|
Kasblarni egallashda tafakkurning roli
|
bet | 159/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 43,37 Mb. | | #264727 |
Bog'liq «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasi4.Kasblarni egallashda tafakkurning roli
Kasb tanlash jarayoni ijtimoiy ahamiyat kasb etsa-da, lekin uning ortida jismoniy individual (yakkahol) shaxs turadi. Holbuki shunday ekan, har bir kasb tanlovchi shaxsiyatiga individual munosabatni amalga oshirish zarur. Buning uchun kasb tanlovchining yosh va jins xususiyatlariga binoan kasb maorifini amalga oshirish maqsadga muvofiq. Bunda birinchi navbatda shaxsning kasbiy ehtiyoji, motivi, layoqati, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish darkor. Aks holda umumiy xususiyatli yo‘llanma, ko‘rsatma ijobiy natijaga olib kelmaydi, chunki individuallik o‘ziga xos talablarni taqozo etadi.
52-rasm. Tafakkur shakllanishi
Hatto oddiy kasb maorifi ham turlicha yondashuvni talab qiladi, binobarin, uni qondirmasdan turib tub maqsadga erishib bo‘lmaydi.
53-rasm. Tafakkur shakllanishi
Kasbga yo‘llash umumdavlat ahamiyatiga ega muammo hisoblanib, uni bosqichma – bosqich amalga oshirish «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi»da alohida o‘rin egallaydi. Yuqorida aytib o‘tilgan kasb tanlashga yo‘llash omillari faoliyatini hamkorlikka aylantirish yuksak samaralar sari etaklaydi.
Nazorat savollari
1. Tafakkur va kasbni egallash deganda nima tushiniladi?
2. Tafakkur turlarini gapiring?
3. Tafakkur operatsiyalarini sanang?
4. Reproduktivtafakkur nima?
5. Mantiqiy tafakkur nima?
6. Intiutsiyani izohlang?
19-mavzu. Shaxs kasbiy faoliyatida individual tipologik xususiyatlarni o‘rni
Reja:
1.Individual -tipologik xususiyatlar klassifikatsiyasi.
2. Shaxs iqtidori va qobiliyatlar diagnostikasi.
3. Temperament va faoliyatning individual xususiyatlari.
Tayanch iboralar:
individuallik, tipologiya, farqlar, temperament, iqtidor, qobiliyat, xarakter, shaxs, irodaviy sifatlar, ustanovka, motivatsiya.
1.Individual -tipologik xususiyatlar klassifikatsiyasi.
Shaxs - qaytarilmas, u o‘zsifatlari va borligi bilan noyobdir. Ana shu qaytarilmaslik va noyoblikning asosida uning individual-psixologik xususiyatlari majmui yotadi. Shu o‘rinda biz yuqorida ta’rif bergan shaxs tushunchasi bilan yonma-yon ishlatiladigan yana ikki tushunchaga izox berish o‘rinli deb hisoblaymiz. Bu - «individ» va «individuallik» tushunchalaridir. «Individ» tushunchasi umuman «odam» degan tushunchani to‘ldirib, uning ijtimoiy va biologik mavjudot sifatida mavjudligini tasdiqlaydi va uni bir tomondan, boshqa odamlardan farqlovchi belgi va xususiyatlarini o‘z ichiga oladi, ikkinchi tomondan, o‘ziga va o‘ziga o‘xshashlarga xos bo‘lgan umumiy va xarakterli xususiyatlarni qamrab oladi. Demak, individ - insonga aloqadorlik faktini tasdiqlovchi ilmiy kategoriyadir.
|
| |