|
Kasbiy o‘z o‘zini aniqlash bosqichni
|
bet | 141/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 43,37 Mb. | | #264727 |
Bog'liq «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasi3.Kasbiy o‘z o‘zini aniqlash bosqichni
P.A.SHavirning mulohazalariga ko‘ra, shaxsning kasbiy o‘zligini aniqlashi qobiliyatning bo‘lg‘usi kasbiy talablarga mos kelishi, kasbga yaroqliligi bo‘yicha o‘zini to‘g‘ri baholashi, irodaviy sifatlar saviyasini o‘stirishi, mehnatga muhabbatli bo‘lishi va hayotiy tajriba singari shaxslilik asoslari talab etilar ekan. Kasb muammosini o‘rganish jabhalarining keng ko‘lamdagi o‘z tadqiqot predmetiga egaligi bugunga qadar amalga oshirilgan tadqiqot ishlarida kuzatiladi. Ushbu tadqiqotlarning bir necha yil davomida olib borilganligi va ulardan olingan natijalar ko‘lamining kengligi e’tiborga molikdir. Ularning bugungi kungi izlanishlar yakunlari bilan qiyoslanishi bu boradagi qo‘lga kiritilgan yutuqlarimizni boyitadi. Ammo talabalar kasbiy tasavvurlarining kasbiy shakllanishga va kasbiy faoliyatga muvofiqlashuviga ta’siri masalasi bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, qator tadqiqotlar mavjud bo‘lib, ularda shaxs kasbiy rivojlanishining psixologik jihatlariga asosiy e’tibor qaratilgan. Mazkur masalalarga biz quyida alohida to‘xtalib o‘tamiz.
Ularning bugungi kungi izlanishlar yakunlari bilan qiyoslanishi bu boradagi qo‘lga kiritilgan yutuqlarimizni boyitadi. Ammo talabalar kasbiy tasavvurlarining kasbiy shakllanishga va kasbiy faoliyatga muvofiqlashuviga ta’siri masalasi bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, qator tadqiqotlar mavjud bo‘lib, ularda shaxs kasbiy rivojlanishining psixologik jihatlariga asosiy e’tibor qaratilgan.
50-rasm. Kasbiy shakllanish
Demak, kasbiy o‘z-o‘zini aniqlash kasb tanlash, kasbiy tayyorgarlik masalalaridan xabardorlik, kasbiy yo‘nalganlik, kasbiy yaroqlilik muhim komponentlarga bo‘linadi. Quyida ularga alohida-alohida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Kasbiy yo‘nalganlik inson shaxsi yo‘nalganligining bir ko‘rinishi hisoblanib, bu holat uning chuqur shaxs tuzulmalarigacha kirib boradi. Kasbiy yo‘nalganlik insonning individual-psixologik va individual-tipologik xususiyatlarigacha, uning qadriyatlar tizimiga, steriotiplariga, qobiliyatlari va qiziqishlariga borib taqaladi.
Kasbiy yo‘nalganlik tizimining quyidagi funksiyalarini ajratib ko‘rsak bo‘ladi:
1) Ijtimoiy funksiyasi deganda jamiyatning to‘laqonli va teng huquqli a’zosi sifatida ijtimoiy kasbiy faoliyatni amalga oshirish imkoniyatini beradigan qadriyatlar, normalar va bilimlarning ma’lum tizimini o‘zlashtirish nazarda tutiladi.
2) Iqtisodiy fuksiyasi deganda xodimlarning sifat tarkibini takomillashtirish, kasbiy faollikni yuksaltirish, ishlab chiqarish unumdorligini va malakasini oshirish tushuniladi.
3) Psixolog-pedagogik funksiyasi deganda ma’lum kasbni tanlagan kishining individual xususiyatlarini aniqlash, shakllantirish va inobatga olishni tushunish mumkin.
4) Tibbiy fiziologik funksiyasi deganda sog‘liqqa va alohida fiziologik xususiyatlarga nisbatan u yoki bu kasbiy faoliyatni amalga oshirishda zarur bo‘ladigan talablarni hisobga olish nazarda tutiladi.
Shunday qilib kasbiy o‘zini-o‘zi aniqlash jarayonininng muhim komponentlaridan biri hisoblangan - kasbiy yo‘nalganlikni hisobga olmaslik insonning noto‘g‘ri, o‘ziga mos bo‘lmagan kasbni tanlashga olib kelishi mumkin. Bundan shaxsning o‘zi ham, jamiyat ham manfaatdor emas.
Kasbiy o‘zini-o‘zi aniqlashning muhim elementlaridan biri insonning kasbiy yaroqliligidir. Ma’lumki, inson, masalan uchuvchi bo‘lishga qiziqishi mumkin. Boringki, uning kasbiy yo‘nalganligi ham to‘g‘ri kelishi mumkin. Biroq u kasbiy jihatdan yaroqsiz bo‘lsa, tabiiyki bu kasbni tanlay olmaydi. Demak, kasbiy yaroqlilik ham insonning kasbiy o‘zini-o‘zi aniqlashida muhim o‘rin tutadi.
Kasbiy yaroqlilikning ikki xil turi farqlanadi: mutloq kasbiy yaroqlilik (bunda insondan maxsus qobiliyat talab qilinadigan kasblar uchun yaroqlilik nazarda tutiladi) va nisbiy kasbiy yaroqlilik (bunda har qanday sog‘lom inson uchun imkon darajasida bo‘lgan kasblarga yaroqlilik nazarda tutiladi).
Kasbiy yaroqlilikni aniqlash bo‘yicha ma’lum bir psixologik testlardan foydalanishda analitik, sintetik va kompleks yondoshuvlardan foydalanish mumkin. A.A. Stolyarov mazkur yondoshuvlarga quyidagicha ta’rif beradi: “Analitik yondoshuv alohida psixologik ko‘rsatkichlarni o‘rganish va baholoshni nazarda tutadi (masalan, diqqat, xotira, harakat kordinatsiyalari va h.). Bu ko‘rsatkichlar tanlangan kasb bo‘yicha ta’lim va faoliyat muvaffaqiyatlari uchun zarur hisoblanadi. Sintetik yondoshuv yaxlit faoliyatni yoki uning muhim elementlarini o‘rganishni nazarda tutadi. Shuning uchun ham mazkur metod darajasida turli xil apparatlardan foydalaniladi. Bu apparatlar yordamida butun boshli kasbiy operatsiyalar modellashtiriladi. Kompleks yondoshuv analitik va sintetik yondoshuvlarning qo‘shiluvidan paydo bo‘ladi”.
Endi qisqacha kasb tanlash bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘nalishlarga to‘xtalib o‘tamiz. Ulardan birinchisi kasbiy ma’rifat hisoblanadi. Kasbiy ma’rifat deb tanlanadigan kasb haqida, uning ijtimoiy-psixologik va boshqa jihatlari haqida bilimlarni uzatishga aytiladi. Shuning uchun ma’lum kasbni tanlash jarayonida shu kasb haqida, uning talablari va imkoniyatlari haqida qancha ko‘p ma’lumotlarga ega bo‘lishlik shu kasbni tanlashda to‘g‘ri qaror qabul qilishga yordam beradi. Darhaqiqat kasbni tanlash jarayonida kasblar olami haqidagi bilimlar, qanday qilib tanlash haqidagi bilimlari har qanday endigina hayot yo‘lining boshida turgan o‘spirin uchun juda foydali hisoblanadi.
Keyingi yo‘nalish – kasbiy maslahat hisoblanadi. Kasbiy maslahat quyidagi vazifalarni bajarishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi:
A) Lug‘aviy- ma’lumot berish vazifasini bajaradi. Bu ma’lumotlar ishga joylashish kanallari, ishga kirishga qo‘yiladigan talablar, turli xil kasblarni egallash imkoniyatlari, kasbiy o‘sishning kelajakdagi yo‘nalishlari haqida ish axtaruvchiga xabar beradi.
B) Diagnostik vazifani bajaradi. Bunda kasb tanlash sub’ekti shaxsini uning ma’lum shaxs xususiyatlari tanlayotgan kasb talablariga mosligi nuqtai-nazardan o‘rganish haqida gap ketadi. Biz o‘z tadqiqotimizda ham mazkur masalaga etiborimizni qaratganmiz.
V) Korreksion vazifani bajaradi. Kasb tanlash sub’ektining imkoniyatlariga uning qiziqishlarini mos keltirishga qarab o‘zgartirish korreksiya deb ataladi.
Shunday qilib, kasbiy o‘zini-o‘zi aniqlash o‘zida quyidagi psixologik muammolarni mujassamlashtiradi: kasb tanlash, kasbiy yo‘nalganlik, psixologik tayyorgarlik masalalaridan xabardorlik.
|
| |