• 24-mavzu. Shaxsni kasbiy kamoloti Reja
  • 1. Shaxsni kasbiy kamoloti
  • Talabalar bilimini nazorat qilish uchun savollar




    Download 43,37 Mb.
    bet194/201
    Sana20.06.2024
    Hajmi43,37 Mb.
    #264727
    1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   201
    Bog'liq
    «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasi

    Talabalar bilimini nazorat qilish uchun savollar
    1. Temperament va faoliyatning individual xususiyatlarini gapiring?
    2. Akademik I. Pavlovning oliy nerv tizimi xossalarini ajratib bering?
    3. Xarakter va shaxs deganda nimni tushunasiz?
    4. Fizionomika nima?
    5. Xiromantiya nima?
    6. Grafiologiya nima?
    7. Kasbni egallash deganda nimani tushunasiz?
    8. Kasbiy faoliyat muvaffaqiyati mezonlariga nimalar kiradi?


    24-mavzu. Shaxsni kasbiy kamoloti
    Reja:
    1.Shaxsni kasbiy kamoloti
    2.Etuklik haqida tushuncha
    3.Mehnat sub’ektining kasbiy shakllanishining omili
    Tayanch iboralar: Kasbiy kamolot, etuklik, omillar, qadriyatlar, kasbiy shakllanish, professionalizm, kompetentlik, malaka va kasbiy etuklik


    1. Shaxsni kasbiy kamoloti
    Mehnat insonning mavjudligi va taraqqiyoti uchun xizmat qiluvchi muhim shartlardan biri hisoblanadi. Mehnat ijtimoiy muhitni, sub’ektning faoliyatda shakllanishi va uning ehtiyoji, maqsadi, qadriyatlari tizimi hamda hayot mazmunini anglash vositasidir. Mehnat faoliyati jarayonida inson psixikasi namoyon bo‘ladi va rivojlanadi, shu bilan bir qatorda inson shaxs sifatida shakllanib, uning yangi qirralari ochilib boradi. Shaxs va faoliyatning murakkab hamda ko‘p qirrali aloqalari shaxsning psixik boshqaruvi, shaxs xarakterini determinatsiyalovchi funksiya va tuzilishlarning o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, faoliyatning vaqt va makon kabi boshqa maxsus tavsiflari bilan shartlangan. Bu shaxs - faoliyat tizimi munosabatlar dinamikligini ta’minlaydi, ya’ni o‘zaro ko‘nikish, shaxs komponentlari va faoliyatga adaptasiyasida namoyon bo‘ladi. Bu jarayon nafaqat shaxsning psixik komponentlarini faollashishi, faoliyat maqsadi, vazifalari va mazmunini adekvat ta’minlash tizimini shakllanishi bilan cheklanib qolmasdan, shu bilan bir qatorda shaxsning alohida sifat va o‘ziga xos jihatlarining shakllanishi bilan muvofiq ravishda kechadi.
    Shaxsning faoliyat xarakteri bilan bog‘liq ravishda rivojlanish jarayoni qator shaxsiy va faoliyat omillarini o‘ziga xosligidan kelib chiqadi. Bu taraqqiyot shaxsning aniq, tipik hayotiy va kasbiy sharoitlarda adekvat hamda ishonchli harakatlarini ta’minlashga, faoliyatni jadallashtirish uchun zarur bo‘lgan shaxs tuzilishi va barqaror sifatlarning shakllanishiga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ma’lumki, maqsadga yo‘naltirilgan xulq-atvor birinchi navbatda, kasbiy faoliyat uchun shaxs taraqqiyotini stimullashtiruvchi tashqi faoliyat va ijtimoiy omillar hamda shaxs xususiyatlarining o‘zaro ta’sirida namoyon bo‘luvchi mehnat sub’ektining sifatlar tizimini yuzaga kelishi va shakllanishi, aniq xulq-atvor va faoliyat shakllari uchun xos bo‘lgan shaxs xususiyatlarini shakllanish vaziyatlari bilan tavsiflanadi. Shu bilan bir vaqtda, shaxsni faoliyatga jalb qilinganligi, uning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga bo‘lgan ustanovkalari, sub’ektning mehnat jarayoniga shaxsning psixologik xususiyatlari orqali aniqlanuvchi yuqori imkoniyatlarni tadbiq qilish malakasi va mazmuniga moslashishi, ko‘nikishiga intilishi bilan bog‘liqdir.
    Shaxs va faoliyatning o‘zaro aloqasi va o‘zaro ta’siri jarayoni dinamik xarakterga ega bo‘lib, bu jarayon psixologiyada mutaxassis shaxsini shakllanishi muammosi doirasida o‘rganilgan (Bodrov,1991; Zeer, 2003; Klimov, 1986, 1996; Kondakov, Suxarev, 1989; Kudryavsev, 1981, 1985; Kudryavsev, SHegurov, 1983; Povarenkov, 1989; Rean, 2003; Safin, Nikov, 1984 va boshqalar). Bu muammoni o‘rganishning muhim nuqtasi “professional (mutaxassis)”, “professionalizatsiya (kasbiy shakllanish)”, “professionalizm”, “kompetentlik”, “malaka” va “kasbiy etuklik” tushunchalari hisoblanadi. Ma’lumki, oxirgi tushuncha (“kasbiy etuklik”) mehnat sub’ektining muhim xususiyatlaridan biri hisoblanib, u mutaxassisning shakllanish (professionalizasiya) jarayoni va uning natijasi (“professionalizm”, “kompetentlik”, “malaka”) sifatida namoyon bo‘ladi.
    «Kasbiy etuklik» tushunchasining mohiyati qator jahon psixologlarining (Derkach, 2002; Derkach, Zazikin, 1998; Zeer, 2003; Noskova, 2000; Povarenkov, 1999; Rean, 2003; Tolochek, 2005) tadqiqotlarida o‘rganilgan, lekin mehnat sub’ektining bu xususiyatlarini shakllanish jarayoni, uning kasbiy faoliyatda namoyon bo‘lishini o‘ziga xos jihatlari va mutaxassis shaxsini shakllanishining boshqa komponentlar bilan o‘zaro aloqasining xarakterli tomonlari hali etarlicha o‘rganilmagan. “Shaxs etukligi” tushunchasi yuqori darajada shaxsiy, psixologik, ijtimoiy va kasbiy rivojlanganlik bilan tavsiflanib, uning tashqi voqelikka nisbatan adekvat munosabatida, ma’naviy-axloqiy, etnik, madaniy, kasbiy va boshqa me’yorlarni o‘zlashtirishi hamda jamiyatdagi xulq-atvor me’yorlari, muloqot va ong, pozitiv motivlarning namoyon bo‘lishida, qadriyatlar tizimi, mazmuni hamda organizm va psixikaning funksional resurslarida aks etadi. Bu tushuncha shaxsning individ, shaxs, mehnat sub’ekti sifatidagi taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlariga asoslangan aniq bir yosh davrini tavsifnomasi uchun keng qo‘llaniladi.



    Download 43,37 Mb.
    1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   201




    Download 43,37 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Talabalar bilimini nazorat qilish uchun savollar

    Download 43,37 Mb.