|
-rasm Qobiliyatlarning namoyon bo‘lishi
|
bet | 179/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 43,37 Mb. | | #264727 |
Bog'liq «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasi71-rasm Qobiliyatlarning namoyon bo‘lishi
Barkamol shaxsni tarbiyalash jamiyatning ezgu maqsadi hisoblanib, u ma’naviyatning uzviy bir qismi va taraqqiyotni ta’minlovchi muhim omildir. Buning uzluksiz ta’lim tizimi jarayonida amalga oshirilishiga shubha yo‘q. Chunki, uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxsning shakllanishi va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun zarur shart-sharoit yaratadi. Kasb-hunar kollejlari uzluksiz ta’limning muhim bo‘g‘inidir. Qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejlari boshqa sohalar uchun kichik mutaxassislar tayyorlaydigan kollejlardan o‘ziga xos jihatlari bilan farqlanadi. Bu eng avvalo, qishloq xo‘jaligining mavsumiyligiga bog‘liq bo‘lib, qishloq xo‘jalik kollejlarida tashkil etiladigan ta’lim-tarbiyaviy ishlarda ularni hisobga olish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Biz hozirgacha kasb tanlashga yo‘llash ishlarini umumiy tarzda ko‘rib chiqdik. Lekin shuni ta’kidlash kerakki, o‘quvchilarni qishloq xo‘jalik kasblariga yo‘naltirish o‘ziga xos xususiyatlariga ega. Biz shu bo‘limda qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining sanoatga nisbatan ajralib turuvchi xususiyatlari haqida ma’lumot berishga harakat qilamiz. Bu xususiyatlar quyidagilardan iborat:
1. Mashina texnikasi jonli tabiat bilan bevosita aloqada ishtirok etadi.
2. Texnika muammolari, biologiya muammolari jonli tabiat haqidagi fan bilan qo‘shilib ketadi.
3. Rang-barang tuproq iqlim omillariga agrotexnikadan foydalanishga differensial yondashishni talab etadi.
4. Agregatlashgan mashinalar (qurollar) kompleksining o‘zgarib turishi, ishlarning mavsumiyligi mehnatni ustalik bilan tashkil etishni talab qiladi.
Qishloq maktablarining asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarni qishloq xo‘jalik kasblariga qiziqtirish va yo‘naltirishdan iboratdir. Yashash sharoiti va zamonaviy texnikalardan foydalangan holda qishloq maktablarining imkoniyatlari juda kattadir. Qishloq maktabi o‘quvchilarda qishloq xo‘jalik mehnatiga – paxtakor, g‘allakor va hokazo kasblarga qiziqish o‘yg‘otishga da’vat etilgan.
Hozirgi zamondagi yuksak mexanizatsiyalashgan qishloq xo‘jaligi, qishloq maktablari va kasb –hunar kollejlaridagi mehnat va ishlab chiqarish ta’limini rivojlantirish imkoniga ega bo‘lgan yagona baza bo‘lib xizmat qiladi. U o‘quvchilar va talabalarda qishloq xo‘jalik kasblarini egallashga qiziqish uyg‘otadi.
Yigit va qizlar qishloq xo‘jalik mehnati jarayonida qishloq xo‘jalik texnikasi va agrotexnika asoslarini bilib oladilar, umumiy mehnat malaka va ko‘nikmalarini egallaydilar. Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishiga taalluqli yuqorida ta’kidlangan xususiyatlar qishloq xo‘jalik maktablarida, kasb-hunar kollejlarida kasb tanlashga yo‘llash ishlarini olib borishda hisobga olinishi kerak.
Bular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: oiladagi mehnatga hayotidagi avvalgi tajribalarning ijobiy ta’sir ko‘rsatishi; ota-onalarga ekin maydonlarida muntazam yordam berish; qishloq xo‘jaligida mehnat qilishga ancha oldindan odatlanish; ta’lim vaqtlarida ekish mavsumida va hosilni yig‘ib olishda yordamlashish; qishloq xo‘jalik kasblarini egallashga intilish.
O‘quvchilarda qishloq xo‘jalik mehnatiga qiziqishni aniqlash, rivojlantirish va mustahkamlash bo‘yicha qishloq maktablarining to‘plagan tajribasi shuni ko‘rsatadiki, bu ish o‘quvchilarga turli darajada ta’sir etadigan kasb tanlashga yo‘llash va kasblar haqidagi tushuntirish ishlarini olib borishning rang-barang shakl va metodlaridan foydalanishni talab etadi.
Demak, ishlab chiqarish ta’limida vujudga kelgan tajriba o‘quvchilarning qo‘lidan keladigan qishloq xo‘jalik mehnatida ishtirok etishi, o‘quvchilarni ishlab chiqarish jamoalaridagi mehnatda tarbiyalash, qishloq xo‘jalik kasblarini ongli ravishda tanlashiga va ularni qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishiga tortishga qaratilgan. Qishloq xo‘jalik kasblariga yo‘naltirishda qishloq xo‘jalik texnikasini o‘rganish uchun sharoit yaratish zarurligi ko‘rsatilgan, mexanizatorlik kasbini egallashning asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan.
Qishloq maktablarida kasb tanlashga yo‘llash ishlari yangicha, sifatli mazmun kasb etmoqda va u respublikamiz qishloq xo‘jaligi rivojlanishiga katta hissa qo‘shadigan kasb egalarini tayyorlashga qaratilgan. Mexanizatorlik qishloq mehnatkashlarining asosiy kasbidir. Uning asoslarini egallash va traktorni o‘rganish qishloq xo‘jaligining barcha mutaxassislari uchun majburiy hisoblanadi. Bu tashabbus ayniqsa, qishloq aholisi ichida keng profilli xodimlarni tayyorlash uchun imkoniyatlar ochib beradi va bu xodimlarni ishlab chiqarishning har qanday uchastkasida ishlashiga imkoniyat yaratadi.
Qishloq xo‘jalik kasblariga yo‘naltirish o‘quvchilar o‘rtasida mexanizatorlik kasbiga qiziqtirish ishlarini olib borar ekanlar unga nomzodlarni tanlashda quyidagilarga amal qilishlari kerak: qishloq xo‘jalik texnikasiga barqaror qiziqish; ijodiy mehnat qilishga intilish; o‘smirlarning mashinalar, agregatlar, qurilmalarda mustaqil ishlash istagi, o‘zi harakat qiluvchi mashinalarni boshqarishga qiziqish; erga, jonajon o‘lkaga va qishloq mehnat ahliga hurmat.
Qishloq xo‘jalik kasblarini tashlashga yo‘llash ishlarida o‘quv-tajriba uchastkalari (dala, sabzavot, rezavor meva, issiqxonalar, kolleksiya) muhim rol o‘ynaydi.
|
| |