|
Nutq faoliyatining fiziologik mexanizmlari
|
bet | 183/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 43,37 Mb. | | #264727 |
Bog'liq «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasi2.Nutq faoliyatining fiziologik mexanizmlari
1. Nutqni idrok qilish oddiy reflektor faoliyatining qonunlari asosida sodir bo‘lishi mumkin. chunki uni yuzaga keltiruvchi stimullar birinchi signallar tipidagi qo‘zg‘atuvchilardan iboratdir (masalan: “Marsh”, “Salom”).
2. Nutqni yuzaga kelishi va idrok qilinishidan inson “signallarni – signali” (I.P.Pavlov) tarzdagi so‘zlardan foydalanishi mumkin. mazkur jarayon bosh miya katta yarim sharlarining po‘stida amalga oshadi.
3. P.Broka (1861 y.) miya po‘stining ma’lum qismi (miya chap yarim shari peshona qismining pastki tomonidagi burmalarning orqa qismi) shikastlansa, bemorlarda nutq artikulyasiyasining buzilishini kasb etgan va “so‘z obrazlarini harakatlantiruvchi markaz” deb atagan.
4. K.Vernike (1874 y.) bosh miya yarim sharlari peshona qismining tepa tomonida “so‘zlarning sensor obrazlari” joylashgan deb dalillashga harakat qiladi.
5. P.K.Anoxin – nutq jarayonini ta’minlashda juda ham sodda elementar “stimul-reaksiya” tipidagi fiziologik mexanizm ham, nutq faoliyatining yuksak formalari uchun nutq vositasi bilan fikr bayon qilishning ichlan programmalashtirish mexanizmlari uchun xarakterli va ierarxik tuzilishiga ega bo‘lgan maxsus mexanizmlar ham qatnashadilar.
Psixologiya, psixofiziologiya, psixolingvistika fanlarida to‘plangan nazariy va amaliy materiallar tahliliga ko‘ra, akustik nutq signallari murakkab muvofiqlashgan harakatlarning natijasida namoyon bo‘luvchi majmuaviy holatlarning birlashuvi nutq apparati deb ataladi.
Odatda o‘pka va nafas olish tana a’zolarning muskul harakatlari bosimning oshishini va havo oqimlarining (ichki va tashqi) nutq aktida artikulyatorlar qatnashishini uzluksiz ravishda ta’minlab turadi.
Nutqni vujudga keltiruvchi umumiy apparat sxemasi uchta jihatni o‘zida aks ettiradi.
I. Nutqning anatomik tasviri:
1. Ko‘krak qafasi.
2. O‘pka.
3. Traxeya.
4. Ovoz paychalari (aloqalari).
5. Tomoq trubkasi.
6. Halqum bo‘shlig‘i.
7. Tanglay pardasi.
8. Og‘iz bo‘shlig‘i.
9. Burun bo‘shlig‘i.
II. Nutqning funksional elementlari:
1. Nafas olish tomirlari, muskullarining kuchi.
2. O‘pka sig‘imi.
3. Traxeya harakati.
4. Ovoz paychalari tebranishi yoki harakati.
5. Tomoq trubkasining funksiyasi.
6. Halqum bo‘shlig‘ining organik vazifasi.
7. Tanglay pardasining holati (torayishi, kengayishi, shilimshiqligi).
8. Og‘iz bo‘shlig‘i (uning tarkiblari, a’zolari: tish, havo harakati, kuchaytirgich, susaytirgichlar va hokazo).
9. Burun bo‘shlig‘i va uning tarkibiy a’zolari (kataklari, tuklari, namligi, quruqligi).
10. Og‘izdan nuri (yorug‘likni) kirib kelishi, ya’ni nurlanishi.
11. Burundan nurni kirib kelishi.
12. Og‘iz va burundan havo oqimining kirishi.
13. Ichki tana a’zolaridan havo oqimining chiqib ketishi.
Akustik tebranishning qo‘zg‘atuvchi mexanizmlari tomoq faoliyati, shovqin va impulsiv, ya’ni ixtiyorsiz qo‘zg‘atish, tovushlarining paydo bo‘lishi, havo oqimining (massasining) tor oralig‘idan o‘tishi, nutq aktining ayrim o‘rinlari bilan uzviy aloqadordirlar. Akustika yunoncha “acustika”, ya’ni eshituv, tovush nazariyasi demakdir. CHastotali filtratsiya akustika manbasi bo‘lib hisoblanadi.
|
| |