• 72-rasm Qishloq xo‘jalik mehnatiga qiziqishni aniqlash
  • 73-rasm Chorvachilikka qiziqishning shakllanishi
  • -rasm Qishloq xo‘jalik mehnatiga qiziqishni aniqlash




    Download 43,37 Mb.
    bet180/201
    Sana20.06.2024
    Hajmi43,37 Mb.
    #264727
    1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   201
    Bog'liq
    «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasi

    72-rasm Qishloq xo‘jalik mehnatiga qiziqishni aniqlash

    O‘quvchilar agrotexnika, chorvachilik asoslari, qishloq xo‘jalik mashinalari va mashina-traktor texnologiyasiga doir mashg‘ulotlarda nazariy ma’lumotlarni o‘zlashtiradilar, mexanizatorlik kasbini egallaydilar. O‘quvchilar qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish moddiy boyliklarning ijodkorlari bo‘lgan mehnat ahlining o‘y va tashvishlariga kirib boradilar.


    Birgina traktorga doir mehnat politexnika amaliyoti bir qator ishchi kasblari bilan tanishtirish imkoniyatini beradi. Ular orasida traktorchi mashinist, paxta terish mashinalarining haydovchilari, sholi ekish va sholi yig‘ish texnikasi haydovchilari, mexaniklar, qishloq xo‘jalik texnikasini remont qiluvchi slesar, g‘alla yig‘uvchi kombayn haydovchisi, chorvachilik fermalari uskunalarini ta’mirlovchi va montaj qiluvchi slesar, haydovchi, chorvador-mexanizator va hokazolar.

    72-rasm Qishloq xo‘jalik mehnatiga qiziqishni aniqlash

    Transport va texnologiya mashinalarini boshqarish va ishlatishni muvaffaqiyatli egallash yoshlarga xalq xo‘jaligining boshqa sohalari – sanoat korxonalari, qurilish, transportda, aloqa muassasalarida, yog‘och tayyorlash sanoatida, geologik razvedka, vodoprovod, magistral quvurlari qurilishida foydalaniladigan shunga o‘xshash texnikani uncha qiynalmasdan o‘rganib olishlariga imkon beradi. Qishloq xo‘jalik agregatlari haydovchilari uchun, mehnat faoliyatida mustaqillik va o‘z-o‘zini nazorat qilish elementlari tarbiyalanadi. Mashina – traktor agregatlarini ishga tushirish va sozlash, uning ishidagi kamchiliklarini aniqlash va yo‘qotish, mashinaga texnik xizmat ko‘rsatish o‘quvchilarning yangi kasb - qishloq xo‘jalik texnikasida sozlovchi master kasbi bilan tanishtirishlariga yordam beradi.



    73-rasm Chorvachilikka qiziqishning shakllanishi

    «Chorvachilik asoslari» ni amaliy o‘rganishda o‘quvchilarning ishlab chiqarish amaliyoti mazmuniga sigirlarni elektrotexnik tartibda sog‘ishga asoslangan sut sog‘adigan qurilmalarni ishga tayyorlash, sut sog‘uvchi apparatlarni ishlatish, bir sog‘im sutni hisoblash va uning yog‘lilik drajasini aniqlash, em-xashak tayyorlovchi va em-xashak beruvchi mashinalarni oddiy tuzatish hamda mexanizatsiyalashgan suv taqsimlovchi vositalar (nasos stansiyasi, suv quvuri, avtosug‘orish) ning texnik xizmati, binolar va o‘tloq maydonlardan go‘ngni yig‘ib olishga oid mexanizmlarni ishga tayyorlash va boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish topshiriqlari amalga oshiriladi.


    Texnikaviy ijod o‘quvchilarning qishloq xo‘jalik kasblariga qiziqishini rivojlantirishga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘quvchilarni faol texnika ijodkorligi ishlariga jalb qilish ularning qishloq xo‘jalik texnikasini ishlatish va ta’mirlashda (dala ishlari jarayonida ham, xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash davrida ham) bevosita ishtirok etishni talab etadi.
    O‘quvchi yoki talabalar bevosita amaliy ishlarga jalb qilinishi orqali qishloq xo‘jalik va iqtisodiy bilim asoslarini egallaydilar. O‘quvchilarning iqtisodiy bilimlarni o‘zlashtirib olishlari ularga ongli ravishda mehnat unumdorligini oshirish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarining sifatini yaxshilash va uning tannarxini kamaytirish imkonini beradi. O‘rmon xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi o‘quvchilar serunum mehnat qiladilar. O‘rmon ko‘chatlari ularning ixtiyorida bo‘lib, bunda ular yosh ko‘chatlarni ekish va parvarish qilishga doir barcha ish jarayonini bajaradilar.
    Hozirgi kunda davlatimiz tomonidan agrar sohaga, fermer xo‘jalik sohalariga shu bilan birga yoshlarni qishloq xo‘jalik kasblariga yo‘naltirishda mehnat ta’limi uchun zarur bo‘lgan er, traktor, qishloq xo‘jalik mashinalari, ta’mirlash ustaxonalari bilan ta’minlamoqdalar, ularga zarur asbob-uskunalar va ko‘rsatma qurollari uchun mablag‘lar ajratmoqdalar.
    O‘quvchi talabalarni ishlab chiqarish amaliyoti davrida ulardagi qiziqishlarni rivojlantirish va qishloq xo‘jaligining agronom, agronom-sabzavotkor, agronom-bog‘bon, agronom-agroximik, zootexnik, injener-mexanik kabi kasblarga doir kasbiy mahoratni egallashlari uchun yaxshi sharoit yaratib berilmoqda. O‘quvchilarning ongli ravishda kasb tanlashlariga yordam beradigan o‘quv amaliyotlarining samarali turlaridan biri o‘quvchilarning tajriba ishlari davridagi ishlab chiqarish faoliyatidir. O‘quvchilarda agronom, sabzavotkor, bog‘bon va boshqa kasblar mehnatiga qiziqish va ijodiy yondashishni tarkib toptirishda tajriba ishlari etakchi o‘rin egallaydi.
    Kasb-hunar kollejlarida mutaxassislar tayyorlashda o‘quv amaliyotining ahamiyati katta. Chunki, ularda tashkil etiladigan o‘quv amaliyotlari: laboratoriya amaliy mashg‘ulotlari; ishlab chiqarish ta’limi; ishlab chiqarish amaliyotishaklida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.


    Download 43,37 Mb.
    1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   201




    Download 43,37 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm Qishloq xo‘jalik mehnatiga qiziqishni aniqlash

    Download 43,37 Mb.