|
Psixologiyada bir-birlari bilan uzviy ravishda bog‘langan mulohaza yuritishdan iborat tafakkur jarayonini diskursiv tafakkur deb ataladi
|
bet | 155/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 43,37 Mb. | | #264727 |
Bog'liq «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasiPsixologiyada bir-birlari bilan uzviy ravishda bog‘langan mulohaza yuritishdan iborat tafakkur jarayonini diskursiv tafakkur deb ataladi.
Ijodiy tafakkur – murakkab bilish faoliyatidan biri bo‘lib, tadrijiy ravishda izchil o‘zaro bog‘langan jarayonlardan tashkil topadi, dastavval savollar tug‘iladi, vazifa aniqlanadi, masalani echish va savollarga javob qidirish jarayoni vujudga keladi. Inson oldida turgan aniq vazifa yoki masala bu bajarilishi yoki hal qilinishi zarur bo‘lgan vazifa ko‘pincha ifodalanishi shart bo‘lgan maqsadni ham aks ettirib keladi. Maqsad esa insonning izlanayotgan noma’lum voqelikni topishga gumon va hayajon, shubha hislaridan xalos etishga qaratilgan maylidir.
Ijodiy tafakkurning navbatdagi tarkibiy qismlari quyidagicha aks ettiriladi: qo‘yiladigan savollarga javob berish, masalani echishga yordam beradigan yo‘llar, usullar, vositalar, qoidalar va ko‘nikmalarni qidirish, ularni tanlash hamda mazkur faoliyatda ularni tadbiq qilish va boshqalar.
Ijodiy fikrlashni ta’minlovchi omillar:
− Fikr yuritish faoliyatida eng avval hal qilinishi zarur bo‘lgan masala inson tomonidan aniqlab olinishi kerak.
− Muammo yoki masalani hal qilish zarur bo‘lgan barcha bilimlarni tadbiq qilish uchun intilish.
− Masalaga, muammoga taalluqli gipoteza olg‘a suriladi, bosqichlar taxmin qilinadi, echim to‘g‘risida farazlar ishlab chiqiladi, turli variantlar hamda variatsiyalar haqidagi mulohaza yuritiladi, o‘zaro xayolan solishtirib, eng samarali alomatlar ajratiladi va hokazo
− Muammo oldiga qo‘yilgan farazni tekshirish zarurati tug‘iladi.
− Muammoni nazariy jihatdan hal qilish uchun ilgari surilgan gipoteza adekvat emasligi, noto‘g‘ri ekanligi aniqlansa, u fikr yuritish ob’ektidan siqib chiqariladi va yangi farazlar, o‘ylar taxmin qilinadi yoki o‘ylab topiladi.
Muammo va masalani hal qilish, echish, olingan natijalarni to‘g‘riligiga qanoat hosil qilish uchun echuvchi, uni tekshirish bilan tafakkur harakatlarini yakunlaydi. Ijodiy tafakkurning navbatdagi tarkibiy qismlari quyidagicha aks ettiriladi: qo‘yiladigan savollarga javob berish, masalani echishga yordam beradigan yo‘llar, usullar, vositalar, qoidalar va ko‘nikmalarni qidirish, ularni tanlash hamda mazkur faoliyatda ularni tadbiq qilish va boshqalar.45
Ijodiy tafakkur turi o‘zining samaradorligi va dolzarbligi, universalligi bilan boshqa fikr yuritish jarayonlaridan farq qiladi, yangi-yangi muammolarni o‘ylab chiqish jarayoni bo‘lib, insonning bilish faoliyatida etakchi rol o‘ynaydi.
Ijodiy tafakkur turi o‘zining samaradorligi va dolzarbligi, universalligi bilan boshqa fikr yuritish jarayonlaridan farq qiladi, yangi-yangi muammolarni o‘ylab chiqish jarayoni bo‘lib, insonning bilish faoliyatida etakchi rol o‘ynaydi.46
Psixologiya fanida tafakkurni realistik va autistik turlarga ajratiladi.
Realistik tafakkur qurshab olgan atrof-muhitni o‘rganishga, aks ettirishga qaratilgan fikr yuritish bo‘lib, u mantiqiy qonun va qoidalar yordami bilan voqelikni in’ikos qiladi. Autistik tafakkur insonning hohish va istaklarini amalga oshirish bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘ladi. Amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tafakkur harakatlari o‘sha shaxsning o‘z tilaklarini ro‘yobga chiqarishga yo‘naltirilgan fikr yuritilishdan iborat individuallik yoki individualistik tafakkurdir.
Vizual tafakkur maqsadga muvofiq harakatlar yoki anglanilmagan operatsiyalar, chunonchi obrazlar manipulyasiyasi va transformatsiyasi yordami bilan amalga oshiriladi va “aqliy anglanish”dan namoyon bo‘ladi.
Yirik sobiq sovet psixologlaridan biri Z.I.Kalmikova o‘z tadqiqotlarida tafakkurni produktiv va reproduktiv turlarga ajratib o‘rgangan edi.
Qisqa vaqt birligi ichida yangi orginal fikrlar yaratish yoki muhim ilmiy, amaliy masalalarni hal qilish bilan belgilanadigan tafakkur produktiv tafakkur deb ataladi. Reproduktiv tafakkur esa passiv, tayyor mulohazalarni o‘zlashtirib olishga va “tayyor holda” undan foydalanishga qaratilgan insonning bilish faoliyati ko‘rinishidir.
Fazoviy tafakkur muammosi atoqli rus psixologi B.G.Ananev va uning shogirdlari tomonidan tadqiq qilingan bo‘lib, keyingi yillarda bu muammo yuzasidan taniqli psixolog I.S.Yakimanskaya tomonidan kasb-hunar kolleji o‘quvchilarida tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Fazoviy tafakkur deganda narsa va hodisalarning fazoda ratsional joylashishi, zamon va makon munosabatlarini, murakkab bog‘lanishlarini adekvat ravishda aks ettirishdan iborat fikr yuritish jarayoni tushuniladi, tasavvurlar, xotira va xayol tasavvurlari bilan uzviy bog‘liq holda namoyon bo‘ladi.
Tafakkur sifatlarini inson intellektual taraqqiyotidagi o‘rni.
Tafakkur boshqa bilish jarayonlari kabi o‘zining individual xususiyatlariga ega bo‘lib, fikr yuritish faoliyatining shakllari, vositalari va operatsiyalarining munosabatlari kishilarda turlicha namoyon bo‘lishida o‘z ifodasini topadi. Odatda tafakkurning individual xususiyatlari, sifatlariga bilish faoliyatining mazmundorligi, mustaqillik, epchillik, samaradorlik, fikrning kengligi, tezligi, chuqurligi va boshqa sifatlar kiritiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Psixologiyada bir-birlari bilan uzviy ravishda bog‘langan mulohaza yuritishdan iborat tafakkur jarayonini diskursiv tafakkur deb ataladi
|