• 2.Temperament turlari
  • -m u v o z a n a t l a sh g a n l i k




    Download 43,37 Mb.
    bet191/201
    Sana20.06.2024
    Hajmi43,37 Mb.
    #264727
    1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   201
    Bog'liq
    «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasi

    -m u v o z a n a t l a sh g a n l i k, ya’ni asabdagi tormozlanish va ko‘zgalish jarayonlarining o‘zaro mutonosibligi, shunga ko‘ra, o‘zini tuta olish, bosiqlik kabi sifatlar va ularga teskari sifatlarning namoyon bo‘lishi;
    -h a r a k a t ch a n l i k, ya’ni ko‘g‘alish va tormozlanish jarayonlaridagi o‘zaro almashinish jarayonining tezligi va harakatchanligi ma’nosida. Quyidagi rasmda nerv jarayonlari bilan temperament tiplari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik asosida temperament tiplari aks ettirilgan.
    Shunday qilib, asab tizimi bilan bog‘liq individual sifatlarni bilish shart, chunki ular bevosita mehnat va o‘qish jarayonlarini har bir inson tomonidan, uning manfaatlariga mos tarzda tashkil etishga xizmat qiladi. Asabga bog‘liq bo‘lgan tabiiy xususiyatlarmizni ham umuman o‘zgarmas deb aytolmaymiz, chunki tabiatda o‘zgarmaydigan narsaning o‘zi yo‘q. Shuning uchun ham oxirgi yillarda o‘tkazilayotgan tadqiqotlarda shaxs tizimida shunday ma’kul, «hayotiy ko‘rsatgichli» xususiyatlar tizimini o‘rganilmoqda va unda temperamentga aloqador sifatlar ham nazarda tutilmoqda. Masalan, V.S. Merlin temperamentning psixologik tasnifi va ularning hayotiy vaziyatlarda namoyon bo‘lishini boshqarish masalasida ko‘p ishlar qilgan. Uning fikricha, insonda mavjud bo‘lgan faollik, bosiqlik, emotsional tetiklik, hissiyotlarning tezda namoyon bo‘lishi va o‘zgaruvchanligi, kayfiyatning turg‘unligi, behalovatlilik, ishchanlik, yangi ishga kirishib ketish, malakalarning tez hosil bo‘lishi kabi qator sifatlar asosida shaxsdagi o‘sha ekstroversiya va introversiya xossalari yotadi va ularni ham o‘zgartirish va shu orqali temperamentni boshqarish mumkin.
    2.Temperament turlari
    Temperament tipologiyasi mabodo insonlar temperamentlari bo‘yicha qiyoslansa, u holda uning xususiyatlari jihatidan o‘zaro o‘xshash shaxslarning guruhi mavjudligi namoyon bo‘ladi. Bu asnoda eramizdan oldingi davrda ham temperament tiplari to‘g‘risida materiallar to‘plangan. Ularda temperament tipi deyilganda, insonlarning muayyan guruhlarini tavsiflovchi psixik xususiyatlarning yig‘indisi (majmuasi) anglashinilgan. Hozirgi davrda temperament tipi deganda, ma’lum insonlar guruhi uchun umumiy bo‘lgan xususiyatlarning sodda majmuasi emas, balki mazkur xususiyatlarining qonuniy, zaruriy o‘zaro bog‘liqligi tushuniladi. Temperament tipini tavsiflovchi xususiyatlarning qonuniy tarzda o‘zaro bog‘liqligi turlicha aks etishi mumkin. Temperamentning ayrim xususiyatlarini u yoki bu tashqi ko‘rinishiga qarab o‘lchash mukin. Shaxsning shiddatlik (tezlik, impulsivlik) darajasini ikkita xarakatdan bittasini tanlanmaydigan xarakatga nisbatan qancha vaqt mobaynida qaror chiqarishga qarab aniqlash mumkin. Agar ushbu yo‘sinda temperamentning bir nechta xususiyatlari o‘lchansa, u xolda uning bir xususiyati qancha ko‘p miqdorda ifodalansa temperamentning boshqa xususiyatining shuncha ko‘p yoki, aksincha oz aks ettishi kuzatiladi.
    Har qaysi tip uchun o‘ziga xos xususiyatlarining o‘zaro aloqasi, xar bir alohida xususiyatning sifat tavsifi temperament tipining boshqa xususiyatlari bilan bog‘liqligi ham aks etadi. Masalan, o‘zini tuta bilmaslik yoki o‘zini tuta bilish temperamentning bitta tipi uchun: a) extiroslik shiddat, b) jazava va jarajadagi munozanatsizlikdir; bir xil tip uchun o‘zini tuta bilish-emotsional-irodaviy bir meyorda tutish bo‘lsa, boshqa uchun u ulug‘vorlik va vazminlik namunasidir.
    Temperament tiplarini psixik xususiyatlar o‘rtasidagi qonuniy munosabatlar tarzida tushunish Gippokrat tomonidan talqin qilingan temperament tug‘risida tushuncha ma’nosiga mos tushadi. Lekin u ushbu tushunchani yunoncha krasis so‘zi bilan belgilangan va u latincha temperament atamasiga mos bo‘lib, nisbatan, munosabat degan ma’noni anglatadi. Nerv tizimsining umumiy tiplari bilan fiziologik jihatdan temperament tiplari I. P. Pavlovdan keyin gippokrat tiplari, ya’ni sangvinik, xolerik, flegmatik, melanxolik deb atala boshlangan. Lekin bu tushunchalar hozirgi zamon psixologik ma’lumotlar munosabati bilan yangicha mazmun va mohiyat kasb etgan. Shu boisdan nerv tizimsining to‘rtta tipi temperamentning to‘rtta tipiga bog‘liq deb e’tirof etishimizga haqqimiz yo‘q, chunki ular gippokratcha tiplarning ayrimlari, xolos. Shuning uchun yangi omillar mazkur tiplarning psixologik tavsifini qayta tahlil qilishni taqozo etadi.
    Tempirament tiplarining psixologik tavsifi quyidagi muhim xususiyatlar yordami bilan aniqlanishi mumkin:
    1. Senzitivlik (lotincha sensus sezish, his qilish degan ma’no anglatadi). Senzitivlik yuzasidaninsonda bironta psixik reaksiyani hosil qilish uchun zarur bo‘lgan o‘ta kuchsiz tashqi taassurot kuchiga qarab mulohaza yuritiladi jumladan, sezgilarning paydo bo‘lishi uchun kerak qo‘zg‘ovchining ozgina kuchi (ularning quyi chegarasi), ehtiyojlar qondirilmasligining sezilar-sezilmas darajasi (shaxsga ruhiy azob beruvchi) mujassamlashadi.
    2. Reaktivlik. Bu to‘g‘rida aynan bir xil kuch bilan ta’sir etuvchi tashqi va ichki taassurotlarga shaxs qanday kuch bilan emoksional reaksis qilishiga qarab munosabat bildiriladi. Reaktivlikning yorqin ro‘yobga chiqishi –emotsionallik, ta’sirlanuvchanlik ifodalanishidir.
    3. Faollik. Bu borada inson qanday faollik darajasi bilan tashqi olamga ta’sir etishi va maqsadlarni amalga oshirishda ob’ektiv hamda sub’ektiv qarama-qarshiliklarni faollik bilan engishiga qarab fikr yuritiladi.
    1. Reaktivlik bilan faollikning o‘zaro munosabati. Odamning faoliyati ko‘p jihatdan nimaga bog‘liqligiga binoan, chunonchi tasodifiy tarzdagi tashqi va ichki sharoitlarda (kayfiyatga, favquloddagi hodisalarga) yoki maqsadlarga, ezgu niyatlarga, xohish-intilishlarga ko‘ra fikr bildirish nazarda tutiladi.
    2. Reaksiya tempi. Turli xususiyatli psixik reaksiyalar va jarayonlarning kechishi tezligiga, binobarin, harakat tezligiga, nutq sur’atiga, farosatlilikka, aql tezligiga asoslanib xulosa chiqariladi.
    3. Harakatlarning silliqligi va unga qarama-qarshi sifat rigidlik (qotib qolganlik). shaxsning o‘zgaruvchan tashqi taassurotlarga qanchalik engillik va chaqqonlik bilan muvofiqlashishiga (silliqlik bilan moslashishga), shuningdek, uning xatti-harakatlari qanchalik sust va zaifligi (rigidligi-qotib qolganligi) nisbatan baho berishdan iboratdir.
    4. Ekstraverovanlik va intravertirovanlik. Shaxsning faoliyati va reaksiya ko‘p jihatdan nimalarga bog‘liqligiga, chunonchi favquloddagi tashqi taassurotlarga (ekstravertirovanlik) yoki, aksincha, timsollarga, tasavvurlarga, o‘tish hamda kelajak bilan uyg‘unlashgan mulohazalarga (introvertirovanlik) taalluqligiga asoslangan holda munosabat ifodasidir.

    Download 43,37 Mb.
    1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   201




    Download 43,37 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -m u v o z a n a t l a sh g a n l i k

    Download 43,37 Mb.