• Temperament - shaxs faoliyati va xulqining dinamik (o‘zgaruvchan) va emotsional - hissiy tomonlarini xarakterlovchi individual xususiyatlar majmuidir.
  • Temperamentning fiziologik asoslari to‘g‘risida tushuncha




    Download 43,37 Mb.
    bet190/201
    Sana20.06.2024
    Hajmi43,37 Mb.
    #264727
    1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   201
    Bog'liq
    «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasi

    Temperamentning fiziologik asoslari to‘g‘risida tushuncha
    Qadimgi yunon olimi Gippokrat ta’limotiga binoan, insonlarning temperament xususiyatlari jihatidan o‘zaro bir-biridan tafovutlanishi, ularning tana a’zolaridagi suyuqliklarning (xiltlarning) turlicha nisbatda joylashuviga bog‘liq ekanligi tasavvur qilinadi. Gippokrat ta’biricha, inson tanasida to‘rt xil suyuqlik (xilt) mavjud bo‘lib, ular o‘t yoki safro (yunoncha chole), qon (latincha sanguis yoki sanguinis), qora o‘t (yunoncha melas «qora», chole «o‘t»), balg‘am (yunoncha «phlegma») kabilardan iboratdir. Uning mulohasicha; 1) o‘tning xususiyatni-quruqlikdir, uning vazifasi-tana a’zolarida quruqlikni saqlab turish yoki badanni quriq tutishdir; 2) qonning xususiyati- issiqlikdir, uning vazifasi tanani isitib turishdir; 3) qora o‘tning xususiyati-namlikdir, uning vazifasi-badan namligini saqlab turishdir; 4) balg‘amning (shilimshiq moddaning) xususiyati-sovuqlikdir, uning vazifasi-badanni sovutib turishdan iboratdir. Gippokrat ta’limotiga muvofiq, har bir insonda shu to‘rt xil suyuqlik mavjud bo‘lib, uning bittasi ustuvorlik kasb etadi. Mazkur aralashma (latincha temperamentum) lardan qaysi biri salmoqliroq bo‘lsa, shunga qarab insonlar temperament jihatdan farqlanadilar, chunonchi, xolerikda sariq o‘t, sangvinikda qon, melanxolikda qora o‘t, flegmatikda balg‘am (shilimshiq modda) ustun bo‘lishi ta’kidlanadi.
    Gippokratning to‘rt xil moddalar (suyuqliklar) aralashmasi, ya’ni temperament tushunchasi va uning tipologiyasi (sangvinik, xolerik, flegmatik, melanxolik) ramziy ma’noda hozirgi zamon psixologiyasida ham qo‘llanilib kelinmoqda.
    Temperamentning ilmiy psixologik asoslari va uning fiziologik mexanizmlari keyingi ijtimoiy tarixiy taraqqiyotning bosqichlarida yaratiladi hamda bu borada ishlanilishlar davom ettirilmoqda. Temperamentning fiziologik asoslariga ulkan o‘z hissini qo‘shgan olimlardan biri rus fiziologi I. P. Pavlov (18-1936) hisoblanadi. Odam temperamentiga aloqador sifatlarning o‘ziga xosligi shundaki, ular odam bir faoliyat turidan ikkinchisiga, bir emotsional holatdan boshqasiga, bir malakalarni boshqasi bilan almashtirgan paytlarda reaksiyalarning egiluvchan va dinamikligini ta’minlaydi va shu nuqtai nazardan Temperament - shaxs faoliyati va xulqining dinamik (o‘zgaruvchan) va emotsional - hissiy tomonlarini xarakterlovchi individual xususiyatlar majmuidir.
    Temperament xususiyatlari shaxsning ichki tuzilmasi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, ularning namoyon bo‘lishi uning konkret vaziyatlarga munosabatini, ekstremal vaziyatlarda o‘zini qanday tutishini belgilab beradi. Masalan, inson turli vaziyatlarda o‘zini turlicha tutadi: oliy o‘quv yurtida talabalar safiga qabul qilganligi to‘g‘risidagi axborotni eshitgan bolaning o‘zini tutishi, yoki hayotning ogir sinovlari (yaqin kishining ulimi, ishdan haydalish, do‘stning xoinligi kabi) paytida odam beixtiyor namoyon qiladigan reaksiyalari uning temperamentidan kelib chiqadi. Shuning uchun ham ikkala vaziyatni ham kimdir og‘ir-bosiqlik bilan, boshqasi esa o‘zini yo‘qotgudek darajada his-hayajon bilan boshidan kechiradi.
    Shuning uchun ham temperamentning shaxs shakllanishi va ijtimoiy muhitda o‘ziga xos mavqeni egallashidagi ahamiyati juda katta. O‘zini bosib olgan, hayot qiyinchiliklarini sabr-bardosh bilan ko‘taradigan insonning odamlar orasidagi obro‘si ham baland bo‘ladi. Bu uning o‘z-o‘ziga nisbatan hurmatini ham oshiradi, ishga, odamlarga va narsalarga munosabatini takomillashtirib borishiga imkon beradi. Temperamentning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, u hayotiy voqealar va vaziyatlarni, jamiyatdagi ijtimoiy guruhlarni «yaxshi - yomon», «ahamiyatli - ahamiyatsiz» mezonlari asosida ajratishga imkon beradi. Ya’ni, temprament odamning ijtimoiy ob’ektlarga nisbatan «sezgirligini» tarbiyalaydi, professional mahorat va kasb malakasining oshib borishiga yordam beradi.
    Temperamental xususiyatlar aslida tug‘ma hisoblansada, shaxsga bevosita aloqador va anglanadigan bo‘lgani uchun ham ma’lum ma’noda o‘zgarib boradi. Shuning uchun ham tug‘ilgan chog‘ida sangvinikka o‘xshash harakatlar namoyon qilgan bolani umrining oxirigacha faqat shundayligicha qoladi, deb bo‘lmaydi. Demak, har bir temperament xususiyatlarini va uning shaxs tizimga aloqasini bilish va shunga yarasha xulosalar chiqarish kerak.
    Akademik I. Pavlov temperament xususiyatlarini belgilab beruvchi uch oliy nerv tizimi xossalarini ajratgan edi:
    -k u ch, ya’ni nerv tizimining kuchli ko‘zgatuvchilar ta’siriga bardoshi, shunga ko‘ra odamlardagi mehnatga yaroklilik, chidam kabi sifatlarning namoyon bo‘lishi:

    Download 43,37 Mb.
    1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   201




    Download 43,37 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Temperamentning fiziologik asoslari to‘g‘risida tushuncha

    Download 43,37 Mb.