Xotira mustahkamligi omillari




Download 43,37 Mb.
bet128/201
Sana20.06.2024
Hajmi43,37 Mb.
#264727
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   201
Bog'liq
«servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasi

Xotira mustahkamligi omillari:
- esda saqlab qolish bilan bog‘liq harakatlarning yakunlanganlik darajasiga;
- shaxsning o‘zi shug‘ullanayotgan ishga nechog‘lik qiziqish bildirayotganligi va shu ishga moyilligiga;
- shaxsning bevosita faoliyat mazmuni va ahamiyatiga munosabatining qandayligiga;
- shaxsning ayni paytdagi kayfiyatiga;
- irodaviy kuchi va intilishlariga.

Ixtiyorsiz esda qoldirish inson hayotida katta ahamiyatga ega bo‘lib, undan ortiqcha harakat talab qilmagan holda hayotiy tajribalarni kengaytiradi va boyitadi. Biroq ixtiyorsiz esda qoldirish tez bo‘lsa ham ko‘pincha noaniq bo‘ladi, bunday esda olib holingan narsa va hodisalar keyinchalik yangilish esga tushiriladi.


Ixtiyoriy esda qoldirish ko‘zda tutilgan maqsadga muvofiq tanlangan materialni esda qoldirishdir. Kishi ixtiyoriy esda qoldirish uchun esda saqlashning maxsus usullarini saqlagan holda materialni puxta esda qoldirish uchun o‘zining kerakli kuchini sarf qiladi. Ammo mexanik esda saqlanishni ma’noli esda saqlash bilan qo‘llanilishi foydalidir.
Psixologiya fanida esda olib qolishning quyidagi turlari mavjud:
• Ma’lumot, xabar, taassurot, axborot va materiallarni eshitish orqali idrok qilish hamda esda olib qolish.
• Egallash yoki o‘zlashtirish zarur bo‘lgan materiallarni ko‘rib idrok qilish yordamida esda olib qolish.
• Materiallarni harakat yordamida va eshitish orqali idrok qilish hamda esda olib qolish.
• Aralash holatda esda olib qolish, eshitish, ko‘rish, harakat kabilar orqali idrok qilish va esda olib qolish yoki bir nechta ta’sir etuvchilar yordamida aks ettirish.
Mana shu yo‘llar orqali eshitish, ko‘rish, eshitish harakat, kombinotorlashtirilgan (aralash) turlari yordamida xotiraning qaysi turi ustunroq yoki qaysi biri bo‘sh ekanligini aniqlash mumkin.
Esda olib qolishda assotsiatsiyalarning ahamiyati muhimdir. Buning uchun esda olib qolish jarayonining bog‘lanishlari paydo bo‘lish sur’atini aniqlash maqsadida ular xususiyatlariga binoan quyidagi:
• Sabab oqibat bog‘lanish.
• Bo‘lak va yaxlit munosabati.
• Qarama-qarshilik munosabati.
• Inkor etish holati.
• Adekvat yoki aniqlik turlarga ajratiladi.
Esda olib qolish inson faoliyatining xususiyatiga bevosita bog‘liqdir. A.A.Smirnov, P.I.Zinchenko tajribalari shuni ko‘rsatadiki, esda olib qolish u yoki bu faoliyatdagina samarali bo‘lishi mumkin. A.A.Smirnovning tajribalarida tekshirishlarga qaraganda ikki xil faoliyat taklif qilinsa, birinchi holda ular ma’noli matnni esda olib qolish nazarda tutiladi. Sinaluvchilar matnni yodlar ekanlar, materiallar ustida hech qanday faol ish olib bormaganlar. Ikkinchi holda esa esda olib qolish vazifasi qo‘yilmaydi-yu, lekin matn ustida muayyan ish olib borish unda uchraydigan ma’noviy xatolarni aniqlash taklif etiladi. Ikkinchi holda esda olib qolish ancha samarali bo‘lganligi aniqlangan. Esdan chiqarish xotira etapining har tomonlama paydo bo‘lishi mumkin. Ma’lumot olar ekanmiz, biz filtirlaymiz, o‘zgartiramiz yoki ko‘pini yodan chiqaramiz
Maxsus vositalar va oqilona usullarni qo‘llash orqali esda olib qolish sohasidagi yondashishdan iborat tashkiliy faoliyat alohida ahamiyatga ega. A.A.Smirnov o‘tkazgan tajribasida shuni ko‘rsatadiki, matnni maxsus tuzib chiqilgan rejaga asoslangan holda yodlash rejasi, palapartish esda olib qolishdan ikki barobar samaraliroq ekan, psixolog olimlarning tavsiyasiga binoan yodlash jarayonida materialni takrorlash bilan uni faol esga tushirishni o‘zaro almashtirib turish yuqori natijalar beradi. Kuzatishlar va tajribalar shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilar va talabalar bu usullarni mustaqil ravishda egallay olmaydilar, odatda ularni muallimning rahbarligida egallashadi. Aks holda o‘quv faoliyati ishtirokchilari materialni bevosita ixtiyorsiz esda olib qolish bosqichida qotib qolishi mumkin, bu hol aqliy o‘sishga qarama-qarshidir.
Shu narsani alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, o‘quv materiallarining ma’nosiga tushunib esda olib qolish yo‘li oqilona yo‘l bo‘lib qolmasdan, balki u mexanik esda olib qolish jarayonidan o‘zining samaradorligi bilan keskin darajada ajralib turadi.
Esda olib qolish jarayoni deganda sezgi, idrok, tafakkur, ichki kechinmalarni xotirada saqlanish xususiyati tushuniladi. Kundalik hayotimizda kitob, jurnal, gazeta o‘qiyotganimizda materialni esda olib qolish uchun shu materialning ma’nosiga tushunib olishga harakat qilamiz. Jamiki narsa insonga etarli darajada tushunarli bo‘lmasa, u taqdirda ularni esda olib qolish jarayoni juda qiyin kechadi. O‘rganilayotgan materialning mazmuni va ma’nosiga tushunib olish uchun odam uni tahlil qilishga, umumlashtirishga harakat qiladi. A.A.Smirnov ta’kidlaganidek, materialni o‘zlashtirib olish xuddi shu jarayonga yaqqol misoldir. Mualliflarning shaxsiy fikriga ko‘ra o‘zlashtirayotgan materiallarni esda olib qolish qiyinligi sababli ularni tushuna olmaslikdir. Tushunib olishning esda olib qolishdagi ahamiyati xuddi shu bilan tavsiflanadi.


Download 43,37 Mb.
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   201




Download 43,37 Mb.