Shaxsning kasbiy shakllanishi




Download 43,37 Mb.
bet140/201
Sana20.06.2024
Hajmi43,37 Mb.
#264727
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   201
Bog'liq
«servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasi

2.Shaxsning kasbiy shakllanishi
Biz shaxsning kasbiy shakllanishida o‘zaro aloqadorlik masalasini tadqiq etar ekanmiz, izlanishlar bugungi kunda o‘zining keskin pallasiga kirganligini e’tirof etishimiz kerak. Chunki ko‘pgina tadqiqotlar mavjudki, ularda kasb tanlash, kasbga yo‘naltirish, kasbiy kamolot, kasbiy faoliyatni boshqarish va kasbiy kamolotning boshqa masalalari tadqiq etiladi va h.z.
Ilmiy manbalarning tahlili shundan dalolat beradiki, kasb tanlash, kasbga yo‘naltirish, kasbiy o‘zlikni anglash va aniqlashga taalluqli umummetodologik va nazariy muammolar borasida qator izlanishlar olib borilgan, bular: L.A.Aza, G.M.Belokrilova, A.E.Golomshtok, V.I. Jukovskaya, E.A. Klimov, M.X. Titma, P.A.SHavir, M.G.Davletshin, N.SH. SHodiev, B.R. Qodirov, E. G‘.G‘oziev va boshqalar.
Qator tadqiqotlar kasb tanlash, kasbiy faoliyatga yaroqlilik va shaxsning kasbiy o‘zligini anglashi masalalari, kasbiy faoliyatning psixologik talablari va individ faoliyatining psixofiziologik asoslari, kasbiy qiziqishlarning shakllanishini o‘rganishga bag‘ishlangan. Bu yo‘nalishlarda M.X.Titma, E.A.Klimov, V.G.Maksimov, A.P.CHernyavchkaya, E.A.Golomshtok , K.M. Gurievich, N.D.Levitov va boshqalarning olib borgan tadqiqot ishlarini misol qilib keltirish mumkin.
Kasbiy o‘zlikni aniqlash borasidagi izlanishlarning tahlilidan kasbiy faoliyatning har bir bosqichiga tizim sifatida qarash kerak, degan xulosani chiqarish mumkin. T.M.Buyakas, N.D.Levitov, O.N.Rodinalar o‘z tadqiqotlarida kasbiy kamolotning bosqichlaridan biri hisoblangan kasbiy maslahatga alohida e’tibor qaratib, uni shaxsning ma’lum kasbiy faoliyatga moslashuvi jarayonida yo‘naltiruvchi sifatida baholaydilar hamda faoliyat samaradorligini shaxsning qobiliyatlariga bog‘lab tushuntiradilar.
Biz o‘z izlanishimizda bugungi kunda talabalar shaxsining kasbiy shakllanishidagi tasavvurlari, kasb tanlashga sabab bo‘luvchi omillar va kasb tanlashga nimalar ta’sir ko‘rsatayotganligi, kasbiy faoliyat motivlarining darajalari, shaxsiy va kasbiy maqsad, qiziqishlari hamda kasbiy qarorlari nimadan iborat ekanligini aniqlashga e’tibor qaratdik. Shunday bo‘lsa ham hozirgacha ilmiy tadqiqotlarda kasb tanlashning turli xil sabablari mavjudligi aniqlangan.
O‘spirinlarning kasbiy o‘zlikni anglashi borasidagi holatlari tahlil qilinganda, ularning kasblar to‘g‘risidagi tushunchalarida sayozlik mavjudligi ko‘zga tashlandi. Bundan tashqari, kasbiy o‘zligini anglash bilan ma’lum kasbni tanlash jarayoni o‘rtasida ta’lim-tarbiya muhiti va atrofdagilarning ta’siri omillarini nazardan chetda tutmasligimiz lozim bo‘ladi. Mazkur o‘zaro ta’sir jarayonlaridagi dialektik bog‘liqlikning o‘ziyoq ushbu masalaning naqadar murakkabligidan dalolat beradi. Masalan, birgina kasbiy maslahatni tashkil etishning o‘zining bir qator bosqichlari mavjud:
a) kasbiy ma’lumot bosqichida shaxs o‘zi uchun mehnatni tashkil etish, ishga qabul qilish talablari, turli kasblarni egallashi, ularni tayyorlash bosqichlari va ta’lim olish muddati, mehnat haqi va kasbning istiqboli xususida ma’lumotlar oladi.
b) diagnostik bosqichda shaxsning o‘z tanlagan kasbiga nisbatan qiziqishlari, layoqati, qobiliyati va maqsadlarining mosligi o‘rganiladi;
v) shakllantiruvchi bosqichda kasb tanlagan o‘quvchi yoki shaxsga rahbarlik qilinadi, kasb tanlashdagi og‘ishlarning oldi olinadi va tuzatishlar kiritiladi;
g) tibbiy jihatdan salomatligining kasbga mos kelishini aniqlash va psixologik bosqichda shaxs sifatlarining o‘z tanlagan kasbiga muvofiqligi masalalari muhokama qilinadi.

Download 43,37 Mb.
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   201




Download 43,37 Mb.