|
-rasm
60-rasm. Faoliyatni mustaqil bajarish
|
bet | 162/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 43,37 Mb. | | #264727 |
Bog'liq «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasi59-rasm
60-rasm. Faoliyatni mustaqil bajarish
61-rasm.
62-rasm.
Talant qobiliyatlar yig‘indisi yoki ularning yig‘indisidan iborat bo‘lishiga qaramay, alohida olingan yakka qobiliyatni, hatto u taraqqiyotning yuksak bosqichiga erishgan, yorqin ifodalansa ham u bilan tenglashtirish mumkin emas.
Psixologiyada tug‘malik alomatlari bor individual sifatlar layoqatlar deb yuritildi va uning ikki xili farqlanadi: tabiiy layoqat va ijtimoiy layoqat.
63-rasm
Iqtidor - insonning o‘z xatti - harakatlari, bilimlari, imkoniyatlari malakalariga nisbatan sub’ektiv munosabatidir. Iqtidorli insonda iste’dod sohibi bo‘lish imkoniyati bor, zero iste’dod - har tomonlama rivojlangan, nixoyatda kuchli va takrorlanmas qobiliyatdir.
Qobiliyatlar avvalom bor umumiy va maxsus turlarga bo‘linadi va har birining o‘z psixologik tizimi va tuzilishi bo‘ladi. Shaxsning umumiy qobiliyatlari undagi shunday individual sifatlar majmuiki, ular odamga bir qancha faoliyat sohasida ham muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatish va natijalarga erishishga imkon beradi.
Amaliy psixologiyaning bugungi kundagi eng muhim va dolzarb vazifalaridan biri layoqat kurtaklarini ilk yoshlikdan aniqlash, intellekt darajasiga ko‘ra shaxs qobiliyatlari yo‘nalishini ochib berishdir. Shuning uchun ham hozirda ko‘plab intellekt testlari va qobiliyatlarni diagnostika qilish usullari ishlab chiqilgan va ular muvaffaqiyatli tarzda amaliyotda qo‘llanmoqda.
Shaxsning individual xususiyatlari haqida gap ketganda, ularning tug‘ma, biologik xususiyatlariga alohida e’tibor beriladi. Odam temperamentiga aloqador sifatlarning o‘ziga xosligi shundaki, ular odam bir faoliyat turidan ikkinchisiga, bir emotsional holatdan boshqasiga, bir malakalarni boshqasi bilan almashtirgan paytlarda reaksiyalarning egiluvchan va dinamikligini ta’minlaydi va shu nuqtai nazardan karaganda temperament - shaxs faoliyati va xulqining dinamik (o‘zgaruvchan) va emotsional - hissiy tomonlarini xarakterlovchi individual xususiyatlar majmuidir.
Akademik I. Pavlov temperament xususiyatlarini belgilab beruvchi uch oliy nerv tizimi xossalarini ajratgan edi:
- k u ch, ya’ni nerv tizimining kuchli ko‘zgatuvchilar ta’siriga bardoshi, shunga ko‘ra odamlardagi mehnatga yaroklilik, chidam kabi sifatlarning namoyon bo‘lishi:
|
| |