• Xotirani mustahkamlashning sakkizta qonuni
  • Anglanganlik qonuni.
  • Ilgarigi bilimlar qonuni.
  • Eslab qolishga tayyorlik qonuni.
  • Assotsiatsiyalar qonuni.
  • Kuchli taassurotlar qonuni.
  • Tormozlanish qonuni.
  • Xotiraning mustahkamlash qonuniyatlari




    Download 43,37 Mb.
    bet133/201
    Sana20.06.2024
    Hajmi43,37 Mb.
    #264727
    1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   201
    Bog'liq
    «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasi

    Xotiraning mustahkamlash qonuniyatlari
    Shaxs yaxshi va kuchli bilimlarga ega bo‘lish uchun har bir predmet yoki fanning mavzularini o‘ziga xos tarzda yoqtira olish va xotirada saqlash uslublarini ishlab chiqishi kerak. Lekin albatta, matematika fanidan keyin fizikani, tarixdan keyin adabiyot fanini, she’r yodlashni uyqu oldidan amalga oshirmaslik kabi qonuniyatlarni bilishimiz kerak.
    Shaxs o‘z xotirasini yaxshilashning ilmiy psixologiyada sakkizta qonunini bilishni taklif etadi.



    Xotirani mustahkamlashning sakkizta qonuni
    1. Anglanganlik qonuni;
    2. Qiziqish qonuni;
    3. Ilgarigi bilimlar qonuni;
    4. Eslab qolishga tayyorlik qonuni;
    5. Assotsiatsiyalar qonuni;
    6. Birin-ketinlik qonuni;
    7. Kuchli taassurotlar qonuni;
    8. Tormozlanish qonuni.

    1. Anglanganlik qonuni. Oddiy, lekin murakkab qonun, ya’ni berilgan materialni qanchalik chuqur anglasak, shunchalik uni mustahkam xotirada muhrlagan bo‘lamiz.


    2. Qiziqish qonuni. Anatol Frans: «Bilimlarni yaxshi hazm qilish uchun uni ishtaha bilan yutish kerak» deganda, albatta, materialga jonli qiziqish bilan munosabatda bo‘lishimiz, va uni yaxshi ko‘rishimiz kerakligini nazarda tutgan.
    3. Ilgarigi bilimlar qonuni. Ma’lum mavzu yuzasidan bilimlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, yangisini esda saqlab qolish shunchalik oson bo‘ladi. Masalan, ilgari o‘qigan biror kitobni qaytadan o‘qib, uni yangidan o‘qiyotganday his qilsangiz, demak, siz ilgarigi tajribangiz etishmaganligidan uni yaxshi o‘zlashtira olmaganligingizni his qilishingiz mumkin. Demak, eski bilimlar ham tajribaga aylangandagina, yangilariga zamin bo‘la oladi.
    4. Eslab qolishga tayyorlik qonuni. Biror materialni eslab qolishdan avval, bo‘lgusi aqliy ishga qanday hozirlik ko‘rgan bo‘lsangiz, shunga mos tarzda eslab qolasiz. Masalan, fizika o‘qituvchisining barcha darslari sizga doimo ma’qul bo‘lgan bo‘lsa, Siz: «Bugun ham yangi narsa o‘rganib chiqaman»- deb o‘zingizni ishontirasiz va oqibatda natija ham yaxshi bo‘ladi. YOki vaqtga nisbatan tayyorlik ham shunday. «Bir amallab imtihon topshirsam, keyin qutulaman» - deb darsga tayyorlangan bo‘lsangiz, imtihon tugagach, guyoki miyangizni birov «yuvib qo‘yganday» - tasavvur hosil bo‘ladi. Agar materialni mutaxassis bo‘lishim uchun juda kerak, deb umringiz oxirigacha muhimligini anglasangiz, u narsa xotirada muqim saqlanadi.
    5. Assotsiatsiyalar qonuni. Bu qonun haqida eramizdan avval Arastu ham yozgan edi. Qonunning mohiyati shundaki, bir vaqtda shakllangan tasavvurlar xotirada ham yonma-yon bo‘ladi. Masalan, ayni konkret xona o‘sha erda ro‘y bergan hodisalarni ham eslatadi.
    6. Birin - ketinlik qonuni. Harflarni alfavitdagi tartibida yoddan aytish oson, uni teskarisiga aytish qiyin bo‘lganidek, xotirada ham ma’lumotlarni ma’lum tartibda joylashtirishga va kerak bo‘lganda, tartib bilan birin-ketin tiklash maqsadga muvofiqdir.
    7. Kuchli taassurotlar qonuni. Eslab holinadigan narsa to‘g‘risidagi birinchi taassurot qanchalik kuchli bo‘lsa, unga aloqador obraz ham shunchalik yorqin bo‘ladi. Bundan tashqari, siz uchun ahamiyatli va jozibali ma’lumotlar oqimida eslanayotgan material ham yaxshi esga tushiriladi.
    8. Tormozlanish qonuni. Har qanday muayyan ma’lumot o‘zidan oldingi ma’lumotni tormozlaydi. Shuning uchun uning o‘chib ketmasligi uchun yangini esda saqlashdan avval mustahkamlash choralarini ko‘rishingiz kerak.



    Download 43,37 Mb.
    1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   201




    Download 43,37 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xotiraning mustahkamlash qonuniyatlari

    Download 43,37 Mb.