• Klassifikatsiyalash – bir turkum ichidagi narsalarning bir-biriga o‘xshashligiga va boshqa turkumdagi narsalardan farq qilishiga qarab narsalarni turkumlarga ajratish tizimidir.
  • Sistemalashtirish – tizimga solish shundan iboratki, bunda ayrim narsalar, faktlar, hodisa va fikrlar muayyan tartibda makondagi, vaqtdagi tutgan o‘rniga yoki mantiqiy tartibdajoylashtiriladi
  • Konkretlashtirish – hodisalarni ichki bog‘lanish va munosabatlardan qat’iy nazar bir tomonlama ta’kidlashdan iborat fikr yuritish operatsiyasidir




    Download 43,37 Mb.
    bet147/201
    Sana20.06.2024
    Hajmi43,37 Mb.
    #264727
    1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   201
    Bog'liq
    «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasi

    Konkretlashtirish – hodisalarni ichki bog‘lanish va munosabatlardan qat’iy nazar bir tomonlama ta’kidlashdan iborat fikr yuritish operatsiyasidir.
    Psixologlar tadqiqotlarining ko‘rsatishiga qaraganda konkretlashtirish odamda ikki xil vazifani bajaradi. Birinchidan, umumiy abstrakt belgining yakka ob’ektga tadbiq etish amalga oshiriladi. Masalan, biz “oq” deganimizda ko‘z oldimizga qor, qog‘oz, paxta va shu kabilar kelishi mumkin. Ikkinchidan, konkretlashtirish umumiy va yakka belgilar kamroq bo‘lgan umumiylikni ochishda ifodalanadi. Masalan, biz olma, olxo‘ri, uzumni mevalar qatoriga stol-stul, divan va shu kabilarni mebellar qatoriga qo‘shamiz. Umumiy fikrlarni bayon qilish va izohlash chog‘ida odatda keltiriladigan misollarning hammasi konkretlashtirishning o‘zidir.
    Klassifikatsiyalash – bir turkum ichidagi narsalarning bir-biriga o‘xshashligiga va boshqa turkumdagi narsalardan farq qilishiga qarab narsalarni turkumlarga ajratish tizimidir.
    D.I.Mendelevni «Elementlarning davriy tizimi» jadvali bunga yorqin misoldir. Bunda olim elementlarni atom og‘irligi ortib borishiga, kimyoviy sifatlarning bir tipligiga va boshqa belgi va alomatlariga qarab tartib bilan joylashtirib chiqqan. O‘rganish uchun qulaylik tug‘dirish maqsadida, shuningdek, amaliy maqsadlarda ko‘pchilik narsalarni guruhlarga, turkumlarga bo‘lishga to‘g‘ri keladi. Ko‘pchilik narsalarni hodisalarni guruhlarga bo‘lish klassifikatsiyalash yoki turkumlarga bo‘lish deb ataladi. Masalan, kutubxonada kitoblar muqovasiga, farmoyishning mazmuniga va shu kabi belgilariga qarab turkumlariga bo‘lish mumkin. O‘quvchilarning odatda yoshi yoki jinsiy belgilari bo‘yicha va shu kabilarga qarab turkumlarga bo‘ladilar.
    Sistemalashtirish – tizimga solish shundan iboratki, bunda ayrim narsalar, faktlar, hodisa va fikrlar muayyan tartibda makondagi, vaqtdagi tutgan o‘rniga yoki mantiqiy tartibdajoylashtiriladi.
    Shu sababli makon, xronologiya va mantiqiy belgilar asosida tizimga solish turlariga ajratiladi. Mebelning xonadagi joylashtirilishi, daraxtning boqqa o‘tkazilishi, makoniy tizimga namuna bo‘la oladi. O‘tmishda bo‘lib o‘tgan voqealarning vaqtga qarab tizimga solishning namunasi bo‘la oladi. Matematikaga, falsafaga, mantiqqa doir darsliklarda ilmiy materiallarning joylashtirilishi mantiqiy tizimga solishning namunasidir.
    Maktab ta’limida o‘zlashtirilgan bilimlarni tizimga solish muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bu ish bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Bilimlar dastlab predmetlarning boblari, qismlari bo‘yicha, so‘ng yaxlit holda o‘quvchi ongida tizimlashadi. Tizimlashtirishning ikkinchi bosqichida bir-biriga o‘xshash predmetlarga oid bilimlar fikran tartibga solinadi. Uchinchi bosqichda bir necha predmetlar yuzasidan to‘plangan bilimlar ma’lum tartibga tushadi, ularning o‘xshash va farqli tomonlari ajratiladi. Tizimga solishning to‘rtinchi bosqichida darsdan va maktabdan tashqari mashg‘ulotlarda egallangan bilimlarni tizimlashtirish nazarda tutiladi.
    Demak, insonning bilish faoliyatida mavzulararo, predmetlararo bilimlarni tizimlashtirish yuzaga keladi. Binobarin bilimlarning tizimga solinishi aqliy rivojlanishning dastlabki pog‘onasi hisoblanadi.
    Insonlar dastavval tevarak atrofni aniq belgilariga asoslanib, aniq holda aks ettirganlar, yaqqol obrazlarga suyanib tasavvur qilish imkoniyatiga ega bo‘lganlar, shu boisdan to hozirgi kunga qadar aniqlik belgisi har qanday inson zoti uchun eng yaqin belgi bo‘lib hisoblanadi.41
    Tafakkurning mantiqiy shakllari
    Psixologiyada nutq fikr yuritish faoliyatining vositasi deb yuritiladi. Odamda nutq tafakkur jarayonida hukm, xulosa chiqarish va tushunchalar shaklida ifodalanib keladi.



    Download 43,37 Mb.
    1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   201




    Download 43,37 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Konkretlashtirish – hodisalarni ichki bog‘lanish va munosabatlardan qat’iy nazar bir tomonlama ta’kidlashdan iborat fikr yuritish operatsiyasidir

    Download 43,37 Mb.