|
Analiz – shunday bir tafakkur operatsiyasidirki uning yordami bilan biz narsa va hodisalarni fikran yoki amaliy jihatdan xususiyatlarini tahlil qilamiz
|
bet | 144/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 43,37 Mb. | | #264727 |
Bog'liq «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasiAnaliz – shunday bir tafakkur operatsiyasidirki uning yordami bilan biz narsa va hodisalarni fikran yoki amaliy jihatdan xususiyatlarini tahlil qilamiz.
Analiz jarayonida butunning uning qismlariga va elementlariga bo‘lgan munosabati aniqlanadi. Tahlil ob’ektlari amalda ajratib bo‘lmaydigan elementlarga yoki belgilarga bo‘lishda ifodalanishi mumkin. Allomalarimizning ta’kidlashicha, maymunning yong‘oqni chaqishining o‘ziyoq boshlang‘ich, oddiy analizdir. O‘quvchi va talaba yoshlar turmushda va va dars jarayonida analiz yordami bilan ko‘pgina ishlarni amalga oshiradilar, topshiriqlar, misol va masalalarni echadilar.
G‘arb psixologlari tomonidan yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlarda miyaning hajmi odamning intellektlilik darajasiga bog‘liqligi, ya’ni «ziyoli» yoki «intillegent» odamlarda bosh miya po‘stidagi analizatorlarning uchlari juda ham zich joylashgan bo‘lib, ularda o‘tkazilgan tafakkur darajasini aniqlash kabi testlarda ma’lumotlarni tez anglab olish va uning mohiyatini tushunish boshqalarga nisbatan tezroq va samaraliroq bo‘lishi aniqlangan.
Amerika psixologlari miya faoliyatining javobgarlik uyg‘otishga va faraz qilingan onglilikka bog‘liq bo‘lgan turli darajalarini farqlashadi. Fikrlash faoliyati, aqliy harakatlarning buzilishi yoki yo‘qolishi quyidagi holatlarda kuzatilishini bir qancha tajriba va kuzatishlar natijasida aniqlangan:
- tafakkurni etishmasligi yoki umuman mavjud emasligi, masalan aqli zaif odamlarda va hayvonlarda.
- aqliy o‘lim yoki koma holatida inson dastlabki vaqtlarda tashqi stimullarga javob bermaydi, hattoki u og‘riq stimullari bo‘lsa ham, keyinchalik, bir necha haftadan so‘ng, og‘riqqa yurak urishining tezlashishi bilan javob qaytara boshlaydi. Bundan tashqari yurak urishi uyqu va uyg‘oq holatda o‘zgaradi. Lekin hattoki uyg‘oq holatida ham miya faoliyati odatiy holotdan ancha sust ishlaydi.
- minimal ongsizlik holati – bunda odam maqsadli elementar harakatlarni amalga oshira oladi, gaplarni tushunadi. Bu holat oylab yoki yillab davom etishi mumkin.37
Odam o‘zi idrok qilayotgan narsalar to‘g‘risida fikr qiladi. Shuning uchun tushunchalar narsalarning butun bir sinfi, turkumi to‘g‘risida fikr qiladi, ya’ni bular tafakkurning ob’ekti bo‘ladi. Bir narsaga tayanmagan quruqdan quruq tafakkur bo‘lishi mumkin emas.38
Yuqorida aytib, o‘tilgan motor yoki boshqa qismlarning rolini tushunish uchun yolg‘iz analizning o‘zi kifoya qilmaydi. Chunki tarkibiy qismlarni birlashtirgan holda bir-biriga ta’sir qilib turgan motor va mashinaning butunligicha olib tekshirgandagina uning motor yoki mashina ekanligini anglash mumkin.
Sintez – shunday bir tafakkur operatsiyasidirki, biz narsa va hodisalarning analizda bo‘lingan, ajratilgan ayrim qismlarini, bo‘laklarini sintez yordami bilan fikran va amaliy ravishda birlashtirib, butun holiga keltiramiz.
Sintez elementlarning, narsa va hodisalarning qismlari va bo‘laklarini bir butun qilib qo‘shishdan iborat aqliy faoliyat ekanligi ta’rifdan ko‘rinib turibdi. Analiz aqliy bo‘lgani kabi sintez ham amaliy xarakter kasb etadi. Masalan, birinchi sinf bolasi o‘z harf xaltasidagi keltirilgan harflardan foydalanib, bo‘g‘in, bo‘g‘inlardan so‘z, so‘zlardan gap, gaplardan qisqa axborot, undan esa hikoya tuzadi.
Analiz va sintez o‘zaro bevosita mustahkam bog‘langan yagona jarayonning ikki tomonidir. Agar narsa va hodisalar analiz qilinmagan bo‘lsa, uni sintez qilib bo‘lmaydi, har qanday analiz predmetlarni narsalarni bir butun holda bilish asosida amalga oshirilishi lozim.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Analiz – shunday bir tafakkur operatsiyasidirki uning yordami bilan biz narsa va hodisalarni fikran yoki amaliy jihatdan xususiyatlarini tahlil qilamiz
|