|
«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi
|
bet | 153/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 43,37 Mb. | | #264727 |
Bog'liq «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasi51-rasm. Tafakkur turlari
Insoniyat tarixiy taraqqiyoti tarihidan shu narsalar ma’lumki, yirik ilmiy kashfiyotlar ko‘pincha xuddi shunday beixtiyor fikr qilib turgan mahalda to‘satdan ochilgan. Jumladan, yunon olimi Arximed solishtirma og‘irlik qonunini zo‘r berib, aqliy mehnat qilish paytida emas, balki hech kutilmagan jarayonda, vannada cho‘milib turgan paytida kashf etgan. Ulug‘ rus olimi D.I.Mendeleevning hikoya qilishicha, u elementlar davri tizimi jadvalini tuzish vaqtida uch kecha-yu, uch kunduz betinim mehnat qilgan, ammo bu vazifani nihoyasiga etkaza olmagan. Undan so‘ng charchagan olim ish stoli ustida uyquga ketgan va tushida bu elementlar tartibli joylashtirilgan jadvalni ko‘rgan. Shunda D.I.Mendeleev uyqudan, uyg‘onib, bir parcha qog‘ozga tushida ayon bo‘lgan jadvalni ko‘chirib qo‘ygan.
Ko‘pincha psixolog va fiziologlarning ta’kidlashlaricha, muammoning bunday oson ravishda echimini hech kutilmaganda yuqoridagi kabi beixtiyor hal qilinishi shu kashfiyotlar olam yuzini ko‘rganicha bo‘lgan davr ichida oylab, yillab qilingan mehnatning yakuni, ya’ni tugallanmay qolgan tafakkur jarayonlarining nihoyasiga etishidir deb baholamoqda.
Yirik fiziolog hamda psixolog V.M.Bexterevning izohlashicha, bunday kutilmagan jarayonlarning ro‘y berishiga asosiy sabab bu o‘rganilayotgan masala to‘g‘risida uxlashdan oldin zo‘r berib bosh qotirish, o‘ylash (fikr yuritish) va butun zehni shuning bilan birga diqqat-e’tiborining tortilishi, kashf qilinishi zarur masalaga to‘la-to‘kis yo‘nalishidan iborat maqsadga muvofiqlashtirilgan murakkab barqaror psixik holati hukm surishidir.
Fikr yuritilishi lozim bo‘lgan narsa-hodisalarni idrok yoki tasavvur qilish mumkin bo‘lsa, bunday tafakkur konkret tafakkur deb ataladi. U o‘z navbatida yaqqol-predmetli va yaqqol-obrazli tafakkur turlariga ajratiladi. Agar fikr yuritish ob’ekti bevosita idrok qilinsa, bunday tafakkur yaqqol-predmetli tafakkur deyiladi. Fikr yuritilayotgan narsa va hodisalar faqat tasavvur qilinsa, bunday tafakkur yaqqol-obrazli tafakkur deb ataladi.
|
| |