turlari
4. Kasblarni egallashda tafakkurning roli
Tayanch iboralar: Tafakkur, modalligiga ko‘ra, bilish, nutq, xulosa, hukm, analiz, sintez, konvergent, divergent, tushuncha, tafakkur operatsiyalari
1. Tafakkur haqida tushuncha
Psixologiya fani paydo bo‘lgandan buyon soha doirasida ko‘plab tadqiqotlar o‘tkazilgan bo‘lsada tafakkur muammosi eng kam o‘rganilgan kategoriya sanaladi. Mavzuni o‘qib o‘zlashtirish jarayonida bu muammoning mohiyatini tutunish juda ham murakkabligini tushunasiz. Biz tafakkurning ba’zi aspektlarini va qismlarini tadqiq qila olamiz va hamma savollarga javob bera olmasak ham ularni aniqlashtirishga harakat qilamiz.
50-rasm Tafakkurning paydo bo‘lishi
Tafakkur inson aqliy faoliyatining yuksak shaklidir. Tafakkur orqali biz sezgi a’zolarimiz bilan bevosita aks ettirib bo‘lmaydigan narsa va hodisalarni ongimizda aks ettiramiz. Umuman olganda tashqi muhitdagi narsa va hodisalar o‘rtasida ko‘z bilan ko‘rib, quloq bilan eshitib bo‘lmaydigan ichki munosabatlar hamda qonuniyatlar mavjud. Ana shu ichki bog‘lanish hamda qonuniyatlarni biz tafakkur orqali bilib olamiz. Demak, tafakkur deb narsa va hodisalar o‘rtasidagi eng muhim bog‘lanishlar va munosabatlarning ongimizda aks ettirilishiga aytiladi.
Aynan tafakur orqali biz moddiy olamdagi narsa va hodisalarning mohiyatini bilish imkoniga ega bo‘lamiz. Shu bois dunyoni bilishda bevosita sezish, idrok, tasavvur va bavosita tafakkur muhim rol o‘ynaydi.
Kasbiy psixologiya fani nimadan bahs yuritadi, degan an’anaviy savol mavjuddir, biroq hozirgi davrda tafakkur psixologiyasi predmeti nima degan savol tug‘ilmoqda. Ma’lumki, psixologiya fani tafakkurni o‘rganadigan yagona fan emas, chunki uning ayrim jihatlarini logika, filosofiya, hatto kibernetika tadqiq qilmoqda. Shuning uchun tafakkur psixologiyasi predmetini aniqlash juda muhim masalalardan biriga aylanib holmoqda.
Inson idrok qilgan, xotirasida saqlab qolgan narsalarning barchasi uning uchun ma’lum ma’no va mohiyatga ega bo‘ladi. Aks holda u eslab holmaydi ham, keyingi safar analogik ob’ekt bilan to‘qnash kelganda, unga diqqatini qaratmaydi ham, figura fonga aylanib qolaveradi. YA’ni, biz ko‘rgan, eshitgan, his qilgan narsalarimizning barchasi ma’noli, kerak bo‘lsa, ma’nili bo‘lishini xohlaymiz. Shunisi xarakterliki, ana shunday narsa va hodisalarga biz tomondan beriladigan ma’no har bir alohida shaxs tomonidan turlicha idrok qilinadi.
Masalan, olim uchun har qanday kitob - hayotining ma’nosi bo‘lsa, dexqon uchun er va undan olinadigan hosil - ahamiyatli hisoblanadi. hattoki, bitta narsaning o‘zi turli odamlar uchun turli xil ma’no va mazmun kasb etadi. O‘sha kitob misolini oladigan bo‘lsak, kitob industriyasi bilan shug‘ullanuvchi muhandis uchun - ishlab chiqarish mahsuloti, kitob do‘koni sotuvchisi uchun - tovar - mahsulot, o‘quvchi uchun - ilm manbai, muallif olim uchun - ijodining mevasi, eng qimmatli narsadir.
Har bir alohida narsaga bo‘lgan munosabatimiz uning biz uchun qadr-qimmatiga bevosita ta’sir etadi, u goh ijobiy, goh salbiy bo‘lishi mumkin. Shu nuqtai nazardan ham biz narsa va hodisalarga tanlab munosabatda bo‘lamiz. Tilshunoslikni kasb etib tanlagan talaba uchun kibernetik modellashtirishga bag‘ishlangan ma’ruza qanchalik zerikarliday tuyulsa, iqtisodchilik kasbini egallamoqchi bo‘lganlar uchun pul, foyda va daromad olish yo‘llari haqidagi ma’lumotlar shunchalik ahamiyatli, oddiy so‘zning morfologik tahlili - shunchalik befarqlik holatini keltirib chiqaradi. Demak, bizning dunyoni, uning sir-asrorlarini tushunishimizning zaminida narsa va hodisalarning biz uchun shaxsiy aloqasi, ahamiyatliligi darajasi yotadi. Ana shunday dunyoni tushunishimiz, anglashimiz va unga ongli munosabatimizni bildirib, izhor qilishimizga aloqador bilish jarayoni psixologiyada tafakkur, fikrlash deb ataladi.36
Tafakkur - atrof- muhitdagi voqelikni nutq yordami bilan bavosita, umumlashagan holda aks etgirivchi psixik jarayon, ijtimoiy sababiy bog‘lanishlarni anglashga, yangilik ochishga va bashorat qilishga yo‘naltirilgan aqliy faoliyatdir.
Ta’rifda tafakkurning eng muhim xususiyatlari 3 funksiyasi sanab o‘tilgan, ya’ni so‘z (fikr) bilan, umumlashtirib, bavosita, ijtimoiy sababiylik, yangilik ochish, bashorat qilish jarayoni, faoliyat va boshqalar.
|
| |