• 70-rasm Qobiliyatlarning namoyon bo‘lishi
  • Qobiliyatlar va qiziqishlar diagnostikasi




    Download 43,37 Mb.
    bet178/201
    Sana20.06.2024
    Hajmi43,37 Mb.
    #264727
    1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   201
    Bog'liq
    «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasi

    Qobiliyatlar va qiziqishlar diagnostikasi
    Amaliy psixologiyaning bugungi kundagi eng muhim va dolzarb vazifalaridan biri layoqat kurtaklarini ilk yoshlikdan aniqlash, intellekt darajasiga ko‘ra shaxs qobiliyatlari yo‘nalishini ochib berishdir. Shuning uchun ham hozirda ko‘plab intellekt testlari va qobiliyatlarni diagnostika qilish usullari ishlab chiqilgan va ular muvaffaqiyatli tarzda amaliyotda qo‘llanmoqda.



    70-rasm Qobiliyatlarning namoyon bo‘lishi

    Qobiliyatlarni o‘lchash muammosi XIX asrning oxiri - XX asrning boshlariga kelib izchil hal qilina boshlandi. Xorijda bunday ishlar Spirmen, Bine, Ayzenk va boshqalar tomonidan o‘rganildi. Ular qobiliyatlar va iqtidorni o‘rganish uchun maxsus testlardan foydalandilar. Bu testlarning umumiy mohiyati shundaki, ularda topshiriqlar tizimi tobora qiyinlashib boruvchi testlar-topshiriqlar batareyasidan iborat bo‘ladi. Masalan, Ayzenkning mashxur intellekt testi 40 ta topshiriqdan iborat bo‘lib, u intellektual jarayonlarning kechishi tezligini o‘lchaydi. Bu erda vaqt mezoni muhim hisoblanadi. Boshqa mualliflar sekin ishlash - qobiliyasizlik belgisi emas deb, boshqacharok usullarni o‘ylab topganlar. Ko‘pchilik olimlar uchun, masalan, rus olimlari uchun qobiliyatni o‘lchashning ishonchli mezoni - bu shaxs yutuqlarini va uning qobiliyatidagi o‘zgarishlarni bevosita faoliyat jarayonida qayd etishdir. Rus olimi E.A. Klimov yoshlar iqtidorining yo‘nalishini aniqlash maqsadida faoliyat va kasb - xunar sohalarini asos qilib olib, metodika yaratdi va uning «Professional - diagnostik so‘rovnoma» deb atadi. Shunday qilib, u barcha kasblarni ularning yo‘naltirilgan sohasiga ko‘ra 5 toifaga bo‘ldi:


    P(T) - tabiat (usimlik, hayvonlar, mikroogranizmlar);
    T - texnika (mashina, materiallar, energiyaning turlari);
    CH(O)- odam (odamlar guruhi, jamoalar);
    Z (B)- belgilar (turli ma’lumotlar, belgili simvollar);
    X (I)- badiiy, ijodiy obrazlar (tasviriy san’at, musiqa).


    Download 43,37 Mb.
    1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   201




    Download 43,37 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qobiliyatlar va qiziqishlar diagnostikasi

    Download 43,37 Mb.