|
Tafakkurning nerv-fiziologik asosi
|
bet | 143/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 43,37 Mb. | | #264727 |
Bog'liq «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasi2.Tafakkurning nerv-fiziologik asosi
(Tafakkur jarayoni bosh miya yarim sharlarining qaysi qismida kechadi?)
Tafakkur faoliyati muayyan maqsadga qaratilgan alohida ongli jarayon tariqasida sodir bo‘ladi. Bosh miyaning biror uchastkasidagi faoliyat emas, balki butun bosh miya po‘stining faoliyati mana shu jarayonning fiziologik asosidir. Tafakkur faoliyati uchun avvalo analizatorlarning miyadagi uchlari o‘rtasida vujudga keladigan murakkab bog‘lanishlar muhim ahamiyatga egadir. Analizatorlarning bosh miya po‘stidagi uchastkalari bir-biridan keskin ajralgan holda emas, balki bir-biriga tutashib, bir-biri bilan chambarchas bog‘lanib ketganligi sababli mazkur bog‘lanishlarning vujudga kelishi yuqorida aytib o‘tilganidek, tafakkurning maxsus nerv-fiziologik mexanizmlaridir. Bunda ikkinchi signallar tizimining bog‘lanishlari birinchi signal tizimidagi bog‘lanishlarga tayanadi.
I.P.Pavlov ikkinchi signal tizimining ishi hamisha birinchi signal tizimi bilan o‘zaro o‘tkazish jarayonida hozir bo‘ladi, deb ta’kidlagan. Ikkinchi signal tizimi asosida birinchi signal bilan o‘zaro ta’sir qilish jarayonida dastlab umuminsoniy empirizmni va nihoyat odamning o‘z tevaragidagi olamni va uning o‘zini bilish uchun oliy qurol bo‘lgan oliy tafakkur voq’e bo‘ladi. Tafakkurning muayyan bir narsaga qaratilishi uchun nerv-fiziologik asos bo‘lgan orientirovka refleksi tafakkur jarayonlarida katta rol o‘ynaydi. Akademik I.P.Pavlov ta’kidlaganidek, «avvalo umuminsoniy empirizmni nihoyat, atrof olamni va insonning o‘zini ham bilish uchun oliy qurol bo‘lgan fanni ham yaratuvchi maxsus insoniy oliy tafakkur zarurdir».
Tafakkur operatsiyalari
Tafakkur jarayoni insonning bilishga bo‘lgan ehtiyojlari, tevarak-atrofdagi olam va turmush to‘g‘risidagi o‘z bilimlarini kengaytirishga va chuqurlashtirishga intilish sababli vujudga keladi. Fikr qiluvchi kishining tafakkuri-ob’ektni anglashi, bilishi tafakkur jarayonining xarakterli xususiyatidir. Odam o‘zi idrok qilayotgan narsalar to‘g‘risida fikr qiladi. Shuning uchun tushunchalar narsalarning butun bir sinfi, turkumi to‘g‘risida fikr qiladi, ya’ni bular tafakkurning ob’ekti bo‘ladi. Bir narsaga tayanmagan quruqdan quruq tafakkur bo‘lishi mumkin emas.
Analiz, sintez, taqqoslash, abstraksiyalash va umumlashtirish, tasniflash va tizimga solish aqliy operatsiyalarning asosiy turlaridir.
|
| |