-rasm Reorientatsion jarayon




Download 43,37 Mb.
bet198/201
Sana20.06.2024
Hajmi43,37 Mb.
#264727
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   201
Bog'liq
«servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasi

82-rasm Reorientatsion jarayon
Ishsizlik, ish o‘rnini yo‘qotish ayollarda o‘kinchli (ayanchli) his-tuyg‘ular qobig‘iga o‘ta murakkab kechadi, go‘yoki tragediya, halokat, judolik vujudga kelganda ham ekstravertlik, ham introvertlik xususiyatlari uyg‘unlashganday yuz beradi. Erkaklar esa bunday vaziyatlarga matonat bilan, iloji boricha hissiyotlarga berilmasdan, aql-zakovat maromlariga tortilganlik to‘yg‘usi ustuvorligida namoyon bo‘ladi. Erkaklarda achinish, xafaxonlik kechinmalari tarzida hukm surishi, asta-sekin uning ta’sir kuchi pasayishi kuzatiladi. Bunda insonning ruhiy kechinmalari keskin o‘zgarishining asosiy omillari sifatida uning ish davri va yoshi ijtimoiy muammo maydoniga chiqadi. Yoshning ulg‘ayishi yangi muhit, o‘zgacha sharoit, notanish jamoa va uning nufuzi kabi masalalar echimiga salbiy munosabatni keltirib chiqaradi. Mazkur ob’ektga uzoq davr mehnat faoliyatini bag‘ishlash ham frustratsiya holatini harakatlantiruvchi safida asosiy rol o‘ynashi mumkin. Xullas, har ikkala omil ham frustratsiyaning manbai vazifasini o‘taydi (bajaradi), noxush muvaqqat kechinmalar vujudga kelishi, kechishi, rivojlanishi jarayonlarini uzluksiz ravishda bajarib turadi.
Hozirgi zamon mehnat birjalarida reorientatsiya (qayta kasbga yo‘llash) ishlari olib borilishi markazlashtirilgan. maxsus xodimlar kompyuter xotirasiga joylashtirilgan shahar, tuman bo‘yicha ixtisoslar bo‘yicha yoki ixtisoslararo mutaxassislar ro‘yxati (zaruriyati, ehtiyoji, talabi) bilan ish izlab kelgan muhtoj shaxs tanishtiriladi. Aksariyat mehnat birjalarida psixologlar etishmaganligi tufayli tasodifiy xodim ish bilan ta’minlash, bo‘sh o‘rinlarni to‘ldirish bilan shug‘ullaniladi, xolos. Aslida esa bu xizmat qator omillarni tekshirish, o‘rganishni taqozo etadi, ilmiy psixologik qonuniyatlar asosida ish yuritishni talab qiladi, chunonchi:
1. Shaxsning fazilatlari, xarakterologik xislatlari.
2. Hissiy jabhalari va irodaviy sifatlari.
3. Insonning kognitiv va regulyativ imkoniyatlari.
4. Ehtiyoji, motivi, motivatsiyasi, motivirovkasi.
5. Kasbiy mayli, qiziqishi, layoqati.
6. Professiogramma talablariga mosligi, kasbiy yarog‘ligi.
7. Iqtidori (iste’dodi), qobiliyati, salohiyati.
8. Kasbiy bilimlari, ko‘nikmalari, malakalari, mahorati.
9. Umumiy saviyasi, dunyoqarashi, maslagi (e’tiqodi).
10. Salomatligi, jinsiy xususiyatlari, yoshi.
11. Izlanuvchanligi, ijodiy imkoniyatlari, innovatsiyaga nisbatan munosabati.
12. Ijtimoiy etukligi, tashkilotchilik qobiliyati.
13. Ekstravertligi va introvertligi.
14. Yuksak insoniy tuyg‘ularga (axloqiy, aqliy, nafosat, praksik) egaligi.
15. Fidoiylik, altruistik, vatanparvarlik fazilatlari ustuvorligi va boshqalar.
Yuqorida sanab o‘tilgan mezonlar bo‘yicha tekshirish ishlari bir necha metodlar, metodikalar orqali ko‘p seriyali tajribalar negizida amalga oshiriladi. Buning uchun testlardan qobiliyatga, shaxsga, ijodiyotga, xotiraga shaxslararo munosabatga (oid), maxsus ishlab chiqilgan materiallardan, maqsadli vaziyatlardan, qiyinlashtirilgan topshiriqlardan, muammolardan, psixologik treninglardan, psixodramalardan va boshqalardan foydalaniladi.
Olingan natijalar sifat va miqdor jihatdan tahlil qilingandan keyin muayyan xulosalar chiqariladi. Xulosalar asosida reorientatsiya sub’ekti roziligida ishga muhtoj shaxs taklif qilingan kasbga yo‘naltiriladi. Ish joyning masofasi, uning ekologiyasi, sangigienasi, maoshi, istiqboli, muammoli jihatlari yuzasidan mukammal fikr almashiniladi, toki shartnoma qonuniy hujjat ekanligi (qiymatiga) zarar keltirmasin (ba’zan kelishuvdan voz kechish holatlari ham yuz berib turadi).
Psixologik kuzatishlarning ko‘rsatishiga qaraganda, reorientatsiya (kasb tanlashga yo‘llash) kabi bosqichlardan tashkil topgan bo‘lib, ular qisqa fursatda (muddatda) o‘tishi bilan o‘zaro muayyan darajada tafovutlanadi. Jumladan, kasbiy maorif, kasbga yo‘llash, kasbga saralash, kasbiy moslashish tezkorlikda, mukammal, o‘ziga xos xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Ayniqsa, kasbiy moslashish davri o‘ziga xos tarzda kechadi, bir bosqich ikkinchisi bilan silliq uzviy bog‘lanib ketadi. Kasbning moddiy (iqtisodiy) tomoni, ijtimoiy faollik (nufuzga egalik), ma’naviy ta’minlanganlik (ruhiy ko‘tarinkilik hissiyotining ustuvorligi) insonning qaytatdan ijtimoiy hayotdan o‘z o‘rnini topish imkonini yaratadi, uning umrini uzaytiradi, ruhiy imkoniyatlari, zaxiralari, potensiyasi, rezervi ishga tushishiga puxta negiz hozirlaydi.
Reorientatsiya (qayta kasbga yo‘llash) gumanistik psixologiya tamoyillarini turmushga tatbiq etishga zarur shart-sharoitlar yaratadi. Inson omilini qadrlashga, butun imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga, ezgu niyat, orzu havas, istak-xohish ushalishiga negiz vujudga keltiradi. Ko‘p profilli kasb-hunar egalari safini kengaytirishga xizmat qiladi, komillikka intilish tuyg‘usini jonlantiradi, zarur bilimlar, malakalar bilan qurollantirishga turtki beradi.



Download 43,37 Mb.
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   201




Download 43,37 Mb.