|
«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi
|
bet | 151/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 43,37 Mb. | | #264727 |
Bog'liq «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasi3.Tafakkur turlari
Tadqiqotchi Kanazova tafakkurni ilmiy, kasbiy va kundalik hayotda duch keladigan muammolar bilan bog‘laydi. Lekin umumiy tafakkur qilish qobiliyati shaxsiy hayot bilan bog‘liq muammolarni o‘z ichiga olmasligini ta’kidlaydi. Masalan, oila qurish, ota –ona bo‘lish, yaqin do‘stlar ortirish, ijtimoiy muloqotga kirishish va boshqalar. Kundalik hayotda oddiy muammolardan tortib murakkab aqliy topqirlik talab qiladigan masalalarda ham tafakkur, fikrlash faoliyatining o‘rni muhim hisoblanadi. Masalan, qanday qilib do‘stlashish, notanish kishining yuz ifodasidan fikrini uqish, mo‘ljallangan manzilga qayta yo‘l topish, muammoning mohiyatini ochish, masala echish insondan turli xil tafakkurni talab qiladi.43
Muayyan ijtimoiy muhitda turmush kechirayotgan odamlarning ehtiyojlari xatti-harakat motivlari narsalarga qiziqishlar, intilishlar, mayllar, aqliy qobiliyatlari, hatto faoliyatlari ham turli tumandir. Xuddi ana shu boisdan ularning tafakkuri ham har xil holatlarda vaziyatlarda turlicha tarzda vujudga keladi, namoyon bo‘ladi.
Psixologiya fanida tafakkur turlari topshiriq xususiyatiga, fikr yoyiqligiga, fikrning originallik darajasiga qarab, quyidagicha shartli klassifikatsiya qilinadi. Professor E.G‘ozievning «Umumiy psixologiya» darsligida tafakkur turlari quyidagicha klassifikatsiya qilinadi:
Satoshi Kanazovaning fikricha odamda favqulodda, birdan yuzaga kelgan yangi muammolarga, masalan, olov chiqqanda uni qanday o‘chirish, qurg‘oqchilikda qanday ovqat topish, suv toshqinida daryoni qanday to‘sish kabi vaziyatlarda muammoning xal qilish jaraynida ixtiyorsiz tafakkur yuzaga keladi.44
Ko‘rgazmali-harakat tafakkur turi. Tarixiy taraqqiyot davomida odamlar o‘z oldilarida turgan maqsadlarni dastlab amaliy faoliyat nuqtai nazaridan echganlar, keyinchlik unda nazariy faoliyat ajralib chiqqan. amaliy va nazariy faoliyat chambarchas bir-biri bog‘langandir.
Sof psixologik faoliyat birlamchi emas, balki amaliy faoliyatning o‘zi birlamchidir. Yana faoliyatning taraqqiyoti davomida unga nisbatan mustaqil nazariy fikr yuritish faoliyati ajralib chiqqan. Faqat butun insoniyatning tarixiy taraqqiyoti emas, balki shu bilan birga har bir bolaning psixik taraqqiyoti jarayoni ham dastavval sof nazariy faoliyat emas, balki amaliy faoliyatdir.
Agarda insoniyatning tarixiy taraqqiyoti muammosidan chetlanib, ushbu masalani olib qarasak, u holda amaliy faoliyat birlamchi ekanligiga ishonch hosil qilamiz. Buning uchun insonning ontogenetik taraqqiyotini dastlabki fazasiga murojaat qilamiz. Bola tug‘ilishdan tortib, to uning bog‘cha yoshigacha davrini amaliy faoliyatda ko‘rgazmali-harakat tafakkuri o‘sishining asosiy pallasi deb atash mumkin. Mazkur yoshdagi inson zoti ana shu amaliy faoliyat negizida aqliy harakatlarni amalga oshiradi, amaliy bilimlarni o‘zlashtiradi, natijada ko‘rgazmali-harakat tafakkuri o‘sa boradi. Ushbu yoshdagi kichkintoylar o‘zlari o‘ynayotgan o‘yinchoqlarni qo‘llari bilan bevosita ushlab ko‘rish orqali ular bilan tanishadilar, shuning bilan birga ularni idrok qilishga intiladilar. Idrok qilingan predmetlar va o‘yinchoqlarni o‘zaro solishtiradilar, qismlarga ajratadilar, analiz va sintez qiladilar, bo‘laklarga ajratilganlarni yaxlit holga keltirib birlashtiradilar. Kattalar tushuntirishiga ishonch hosil qilmasdan, ayni chog‘da ularni ob’ektni sindirib yoki buzib bo‘lsa ham, ularning ichki tuzilishi bilan tanishish ishtiyoqi, mayli kuchli bo‘ladi. Shu boisdan amaliy xarakterdagi muammolarni hal qilishda ko‘pincha buzib, tuzatish yo‘li bilan harakat qiladilar. Ko‘rgazmali-harakat tafakkuri bog‘cha yoshiga etgandan so‘ng bolalarda o‘z qiymatini yo‘qota boshlaydi.
|
| |