• Irodaviy sifatlar
  • Ijtimoiy ustanovka
  • -rasm Temperament turlari




    Download 43,37 Mb.
    bet161/201
    Sana20.06.2024
    Hajmi43,37 Mb.
    #264727
    1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   201
    Bog'liq
    «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasi

    57-rasm Temperament turlari
    Melanxolik “melayna xole” “qora safro” ma’nosini bildirib, kishining g‘amginligini ko‘rsatadi. Passiv, xayolparast, nutqi past va sekin, dilidagini ochiq ayta olmaydigan inson.

    58-rasm Temperament turlari
    Xarakter - shaxsning alohida insonlar va insonlar guruhi, o‘z-o‘ziga, vaziyatlar, narsalar va hodisalarga nisbatan munosabatlaridan orttiradigan sifatlarini o‘z ichiga oladi.
    Irodaviy sifatlar - har birimizning o‘z oldimizga maqsad qo‘yib, unga erishish yo‘lidagi qiyinchiliklarni engishimizni ta’minlovchi ma’lum sifatlarimiz majmuini o‘z ichiga oladi.
    Emotsiyalar va motivatsiya esa atrofimizda sodir bo‘layotgan hodisalar, bizni o‘rab turgan odamlar va ularning xatti-harakatlarini ruhan qanday qabul qilib, ularga bildiradigan hissiy munosabatlarimizni bildiruvchi sifatlarimiz bo‘lib, ular ayni vaziyatlardagi real holatlarimizdan va ularning ongimizda aks etishidan kelib chiqadi.
    Ijtimoiy ustanovka - yuqoridagi barcha xususiyatlar kompleksiga ega insonning turli ijtimoiy vaziyatlardagi faoliyat va harakatlarga ruhan hozirligi va munosabat bildirish uslubidan kelib chiqadigan chuqur ichki holatidir.
    Odamlarning o‘quv, mehnat va ijodiy faoliyatidagi o‘ziga xoslikni tushuntirish uchun psixologiya fani birinchi navbatda qobiliyatlar va iqtidor masalasiga murojaat qiladi. Qobiliyatlar muammosi eng avvalo inson aqlu- zakovatining sifati, undagi malaka, ko‘nikma va bilimlarning borligi masalasi bilan bog‘liq. Ayniqsa, biror kasbning egasi bo‘lish istagidagi har bir yoshning aqli va intellektual salohiyati uning malakali mutaxassis bo‘lib etishishini kafolatlagani uchun ham psixologiyada ko‘proq qobiliyat tushunchasi aql zakovat tushunchasi bilan bog‘lab o‘rganiladi.
    Talant (yunoncha qimmatbaho, noyob narsa, irsiy, tabiiy xislat degan ma’noni anglatadi) muayyan faoliyatning muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlaydigan qobiliyat hamda iste’dodlar yig‘indisidan iborat individual xususiyatdir. Talantning asosiy belgilari:
    Muvaffaqiyatni ta’minlash;
    Originallikning mavjudligi;
    Qobiliyat va iste’dodlar yig‘indisidan iborat ekanligi;
    Individual-psixologik xislat ekanligi;
    Ijtimoiy turmushni o‘zgartiruvchi yaratuvchi imkoniyatligi.




    Download 43,37 Mb.
    1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   201




    Download 43,37 Mb.