• 22-mavzu. Nutq va kasb Reja
  • Tayanch iboralar
  • «servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi




    Download 43,37 Mb.
    bet182/201
    Sana20.06.2024
    Hajmi43,37 Mb.
    #264727
    1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   201
    Bog'liq
    «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasi

    Nazorat savollari
    1. Shaxs iqtidori va qobiliyatlar diagnostikasini izohlang?
    2. Tug‘ma va orttirilgan qobiliyatlar haqida gapiring?
    3. Qobiliyatlarning psixologik strukturasini izohlang?
    4. O‘quvchilarda qishloq xo‘jalik mehnatiga qiziqishni aniqlash deganda nimani tushunasiz?
    5. Tajriba ishlari vazifasiga nimalar kiradi?
    22-mavzu. Nutq va kasb
    Reja:
    1. Nutq vujudga kelishining nazariyalari
    2. Nutq faoliyatining fiziologik mexanizmlari
    3. Nutqning xususiyatlari.
    4. Kasbiy-pedagogik muloqot uslubi va uning turlari.
    5. Kasbiy-pedagogik muloqot texnikasi va trening


    Tayanch iboralar: Nutq, til, nutq faoliyati, axborot, xabar, funksional elementlari, o‘qka, traxeya, ovoz naylari, nutqning fonetik elementi, nutqni idrok qilish nazariyasi, verbal nutq, noverbal nutq


    1.Nutq vujudga kelishining nazariyalari
    Insoniyat taraqqiyoti tarihida til tufayli aks ettirishning imkoniyatlari qayta quriladi, olam odam miyasida yanada aniq, ravshan in’ikos ettiriladigan bo‘ladi. Tilning paydo bo‘lish munosabati bilan har bir alohida shaxs jamiyatining ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotida, jarayonida to‘plagan tajribalaridan foydalanish imkoniyati tug‘iladi. Til yordami bilan har bir inson shaxsan o‘zi hech qachon duch kelmagan, notanish hodisalar, holatlar, vaziyatlar, sharoitlar yuzasidan bilim olishga erishadi. Xuddi shu boisda til odamga ko‘pchilik hissiy va intellektual ta’sirlar hamda taassurotlar to‘g‘risida o‘ziga o‘zi hisobot berish imkoniyatini yaratadi. Inson til yordami bilan boshqa odamlarga o‘tmish, hozirgi zamon va kelajakka rid narsalar, voqelik yuzasidan axborot, xabar, ma’lumot berishi ularga ijtimoiy tajriba mohiyati ko‘nikma hamda malakalarni o‘tkazishi, uzatishi mumkin.
    Odamdagi shaxsiy individual tajribaning umuminsoniy tajriba bilan bog‘liqligi kishilarda tilning mavjudligi bilan izohlanadi. Til oddiy qilib tushuntirilganda so‘z va belgilar sistemasi hamda majmuasidan iboratdir. Inson tomonidan u yoki bu faoliyatning bajarilishi belgilar, alomatlar xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lib, uning mahsuldorligi, muvaffaqiyati til tarkiblarining ahamiyatiga bevosita aloqadordir. Masalan, haydovchi uchun ko‘cha qoidalari, matematik uchun formulalar, operator uchun signallar (semiotika – sema-yunon. ―belgi‖) belgilar, simvollar, alomatlar vazifasini bajarib, faoliyat uchun regulyator sifatida xizmat qiladi.
    Shuning uchun belgilar va ularning ahamiyati insonning yuksak psixik funksiyai (ya’ni idrok, xotira, tafakkur, xayol)ning vositasidir. Odatda belgilar turli-tuman bo‘lishidan qat’i nazar ularning eng muhimi – bu so‘zdir. Har bir so‘z ma’lumot, xabar, axborot vazifasini bajaradi va muayyan mazmunni o‘zida aks ettiradi (masalan: mashg‘ulot, daftar, yomg‘ir va boshqalar).
    Tilning asosiy funksiyai quyidagilardan iborat:
    a) til yashashning vositasi, ijtimoiy tajribani avloddan avlodga uzatish, berish va o‘zlashtirish quroli tarzida vujudga keladi (avlodlar ota-onalar, o‘qituvchilar va murabbiylar);
    b) til vosita yoki kommunikatsiya usuli, hatto odamlarning xatti-harakatlarini boshqaruvchi qurol sifatida namoyon bo‘ladi (masalan: “Leksiya bo‘lmaydi”, “Bugun bayram” – ta’sir qilishdan, ta’sir o‘tkazishdan iboratdir);
    v) tilning muhim funksiyaidan yana bittasi – intellektual faoliyatning quroli sifatida xizmat qilishdir (muammoli vaziyat mohiyatini tushunish, echishni rejalashtirish, ijro etish, maqsad bilan solishtirish).
    Odam hayvonot olamidan farqli o‘laroq o‘zi xoh amaliy, xoh aqliy harakat bo‘lishidan qat’i nazar uni rejalashtira oladi. Faoliyatni bunday rejalashtirish echimi uchun vosita qidirishning va umumiy fikriy masalalarini halqilishning asosiy quroli tildir. Psixologik tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, tilning eng asosiy funksiyasi – bu kommunikatsiyadir.
    – odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtiri, avlodlarga berish (uzatish) yoki kommunikatsiya o‘rnatish, o‘z shaxsiy harakatlarini rejalashtirish va amalga oshirish maqsadida tildan foydalanish jarayonidir.
    Nutq axborot, xabar, ma’lumot va yangi bilim berish aqliy topshiriqlarni echish faoliyatidan iboratdir. Agarda til aloqa vositasi (quroli) bo‘lsa, nutq esa aynan o‘sha jarayonining o‘zidir.



    Download 43,37 Mb.
    1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   201




    Download 43,37 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi

    Download 43,37 Mb.