|
«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi
|
bet | 65/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 43,37 Mb. | | #264727 |
Bog'liq «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasiNazorat savollari
1. Qiziqishning psixologik tavsifi
2. Qobiliyat to‘g‘risida umumiy tushuncha
3. Qobiliyatning sifat va miqdor tavsifi
4. Qobiliyatning tuzilishi
5. Talantning psixologik asoslari
6. Qobiliyat haqida nazariyalar
11-mavzu. Shaxs psixologiyasi va kasbiy shakllanish
Reja
1. Shaxs strukturasining Z. Freyd bo‘yicha klassik psixoanaliz tahlili
2. K. Yung va A. Adlerlarning shaxs strukturasi bo‘yicha nazariyalari
3. Kasbiy shakllanish bocqichlari.
Tayanch iboralar: shaxs nazariyalari, kasb tanlashga yo‘naltirish, individ, individuallik, professiogramma, korrerogramma, kasb va ixtisoslik, qiziqish, professiogramma, mehnatning jadalligi (intensivligi).
1. Shaxs strukturasining Z. Freyd bo‘yicha klassik psixoanaliz tahlili
Z.Freydning psixoanalitik nazariyasi13
Z.Freyd g‘arb madaniyatiga chuqur ta’sir ko‘rsatdi. Agar ko‘chadagi 100 insondan so‘rasangiz taniqli psixologning nomini bilishlari haqidagi mulohazani Kit Stanovich (1996) ilgari suradi. Freydning klinik psixologiya va psixiatriyadagi ilmiy qarashlari alohida o‘ringa ega. Z.Freyd nimani o‘rgandi? U she’riyat, pesa va falsafaga juda qiziqishi bo‘lganligi sababli, o‘z tadqiqotlari uchun vaqtni bekorga sarflamadi. U tibbiyot yo‘nalishida tahsil olgandan so‘ngra xususiy amaliyot bilan shug‘ullandi. U amaliyotda nevrologik sababga ega bo‘lmagan ruhiy o‘zgarishga ega bo‘lgan patsientlarga duch keldi. Masalan, baqquvvat bo‘lsa-da, patsient qo‘ldagi sezgilarni yo‘qolishining sababini Z.Freyd insonning aqliga bog‘liqligini aniqladi. Bunday holatda patsientni davolash yo‘li uning o‘z-o‘ziga munosabatini o‘zgartirishda degan xulosaga keldi.
Freydning kuzatishlari qator nevrologik buzilishlarning psixologik sabablari mavjudligi to‘g‘risidagi xulosaga olib keldi. Bu orqali Freyd ongsizlikni kashf qildi. Uning fikricha ko‘zi ojizlik yoki karlik, beixtiyor ko‘rmaslik va eshitmaslik xohishi insonga keskin xavotlikni uyg‘otar ekan. Freyd gipnoz ongsizlikka yo‘l deydi va patsientlarni davolashda undan foydalandi. Gipnoz patsientlari gipnoz tufayli o‘zlarining anglab bo‘lmas qobiliyatlarini ochdilar. So‘ngra u patsienlar o‘zlarini ruhiy yengillashishlariga imkon beruvchi erkin assotsiatsiya usulini olib kirdi. Ushbu usulga ko‘ra patsient o‘zining dardlarini bayon etadi. Bu esa patsientlarga ruhiy yengillik olib keldi. Freyd ruhiy buzilishlarning zamini, bugungi bezovtalanishlarning sababi patsientlarning o‘tmishi bilan bog‘liq, bolalikdagi tuyg‘ulariga borib bog‘lanishini ta’kidladi. Kasalliklarning ongsizlik sabablariga tayangan shaxs nazariyasini psixoanaliz davolash metodi bilan bog‘ladi. Freyd nazariyasining umumiy ko‘rinishi quyidagi 16-rasmda keltirilgan:
|
| |