• 3.Kasbni egallashda temperamentning roli
  • -rasm Flegmatik temperamenti




    Download 43,37 Mb.
    bet193/201
    Sana20.06.2024
    Hajmi43,37 Mb.
    #264727
    1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   201
    Bog'liq
    «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasi

    81-rasm Flegmatik temperamenti
    Melanxolik-sentizivligi yuksak. Tortinchoq, g‘ayratsiz. Arazchan, xafaxon. Jimgina yig‘laydi, kam kuladi. Qat’iyligi va mustaqilligi zaif. Tez toladi. Ortiqcha ishchan emas. Diqqati barqaror. His-tuyg‘usi sust o‘zgaradi. Qotib qolgan (rigid). Interavertlashgan.


    3.Kasbni egallashda temperamentning roli
    Psixologik ma’lumotlar etirof etilishicha, irsiyat va turmush sharoitlari temperament tiplari o‘rtasidagi tafovutlarining sababchisidir. Shuning uchun irsiy fiziologik xususiyatlari bir xil va bitta tuxumdan yaralgan (gomozigot) egizaklarning temperament xususiyatlarini ikkita tuximdan vujudga kelgan (geterozigot) egizaklarning temperament xususiyatlari bilan qiyoslansa, bu omil tasdiqlanishi mumkin. Ma’lumotlarga qaraganda, geterozigot egizaklardan farqli o‘laroq, gomozigot egizaklar temperament xususiyatlari shunchalik o‘xshashki, hatto ular irsiyat yo‘li bilan berilgan omillarini 85% tasdiqlash imkoniyatiga ega. Tarbiyaviy muhit turlicha bo‘lishiga qaramay, o‘xshashlik saqlanib qolishi tajribalarda ko‘p marta tekshirilgan. Lekin temperamentning ayrim xususiyatlari o‘zgarishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar inkor etilmaydi, unga favquloddagi tashqi hamda ichki sharoitlar keskin ta’sir o‘tkazadi (masalan, tog‘ sharoiti, xavf-xatar mavjudligi va hokazo).
    Shuni esda saqlash joizki, tempearment ayrim xususiyatlarning turmushi sharoiti bilan tarbiyaviy ta’sirida o‘zgarishi jarayoni temperament tiplarining takkomilashtiruvidan farqlay olish shart. Ma’lumki, temperament tipi unga mutanosib xususiyatlari birdaniga paydo bo‘lgan narsa emas, chunki nerv tizimining takomillashuvi umumiy qonuniyatlari temperamentga ham ta’sir o‘tkazib, o‘z izmini qoldiradi. Shaxsning kamolotigabinoan, temperament xususiyatlari nerv tizimining takomillashuvi bilan bog‘liq razda ro‘yobga chiqa boradi va mazkur jarayon temperament rivojini uzil-kesil hal qiladi.
    Shuni ta’kidlash o‘rinliki, temperamentni faoliyat talablariga moslashtirish (muvofiqlashtirish) imkoniyati mavjuddir. Chunki har qanday faoliyat psixik jarayonlari dinamikasiga muayyan talablar tizimini qo‘yadi. Chunonchi: 1) kasb-hunarlarning insonlar temperamentiga mos turini tanlash kerak, chunki ularning psixik xususiyatlariga mutanosib kasbni tanlash professinal tanlash deyiladi; 2) shaxslarning individual xususiyatlarini hisobga olish joiz; 3) temperamentga xos kamchiliklarni (salbiy illatlarni) bartaraf etish lozim; 4) insonlarda individual uslubni shakllantirish zarur. Shaxsning faoliyatiga ongli, faol va ijodiy munosabatda bo‘lishi muvaffaqiyatlar garovidir.
    Faoliyatning individual uslubi insonda o‘zidan o‘zi vujudga kelmaydi, u shaxs kamolotining barcha bosqichlarida (bog‘cha yoshidan e’tiboran to kasbiy mahorat egallangunga qadar) shakllanib boradi. Insonning temperamentini faoliyatning zarur talablariga moslashtirish orqali unda individual uslub tarkib toptiriladi. Xuddi shu boisdan, faoliyatning individual uslubiy deyilganida, shaxs uchun o‘ziga xos va muvaffaqiyatga erishishning maqsadga muvofiq yo‘llari individual tizimi tushuniladi.
    Shulardan kelib chiqqan xolda shaxsning mehnat qilish uslubini tanlash va professional mahoratni ustirishda ayni shularga e’tibor berish kerak. Masalan, ba’zilar xoleriklarga o‘xshash qiziqkon, tezkor bo‘lishadi. Uning mehnat jarayonidagi ishini kuzatadigan bo‘lsak, faollik, ishni tez bajarishga layoqat ijobiy bo‘lsa, uning sifati, chala tashlab ketish havfi, ba’zi tomonlariga yuzaki qarashi kishini uylantiradi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, hayotda sof temperament ham bo‘lmaydi va u yoki bu temperament tipi juda yaxshi ham emas. har bir tipning o‘ziga xos nozik, kuchsiz tomonlari va shu bilan birga kuchli, ijobiy tomonlari ham bo‘ladi.
    Psixologiya fanida bu sohada muayyan ilmiy izlanishlar olib borilgan, o‘ziga xos yondashishlar amalga oshirilgan. B.V.Kulaginning fikricha, kasbni egallash deganda odamning individual xususiyatlarini tadqiq etish va baholash maqsadida kasbga saralash, kasb tanlashga yo‘naltirish, nomzodlarni (da’vogarlarni) ixtisoslikka oqilona taqsimlash, kasbiy tayyorgarlikni takomillashtirish, kasbiy faoliyatni optimallashtirishning amaliy masalalari tizimini echish tushuniladi.
    Individuallikning mohiyatini tushunishga umumiy yondashish kasbga saralash muammosini hal qilishda bevosita ahamiyatga ega. Ma’lumki, kasbga layoqatlilikni tashxis (diagnoz) qilish insonning kasbiy xislatlarini hisobga olishga asoslanadi. Mazkur jarayonda qiyosiy tahlil orqali shaxsning xususiyatlari ko‘rsatkichlari bilan kasbiy faoliyat muvaffaqiyatining mustaqil mezoni darajalari aniqlanadi. Hozirgi zamon psixologiyasining ma’lumotlariga qaraganda, tashxis (diagnoz) qilish modeli muayyan matematik algoritmga asoslanadi. Guruh uchun o‘rtamiyona shaxs imkoniyati tanlanganligi faqat statistik samaraga ega, xolos. Bunday model tashxis (diagnoz) qilishda cheklanganlikka ega bo‘lib, tashxisning mutlaq aniqlik darajasidan quyiroqdir.
    Kasbiy faoliyatni tahlil qilmasdan turib, professional psixodiagnostika (kasbiy psixologik) muammolarini hal qilish mumkin emas, ya’ni professiografiya mohiyatiga va uning tuzilishiga e’tibor qilish zarur. Faqat shundagina faoliyatli yondashuv amalga oshirilib, uning harakatlari va operatsiyalari testlar yordamida baholanishi mumkin. Chunki harakatlar, operatsiyalar mazkur faoliyatning tarkibini tashkil qiladi, ularning qiyosiy tavsifini egallash jarayonini osonlashtiradi, unga layoqatli odamlarni tanlashga negiz yaratadi. kaoliyat samaradorligini tashxis qilish va baholash uchun testlarni saralash, asoslash uning muvaffaqiyati o‘lchovi, mezonini aniqlashga imkon beradi. Professiografiya, (professiogramma) natijalarini umumlashtirish natijasida kasblarni tasniflash (klassifikatsiyalash) imkoni vujudga keladi.
    Kasbiy faoliyatning tahlili maqsadga yo‘naltirilgan va tashkiliy jarayon hisoblanib, u uch bosqichdan tashkil topgan bo‘ladi: a) kasbiy faoliyat yuzasidan ma’lumotlar to‘plash; b) olingan ma’lumot va axborotlarni qayta ishlab chiqish hamda umumlashtirish, ularning negizida professiogramma tuzish; v) amaliy va nazariy masalalarni echish uchun professiogrammadan foydalanish (kasbiy faoliyat muvaffaqiyatini ta’minlovchi mezonlar tanlash, uni baholash (tashxis qilish) uchun testlar saralash, kasblarni tasniflash va boshqalar).
    Kasbiy faoliyat yuzasidan ma’lumotlar (axborotlar) turli manbalardan olinishi mumkin:
    1. Muayyan mutaxassislarning kasbiy faoliyatini kuzatish katta ahamiyat kasb etadi.
    2. Kasbiy faoliyat to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plashning asosiy metodlaridan biri bo‘lib suhbat – intervyu hisoblanadi. Mutaxassislar bilan standart yoki nostandart tarzda intervyu uyushtirish samarali natija beradi.
    3. Ba’zan kasbiy faoliyatning u yoki bu qirralari (jabhalari)ni qayd qiluvchi kundaliklar yoki varaqlardan ham foydalaniladi.
    4. Kasb – hunar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (axborotlar) umumlashtiriladi va har xil shakllarda mutaxassislar hukmiga havola qilinadi.
    Kasbiy faoliyat shaxsning munosabat va motivlaridan iborat bo‘lib, harakatlar va operatsiyalarni nazorat qilish hamda boshqarishni qamrab oladi. Faoliyatning dinamik xususiyatlarini o‘rganish uchun unga ko‘pyoqlama yondashishni amalga oshirish zarur. Faqat motivatsion va regulyativ jabhalarini hisobga olish bilan kasbiy faoliyat mohiyatini tavsiflab bo‘lmaydi, modomiki shunday ekan, uning shaxsga oid, emotsional, kognitiv va operatsional, irodaviy jihatlar bilan bog‘liq tomonlarini ham tadqiqot predmetiga kiritish lozim.
    Kasbiy faoliyat muvaffaqiyatini ta’minlovchi mezonlar sifatida shaxsning maqsadga erishuvini tavsiflovchi har xil ko‘rsatkichlardan foydalanish mumkin. Mezonlar tariqasida kasbiy bilimlarga va malakalarga nisbatan uquvchanlik, mutaxassis faoliyatining bevosita va bilvosita ko‘rsatkichlari uning hamkorlik faoliyatiga qo‘shgan hissasi qo‘llaniladi. Kasbiy faoliyat muvaffaqiyati mezonlari qatoriga quyidagilar kiritiladi:
    1) Samaradorlikning to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatkichlari: sifat, ishlab chiqarish salmog‘i;
    2) Kasbiy tayyorgarlikni aniqlovchi testlar;
    3) Kasbiy layoqatini ifodalovchi ma’muriy tadbir va choralar: intizomga taalluqli choralar, mukofotlash, xizmat lavozimidan ko‘tarilish, safarga yuborish, namuna tariqasida stendga joylashtirish;
    4) Kadrlar qo‘nimsizligi;
    5) Noxush holatlar (kechinmalar) va shikastlar (halokatlar);
    6) Faoliyat samaradorligini eksperimental tekshirish va o‘zini o‘zi baholash kabilar.
    Yuqorida bayon qilingan mezonlar ma’lum talablarga javob berishi shart. Mezonlarning relevantlikligi (adekvatligi, validligi) deganda samaradorlik ko‘rsatkichi sifatida muhim ahamiyat kasb etishi tushuniladi.
    Tanlab olingan mezonlar kasbiy faoliyatning barcha nufuzli tomonlarini aks ettirish lozimligi, ya’ni mezonlar to‘laqonligi. Ular mutaxassislarning kasbiy layoqatining yuksakligi va quyidagi darajalarini farqlashga xizmat qilishi joiz (mezonlar diskriminativligi). Mezonlar xislatini ochishga yordam beruvchi uning omilkorligi, ya’ni amaliy jihatdan qulayligi muhim o‘rin egallaydi va u o‘zining soddaligi, kam mehnat talab qilishligi bilan boshqalardan ajralib turadi.
    Kasbiy layoqatni (yarog‘lilikni) aniqlashda odatda nazorat, sinash natijalari qo‘llaniladi (masalan, duradgorning ish sifati, tezkorligi, vaziyatni payqashligi va boshqalar). Ko‘pincha mutaxassisning layoqati ma’muriy hujjatlarda o‘z ifodasini topadi (muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligi qayd qilinadi). Ba’zan kasbiy layoqatni o‘rganishda baxtsiz hodisalar (haydovchi, uchuvchi, mashinist, operator va boshqa kasb egalarida) hisobga olinadi va shaxsning individual xususiyatlari baholanadi.
    Kasbiy layoqatni aniqlashda uquvchanlik kategoriyasidan (bilim olishga nisbatan zehnlilik) foydalaniladi va o‘zlashtirish tezligi, kasbiy tayyorgarligi, erishgan natijasi mezon rolini o‘ynaydi.
    Psixologiya fanida kasbiy muvaffaqiyat, mahoratning qirralari ekspert baholash metodi yordami bilan o‘lchanadi. Buning uchun balli shkala, juft (qo‘sh) taqqoslash, tartibga keltirish (ranjirovka qilish) metodlari qo‘llaniladi.
    SHkalaning sodda ko‘rinishi ball bilan baholashga mo‘ljallangan. SHkalani baholash o‘ziga 5 tadan 7 tagacha gradatsiyani qamrab oladi. Miqdorning kamligi uning differensiatsiyasini yanada kuchaytiradi, farqlar aniqligini ta’minlaydi.
    Ba’zi hollarda balli baholash grafik shkala tarzida ham uchraydi (kesma, shakl, parametrik ko‘rinishi va hokazo). Lekin balli shkala kasbiy muvaffaqiyatni baholashda ayrim nuqsonlarga ham ega. Ayniqsa, chet el psixologiyasida qo‘llanilib kelinayotgan «galo-effekt» metodikasi bunga yaqqol misoldir. Baholanuvchi bilan baholovchi munosabati bir nechta mustaqil shkalalar negizida umumiylikka bog‘liq tarzda baholanadi. Natijada shaxsning xilma-xil xususiyatlarini differensiyalash imkoni yo‘qoladi, yuzaki baholanish jarayoni yuzaga keladi. Buning oqibatida orttirilgan va pasaytirilgan baholash tiplari, ko‘rinishlari namoyon bo‘ladi.
    Ammo, balli shkala baholash tizimini takomillashtirish uchun uning barcha bosqichlardan, tarkiblardan tuzish ma’qul. Faqat shundagina yaqqol misollar, namunalar negizida kasbiy faoliyatning turlicha samaradorligi namoyon bo‘ladi.
    Jahon psixologiyasida keng qo‘llanilib kelinayotgan metodlardan biri – bu kritik insidentdir. Muayyan o‘lchamlarga asoslangan holda ajratilgan insidentlar tasniflanadi (klassifikatsiya qilinadi), ya’ni tahlil qilish orqali insident xususiyati aniqlanadi. Ikkinchi bosqichda (u «pretranslyasiya» deb ataladi) birinchi bosqichdagi mezonlarga asoslanib yangitdan tasnif qilinadi.
    Kasbiy layoqatni o‘rganishning yana bir metodi tartibga keltirish (ranjirovka qilish) deyiladi. Har xil vaziyatlarda kuzatilgan shaxslar kasbiy layoqati darajasiga qarab muayyan tartibga solish, jihozlash mumkin. Birinchi rang darajasiga kiritish uchun kasb sub’ekti kasbiy mahoratning maksimal ko‘rsatkichini namoyish qilishi lozim. Kamroq muvaffaqiyatga erishsa, u navbatdagi rangga o‘tkaziladi.



    Download 43,37 Mb.
    1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   201




    Download 43,37 Mb.