|
-rasm Elektrik kasbiga qiziqishning shakllanishi
|
bet | 181/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 43,37 Mb. | | #264727 |
Bog'liq «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasi74-rasm Elektrik kasbiga qiziqishning shakllanishi
O‘quv amaliyotini amalga oshirishda kollejlarning o‘quv xo‘jaliklari muhim ahamiyatga ega. Ularning asosiy vazifasi o‘quvchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, xo‘jalikni maqbul yuritish, ishlab chiqarishni zamonaviy yangi texnika va texnologiyalar asosida joriy etish, bozor iqtisodiyoti talablariga mushtarak tadbirkorlik ishlarini amalga oshirish, shuningdek, o‘quv ishlab chiqarish amaliyotlarini samarali o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlarni yaratish va eng muhim kasbiy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.
Mavjud o‘quv xo‘jaligidan foydalanish, undagi ishlarni tashkil etib o‘tkazish ham muhimdir. Fikrimizcha, kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilarida kasbiy ish harakat usullarini maqbul shakllantirish shart-sharoitlari quyidagilardan iborat: nazariy bilimlarga tayanish; ajratilgan vaqtdan unumli foydalanish; aniq kasbiy ish harakat usullari nima maqsadda egallanishi zarurligini o‘quvchilar anglab etishi; bajarilayotgan mashqlarni muntazam bajarish va asta-sekin murakkablashib borishi; mashqlarning mustaqil bajarilishi va o‘zini o‘zi nazorat qilish imkoniyatining mavjudligi; mashqlarni bajarish uchun nazariy bilimlarga ega bo‘lib, puxta tayyorgarlik ko‘rish lozimligi; xatolarga yo‘l qo‘ymaslik, yo‘l qo‘yilgan hollarda ularni zudlik bilan bartaraf etish tadbirlarini ko‘rish.
Kasbiy ko‘nikma va malakalarning o‘quvchilarda shakllanganligi mezonlari: texnik va texnologik, agrotexnik ish harakat usullari iqtisodiy hayot xavfsizligi qoidalariga amal qilib o‘z vaqtida sifatli bajarilishi; xatti-harakatlarning bajarilishida mustaqillik, vaziyatni va shart-sharoitlarini hisobga olgan holda to‘g‘ri qaror qabul qilinganligi.
O‘quv xo‘jaliklariga ajratilgan er maydonlarining dastlabki paytlardagi unumdorligi, meliorativ holatini yaxshilash, yangi texnika, urug‘lik, yoqilg‘i moylash materiallari, ehtiyot qismlarini sotib olishda homiy va vasiy tashkilotlarning beg‘araz yordamlari hamda xalqimizda asrlardan beri qo‘llanilayotgan «hashar» tadbirlaridan foydalanish maqsadga muvofiq. O‘quvchilar mutaxassis agronom va olimlar, ilmiy tekshirish muassasalarining topshiriqlari bo‘yicha katta ishlab chiqarish maydonlarida o‘tkaziladigan tajribalari muhim vazifalarni hal etishga qaratiladi va bu o‘quvchilarda qishloq xo‘jalik kasblariga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantiradi.
Tajriba ishlari vazifasiga quyidagilar kiradi:
a) Biologiya va qishloq xo‘jalik tajribalarini o‘tkazish orqali o‘quvchilarning bilim doirasini kengaytirish;
b) ilmiy tekshirish ishlarini olib borishda ularni malakalar bilan qurollantirish;
v) nazariy bilimlarni qishloqdagi fermer xo‘jaliklar amaliyoti bilan aloqasini amalga oshirish;
g) qishloq xo‘jaligiga va qishloq xo‘jalik kasblariga muhabbat uyg‘otish.
Tajriba ishlari ishlab chiqarish mehnati bilan qo‘shib olib borilganda o‘quvchilar o‘z mehnatlari samaralarini ko‘rganlarida ulardagi qishloq xo‘jaligi mehnatiga bo‘lgan kasbiy qiziqish faol rivojlanib boradi. Hatto eng oddiy qishloq xo‘jalik tajribalari ham o‘smirning ong-bilim darajasini boyitadi. O‘quvchilarning tadqiq qilinayotgan masalada sabab-oqibat bog‘lanishlarini ochib berishga yordam beradi, tanqidiy fikrlashga, to‘g‘ri xulosalar chiqarishga o‘rgatadi. Tekshirish va izlanishlar ishni qiziqarli qiladi va ma’lum maqsadga qaratadi.
Xulosa qilib aytganda, yuqorida zikr etilganlar kasbiy tayyorgarlik tizimi hayotiyligini ta’minlaydi, ya’ni ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy, psixologik-pedagogik qonunlarni hisobga olgan holda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishga imkon beradi.
|
| |