|
«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi
|
bet | 62/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 43,37 Mb. | | #264727 |
Bog'liq «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasi4.Qobiliyatning tuzilishi
Shaxs egallashi shart hisoblangan faoliyat, u xoh ta’lim, xoh mehnat, xoh o‘yin, xoh sport bo‘lishidan qat’i nazar uning bilish jarayonlariga, aqliy xislatlariga, xissiy-irodaviy jabhalariga, sensomotor sohasiga, xarakterologik xususiyatlariga muayyan talablar qo‘yadi va ularning hamkorlikdagi sa’i-harakati tufayli muvaffaqiyatlarga erishiladi.
Qobiliyatlar sifatida ro‘yobga chiqadigan psixik xislatlar majmuasining tuzilishi yaqqol va alohida faoliyat talabi bilan belgilanganligi tufayli har qaysi turdagi faoliyatlar uchun o‘ziga xos tarzda qo‘yilishi turgan gap. Buning uchun ayrim misollarni tahlil qilib o‘tamiz:
1) mamavzutik qobiliyat: Mamavzutik materiallarni umumlashtirish, mulohaza yuritish jarayonini qisqartirish, mamavzutik ish-amallarni kamaytirish, masalani idrok qilish bilan natijasi o‘rtasida aloqa o‘rnatish, to‘g‘ri va teskari fikr yuritishdan engil o‘tishlik, masala yechishda fikr yuritishning epchilligi kabilar;
2) adabiy qobiliyat; Nafosat hislarining yuksak taraqqiyot darajasi, xotirada yorqin ko‘rgazmali obrazlarning jonliligi, «til zehni», behisob xayolot, ruhiyatga qiziquvchanlik, o‘zi ifodalashga intiluvchanlik va boshqalar. Ajratib ko‘rsatilgan qobiliyatlar tarkibidan ko‘rinib turibdiki, mamavzutik va adabiy qobiliyatlar o‘zaro bir-biriga o‘xshamagan talablari bilan tafovutga egadir. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, pedagogik, musiqaviy texnik, konstruktorlik, tibbiy qobiliyatlar va shunga o‘xshash qobiliyatlar tuzilishi maxsus xususiyatga ega bo‘lib, kasbiy ahamiyat kasb etishi mumkin.
Yaqqol qobiliyatlar tuzilishini tashkil qiluvchi shaxsning xislatlari, fazilatlari orasida ustuvorlik qilsa, ayrimlari yordamchilik vazifasini bajaradi. Ma’lumki, pedagogik qobiliyatlar tuzilishida yetakchi xislatlar sifatida pedagogik odob (takt), bolalarni sevish, o‘quvchilar jamoasini tashkil qilish va uni boshqarish, kuzatuvchanlik, talabchanlik, bilimlarga chanqoqlik, bilimlarni uzatishga uquvchanlik va shunga o‘xshashlar tan olinadi. O‘qituvchilik qobiliyatining yordamchi (qo‘shimcha) fazilatlariga quyidagilar kiradi: artistlik, nutqiy qobiliyat, diqqatni taqsimlash,
Rus olimi I.P.Pavlov o‘z ta’limotida «badiiy», «fikrlovchi», «o‘rta» tiplarga ajratilgan shaxslarning ana shu uchta tipdan bittasiga taalluqli ekanligini tavsiflab beradi. Muallif ushbu tipologiyani yaratishda oliy nerv faoliyatining birinchi va ikkinchi signal tizimsidan iboratligi to‘g‘risidagi ta’limotiga asoslanadi. Birinchi signallar va ikkinchi signallar tizimsi esa obrazlar haqida so‘zlar orqali signal berishdan iboratdir. Ikkinchi signallar tizimsi I.P.Pavlov tomonidan «signallarning signali» deb nomlangan edi. Ushbu tipologiyani osonroq qilib quyidagicha tushuntirish mumkin:
1) shaxs psixik faoliyatida birinchi signallar sitizimsining signallari nisbatan ustunlik qilsa inson «badiiy» tipga taalluqlidir;
2) mabodo «signallarning signali» nisbatan ustuvor bo‘lsa-bu shaxs «fikrlovchi tipga» munosibdir;
3) agarda har ikkala signallar aralashib ketgan bo‘lsa (birortasining ustunligi sezilmasa)-bu inson «o‘rta tipga» mansub odamdir.
4) Tipologiyaning o‘ziga xos tomonlari qisqacha ifodalanganda yoki tavsif qilinganida quyidagilar namoyon bo‘ladi:
|
| |