• 23-mavzu. Temperament va kasbni egallash masalalari Reja
  • 1.Individual–tipologik xususiyatlar klassifikatsiyasi.
  • «servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi




    Download 43,37 Mb.
    bet189/201
    Sana20.06.2024
    Hajmi43,37 Mb.
    #264727
    1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   201
    Bog'liq
    «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasi

    Nazorat savollari
    1. Nutq va kasb deganda nimani tushunasiz?
    2. Nutq faoliyatining fiziologik mexanizmlarini izohlang?
    3. Noverbal nutq turinitasvirlang?
    4. Verbal nutq turkumini aks ettiring?
    5. Kasbiy-pedagogik muloqot uslubi va uning turlarini gapiring?.
    6. Kasbiy-pedagogik muloqot texnikasi va treningini tushuntiring?


    23-mavzu. Temperament va kasbni egallash masalalari
    Reja:
    1. Individual –tipologik xususiyatlar klassifikatsiyasi.
    2. Temperament turlari
    4. Kasbni egallashda temperamentning roli


    Tayanch iboralar: temperament, tipologiya, nerv jarayonlari, individual qarqlar, temperament turlari, fiziologik asoslari,


    1.Individual–tipologik xususiyatlar klassifikatsiyasi.
    Shaxsning individual xususiyatlari haqida gap ketganda, ularning tug‘ma, biologik xususiyatlariga alohida e’tibor beriladi. Chunki aslida bir tomondan shaxs ijtimoiy mavjudot bo‘lsa, ikkinchi tomondan - biologik yaxlitlik, tug‘ma sifatlarni o‘zichiga olgan substrat - individ hamdir. Temperament va layoqatlar individning dinamik - o‘zgaruvchan psixik faoliyati jarayonini ta’minlovchi sifatlarini o‘zichiga oladi. Bu sifatlarning ahamiyati shundaki, ular shaxsda keyin ontogenetik taraqqiyot jarayonida shakllanadigan boshqa xususiyatlarga asos bo‘ladi.
    Temperament va faoliyatning individual xususiyatlari.
    Insonning ruhiy olami beto‘xtov harakatlar majmuasidan iborat bo‘lib, biri ikkinchisini bevosita taqozo etadi va ular uzluksiz zanjir tizimiga o‘xshash tarzda hukm suradi. Xuddi shu bois shaxs ruhiyatida tashqi atrof-muhit to‘g‘risidagi taassurotlar, o‘tmish xotiralari, kelajak yuzasidan ijodiy xayollar, ezgu niyatlar, xohish istaklar, maqsad va tilaklar, mulohaza, fikr va muammo, hissiy kechinmalar, irodaviy sifatlar uzluksiz tarzda o‘zaro o‘rin almashtirib turishi evaziga ontogenetik dunyoga mustahkam negiz hozirlanadi. Ruhiy olam kechishi, uning sur’ati, mazmuni, shakli qo‘lami, xususiyati, xislati, sifati, mexanizmi alohida, yakkahol insonda rang-barang tarzda namoyon bo‘lishi kuzatiladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, insonlar tabiat hodisalariga, omillariga, ta’sir kuchlariga tez yoki sekin, engil yoki mushkulot bilan javob qaytarishga moyillik ko‘rsatadilar.
    Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, psixik faoliyatning dinomikasi nafaqat temperamentga, balki motivlarga, psixik holatlarga, his-tuyg‘ularga ham bevosita bog‘liqdir. Misol uchun, inson o‘zi temperamentning qaysi tiliga taalluqli bo‘lishidan qat’i nazar, o‘z faoliyatiga layoqatli, mayli kuchli, intilishi qat’iy, qiziquvchan bo‘lsa, uni tashkillashtirishda va nazardan qolishda uyushqoqlik, harakat sur’ati esa tezkor amalga oshadi, unga loqayd munosabatni bildirsa, ish sur’ati sekin va sust kechadi. Har qanday vaziyatga qaramasdan, shaxsning qarindosh urug‘lari to‘g‘risidagi, shuningdek, jahonda kechayotgan noxush xabarlar uning a’zoyi badanini larzaga keltiradi, labi quridi, rangi bo‘zaradi, atrof-muhitga nisbatan mo‘ljalini yo‘qotadi. Psixologiyada temperamentga taalluqli individual dinomik xususiyatlar bilan motivlar va psixologik holatlar, hissiy kechinmalarning dinamik xususiyatlari o‘rtasida muayyan darajada tafovut mavjudligi alohida ta’kidlanadi. Ular orasidagi farqlarni ajratib ko‘rsatish maqsadida qo‘shimcha belgilar kiritiladi va o‘ziga xos tarzda tavsiflab beriladi. Ularning ayrimlarini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq.
    1. Favqulodda temperamentning bir xil xususiyatlari, motiv, psixik holat va hodisalardan farqli o‘laroq, aynan shu shaxsning o‘zida, uning turli faoliyatlarida, xatti-harakatlarida, muomalasida ifodalanadi.
    2. Temperament xususiyatlari tabiiy shartlanganlik omiliga taalluqli bo‘lganligi tufayli inson hayoti va faoliyatining (umrining) butun davomida yoki uning muayyan bir bo‘lagida (ta’sirga beriluvchanligi sababligidan qat’i nazar) barqaror, o‘zgarmas va mustahkamdir.
    3. Yakkahol shaxsga daxldor temperamentning turli xususiyatlari o‘zaro bir-biri bilan g‘ayriqonuniy ravishda birlashgan bo‘lmasdan, balki ular o‘zaro bir-biri muayyan qonuniyat asosida mujassamlashib, xuddi shu xususiyatlar uning tiplarini tavsiflovchi o‘ziga xos tizilmani vujudga keltiradi.
    4. Psixologiya fanida temperament xususiyatlari deganda, alohida bir shaxsning psixik faoliyati dinomikasini belgilovchi psixikaning barqaror, o‘zgarmas individual-tipologik xususiyatlari majmuasi tushuniladi. Mazkur xususiyatlar turli shakl va mazmunga ega ega bo‘lgan motivlarda, psixik holatlarda, maqsadlarda, faoliyatlarda nisbatan o‘zgarmovchi, temperament tipini tasvirlovchi tuzilmani tashkil qiladi.
    5. Psixologiya faning ijtimoiy tarixiy taraqqiyoti davrida temperamentga nisbatan bildirilgan mulohazalar, uning moddiy asosi to‘g‘risidagi talqinlar xilma-xil bo‘lib, shaxsning psixologik xususiyatlarini o‘ziga xos tarzda tushuntirish uchun xizmat qilib kelgan. Temperament latincha “temperamentum” degan so‘zdan olingan bo‘lib, buning ma’nosi «aralashma» degan tushunchani anglatadi. Temperament to‘g‘risidagi dastlabki ta’limotni yunon olimi Gippokrat (eramizdan oldingi 460-356 yillarda yashagan) yaratgan bo‘lib, uning tipologiyasi to hozirgi davrgacha qo‘llanilib kelinmoqda.

    Download 43,37 Mb.
    1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   201




    Download 43,37 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi

    Download 43,37 Mb.