• To‘rta asosiy psixik funksiyaga e’tibor qaratdi
  • K.Yung va A.Adlerlarning. Shaxs strukturasi bo‘yicha nazariyalari




    Download 43,37 Mb.
    bet69/201
    Sana20.06.2024
    Hajmi43,37 Mb.
    #264727
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   201
    Bog'liq
    «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasi

    2. K.Yung va A.Adlerlarning. Shaxs strukturasi bo‘yicha nazariyalari
    K.Yung va uning Analitik psixologiyasi
    Freydning izdoshlari sifatida faoliyat olib borgan olimlardan biri K.Yung. Yungning shaxs muammosiga doir yondashuvi Analitik psixologiya deb nomlanib, u o‘ziga xos yondashuvni ifoda etadi.
    Shaxs tipologiyasiga doir yondashuvi:
    Ekstraversiya – «ichkaridan tashqariga yo‘naltirilgan» degan ma’noni anglatib, bu tipga moyil shaxslar ko‘proq odamlar ichida bo‘lishni yoqtirishadi, o‘z kechinmalarini ko‘proq atrofdagilar bilan baham ko‘radi. Muloqotga kirishuvchan, tanishlari doirasi keng. Ba’zi hollarda jiddiylik etishmaydi. Odamlarni tez ishonchini qozona oladi va shuningdek, tez xafa qilishga ham moyil.
    Introversiya-«tashqaridan ichkariga yo‘naltirilgan» degan ma’noni anglatib, bu tipga xos shaxslar og‘ir, vazmin, ko‘ngli nozik, beparvo, do‘stlik qoidalari qat’iy amal qiladigan. Muloqot doiralar cheklangan, tortinchoq, ko‘proq o‘zlarining ichki dunyolari bilan band va yolg‘izlikni yoqtiradigan.
    Psixik funksiyalar
    To‘rta asosiy psixik funksiyaga e’tibor qaratdi:
     Tafakkur-ratsional.
     Hissiyot-ratsional.
     Sezgi –irratsional.
     Intuitsiya-irratsional.
     Fikrlovchi tip-biror narsaning qadr-qimmatini aniq faktlar va mantiqiy mulohazaga tayanib baholaydi.
     Hissiyotli tip-yaxshi-yomon, go‘zal-xunuk tamoyiliga asoslanib emotsional baholaydi.
     Intuitiv tip-hayotiy voqealarning mazmunini ongsizlikda, tuyg‘usi va taxminlariga ko‘ra baholaydi.
     Sezgiga asoslanuvchi tip-sezgi a’zolariga tushuvchi, tashqi olam haqidagi axborotlarga tayanadi
     Psixikaning tuzilishi.
    • Ong.
    • Shaxsiy ongsizlik-o‘zida qachonlardir anglangan, hozir siqib chiqarilgan va unutilgan nizo va taassurotlar, etarlicha ifodalanmagan hissiy taassurotlarni qamrab oladi. SHO- o‘zida emotsional zaryadlangan, bir fikr, tuyg‘u va taassurotlarning ustuvor bo‘lib qolishidan iborat komplekslarni tashkil etadi.
    • Kollektiv ongsizlik-insoniyat va avlodlarning xotira izlarining yashirin saqlanishi. Unda bizning o‘tmish emotsiyalarimiz va insoniyatga xos fikrlar va tuyg‘ular aks etgan.
    Arxetiplar
    • Arxetiplar — birlamchi model yoki kollektiv ongsizlikning tarkibiy elementi hisoblanadi. Ular o‘zida insonlar idrok etganlarini, kechinmalari va voqealar ta’siriga javob berishini ma’lum obrazlarda ilgari surishlari tug‘malik shaklini namoyon etadi.
    • Eng asosiy arxiteplardan biri Men arxetipi, ota, ona, Xudo, donishmand va boshqa arxetiplaridir. Arxetiplar o‘zida simvollar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Masalan, Mariya, Mona Liza va boshqalar. Hoch, oltitomonli yulduz, budda g‘ildiragi.



    Download 43,37 Mb.
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   201




    Download 43,37 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    K.Yung va A.Adlerlarning. Shaxs strukturasi bo‘yicha nazariyalari

    Download 43,37 Mb.