• 5.Talantning psixologik asoslari
  • -rasm.Qobiliyatlarning shakllanishi




    Download 43,37 Mb.
    bet63/201
    Sana20.06.2024
    Hajmi43,37 Mb.
    #264727
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   201
    Bog'liq
    «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasi

    15-rasm.Qobiliyatlarning shakllanishi

    «Badiiy tip» uchun bavosita taa’ssirot, taassirotlar, jonli tasavvur, yorqin idrok, his-tuyg‘ular (emotsiyalar) natijasida vujudga keladigan obrazlarning yorqinligi xosdir.


    «Fikrlovchi tip» uchun, mavhumlarning, mantiqiy tizilmalarining, nazariy mulohazalarning, metodologik muammolarining ustunligi muvofiqdir.
    Badiiy tipning mavjudligi aqliy faoliyatning zaifligi yoki aqilning yetishmasligini bildirmaydi, lekin bu o‘rinda gap psixikasining obrazlari jabhalarini fikrlovchi tomonlari ustidan nisbatan ustuvorligi haqida borada, xolos. Biroq shuni ta’kidlash joizki, shaxsning ikkinchi signallar tizimsi birinchi signallar tizimsidan ustunlik qiladi va bu ustuvorlik mutlaqlik xususiyatiga egadir. Ma’lumki, insonlarning hayot va faoliyatlarida til bilan tafakkurning o‘rni hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi, shaxs tomonidan borliqni aks ettirish jarayoni so‘zlar, fikrlov vositasida ro‘yobga chiqariladi.
    Signallar tizimi orasidagi munosabatni mamavzutik tarzda quyidagicha aks ettirish mumkin:
    A) C > C, C-ikkinchi signallar tizimsi, C- birinchi signallar tizimsi;
    B) birinchi signallar tizimsining ikkinchi signallar tizimsidan nisbatan ustunligi («badiiy tip»): C>C+M(m-mazkur tip namoyandalarining borliqni emotsional va obrazli bilish xususiyati jihatidan ajratuvchi belgisi);
    V) «fikrlovchi tip» mana bunday ifodalanishi kuzatiladi: C+ n >C (n- mazkur tip namoyandalarini boshqalardan ajratuvchi olamga mavhum munosabatning xususiyati).
    Shunday qilib, shaxsning u yoki bu faoliyatiga tayyorligi tariqasida yuzaga keladigan har qaysi yaqqol qobiliyatlar tuzilishi o‘z tarkibiga yetakchi va yordamchi, umumiy va maxsus nomdagi majmua sifatlarni (xislatlarni) qamrab olgan bo‘lib, murakkab tizimdan iboratdir.


    5.Talantning psixologik asoslari
    Talantning ijtimoiy-tarixiy, tabiiy nuqtai nazardan talqini qobiliyatlar taraqqiyotining yuksak bosqichi ekanligidan dalolat beradi. Talant (yunoncha talanton qimmatbaho, noyob narsa, irsiy, tabiiy xislat degan ma’no anglatadi) muayyan faoliyatning muvaffaqiyatli va ijodiy ravishda bajarilishini ta’minlaydigan qobiliyat hamda iste’dodlar majmuasidan (yig‘indisidan) iborat individual xususiyatdir. Psixologik adabiyotlarda unga turlicha ta’rif berishiga qaramay, ularda asosiy belgilar ta’kidlab o‘tiladi, chunonchi, shaxsga qandaydir murakkab mehnat faoliyatining muvaffaqiyatli, mustaqil va original tarzda bajarish imkonini beradigan qobiliyatlar majmuasiga talant deyiladi. Talantning asosiy belgilari: a) muvaffaqiyatni ta’minlash; b) faoliyatni mustaqil bajarish; v) originallik unsurining mavjudligi; g) qobiliyat hamda iste’dodlar yig‘indisidan iborat ekanligi; d) individual psixologik xislatligi; e) ijtimoiy turmushni o‘zgartiruvchi, yaratuvchi imkoniyatligi kabilar.
    Talant ham qobiliyatlarga o‘xshash ijodiyotda yuksak mahoratga, muvaffaqiyatga erishish imkoniyati hisoblanib, ijodiy kutilmasi (yutuq) insonlarning ijtimoiy tarixiy turmush shart-sharoitlariga bog‘liqdir. Jamiyatda talantli shaxslarga nisbatan muhtojlik sezilsa, bunday insonlarning kamol topishi uchun zarur ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlar yaratilsa, bunday vaziyatda barkamol odamlarning shakllanishiga imkoniyat tug‘iladi.
    Talant qobiliyatlar yig‘indisi yoki ularning majmuasidan iborat bo‘lishiga qaramay, alohida olingan yakka qobiliyatni hatto u taraqqiyotning yuksak bosqichiga erishgan, yorqin ifodalansa ham, u bilan tenglashtirish mumkin emas. Bu omilga asos bo‘lib, XX asrning 20-30 yillarida Moskvalik psixologlar tomonidan olib borilgan fenomenal g‘oyat o‘tkir, noyob (nodir) xotiraga ega bo‘lgan insonlarni tekshirish natijalari hisoblanadi. Esda olib qolish qobiliyati (estrada sahna artisti) hech kimda shubha tug‘dirmagan bo‘lsa-da, lekin xotira ijodiyotning muvaffaqiyati, mahsuldorligi omillaridan biri ekanligi to‘g‘risida xulosa chiqarishga olib kelgan. Ma’lumki, shaxsning yaratuvchanlik faoliyatida aqlning epchilliga, boy fantaziya, kuchli iroda, barqaror xarakter, turg‘un qiziqishlar, sermahsul bilish jarayonlari, motivatsiya, yuksak his-tuyg‘ular va boshqa psixologik sifatlar ustuvor ahamiyat kasb etadi. Shuni unutmasligimiz o‘rinliki, noyob xotiraga ega bo‘lgan ajoyib yozuvchilar, rassomlar, kompozitorlar, yuristlar, jamoat arboblarining nomlari mashhurdir.
    Psixologik ma’lumotlarni umumlashtirilgan holda ikki xil xususiyatli fikrni alohida ta’kidlab o‘tish talant tuzilishini yengilroq tushunish imkoniyatini yaratadi:
    1) Talant - bu shaxs psixik xislatlarning shunday murakkab birikmasidirki, uni: a) alohida, yagona maxsus qobiliyat bilan; b)xotiraning yuksak mahsuldorligi orqali; v) hatto noyob (kamyob, nodir) sifat tariqasida o‘lchab bo‘lmaydi;
    2) shaxsda u yoki bu qobiliyatning mavjud emasligi hamda yetarli darajada taraqqiy etmaganligi talantning murakkab tarkibiga kiruvchi boshqa qobiliyatlarning jadal takomillashuvi orqali ularning o‘rni bosib yuborishi (kompensatsiya qilishi) mumkin.
    Talant o‘zining umumiy va maxsus sifatlari yig‘indisi bilan ijodiy yutuq imkoniyatining ayniyatidir. Talant mahoratning dastlabki sharti hisoblansa-da, lekin ular bir-biridan muayyan darajada tafovutlanadi. Talant-katta, ijodiy va zo‘r mehnat mahsulasidir. Mehnat esa hayotiy tajriba, ko‘nikmalarning zaruriy majmuasi manbaidir. Ijodiyotning sharti-bu hayotiy tajriba, zaruriy ko‘nikma va malakalar yig‘indisining mavjudligidir. Ijodiy faoliyat talantning ajralmas qismi hisoblanib, bunda ruhlanish deb nomlangan psixologik holat alohida ahamiyat kasb etadi. Ruhlanish esa faoliyat mahsuldorligi ortishiga qaratilgan ijodiy lahzadan iboratdir. Talant imkoniyat tariqasida psixologik hodisa hisoblansa, u holda mahorat-haqiqatga aylangan imkoniyat gavdalanishidir. Psixologik nuqtai nazardan haqiqiy mahorat-bu shaxs talantining faoliyatda namoyon bo‘lishidir.
    Odatda qobiliyatlar insonga shaxsning barcha individual-psixologik xususiyatlari kabi tabiat tomonidan tug‘ma ravishda tayyor holda berilmaydi, balki hayot davomida va faoliyat jarayonida shakllanadi. Ilmiy psixologiya qobiliyatlarning tug‘maligi nazariyasini inkor etib, shaxs qobiliyatlarining noma’lum tabiiy omillar tomonidan azaliy belgilanishi to‘g‘risidagi tasavvurlarga qattiq zarba beradi.
    Shuni uqtirish joizki, qobiliyatning tug‘maligini inkor qilish mutlaq xususiyatga ega emas, albatta. Lekin qobiliyatning tug‘ma ekanligini tan olmaslik, miya tuzilishi bilan bog‘iq differensial xususiyatlarning tug‘maligini inkor qiladi degan so‘z emasdir. Layoqat esa qobiliyatning tabiiy zamini sifatida faoliyatda muhim rol o‘ynaydi. Layoqat deb qobiliyatlar taraqqiy etishining dastlabki tabiiy sharti sifatida namoyon bo‘ladigan miya tuzilishining, sezgi a’zolari va harakatlarning morfologik hamda funksional xususiyatlari aytiladi. Tug‘ma layoqat jumlasiga nozik hid sezish, binobarin, bilish analizatorlarining alohida yuksak sezgirligi muvofiqdir. Alohida yakka shaxs ma’lum tabiiy layoqatga ega bo‘lsa, u holda o‘ziga taalluqli qobiliyatlarni rivojlantirish nisbatan engil kechadi. Insonlarning kasbiy qobiliyati ular layoqatlarining rivojlanishi mahsulidir. Layoqat ko‘pqirrali psixik hodisa bo‘lganligi tufayli faoliyat talablarining xususiyatiga bog‘liq ravishda bir xil layoqatlar negizida har xil qobiliyatlar rivojlanishi kuzatiladi.
    Layoqatning tuzilishi va mahsuldorligi namoyon bo‘lishiga qaraganda, uning nuqsonlari haqida ilmiy ma’lumotlar miqdori ko‘pdir. Hozirgi davrda qobiliyat taraqqiyotining dastlabki tabiiy shartlari mohiyati yuzasidagi farazning ozmi yoki ko‘pmi mahsuldorligi to‘g‘risida mulohaza yuritish mumkin. F.I.Gallning ta’limoticha, shaxsning barcha qobiliyatlari, «aql» va «hissiyot sifatlari miya yarim sharlarida o‘zining qat’iy markazlariga egadir. Uning fikricha, kalla suyaklari miyaning cho‘nqir joylariga aniq mos tushish lozim. Gall tomonidan miyaning maxsus «frenologik» (yunoncha fren «aql» to‘g‘risidagi ta’limot degan ma’no anglatadi) xaritasi tuzilgan bo‘lib, unda bosh suyagi 27 bo‘lakka ajratilgan. Go‘yoki har bir bo‘lakka muayyan psixik sifat mos tushadi. Shuningdek, layoqatning miya og‘irligiga bog‘liqligi haqidagi faraz ham noto‘g‘ri ekanligi ayon bo‘lib qoladi. Shaxs layoqatlari miya burmalarining soni bilan belgilanadi degan taxmin ham o‘z tasdiqini topmadi.
    XX asrning ikkincha yarmida paydo bo‘lgan layoqatni miyaning mikrotuzilishi va sezgi a’zolari bilan bog‘lovchi faraz eng mahsuldor bo‘lib hisoblanadi. Miya hujayralarini tadqiq etish iste’dodlari shaxs nerv hujayralarining morfologik va funksional xususiyatlarida farq borligini aniqlash mumkinligi faraz qilinadi. Layoqatlar bilan nerv jarayonlarining ayrim differensial xususiyatlari hamda oliy nerv faoliyatining tiplari o‘rtasida bog‘liqlik mavjudligi to‘g‘risida faraz ham haqiqatga yaqindir.
    Rus psixologi B. M. Teplov va uning shogirdlari ishlarida oliy nerv faoliyati tiplarining xislatlari ta’siri tufayli shaxs qobiliyatlarining tuzilishida qandaydir sifat xususiyatlari paydo bo‘lishini aniqlashga urinishgan. Jumladan, nerv tizimsining alohida sezgilari ma’lum qobiliyat nishonasi sifatida vujudga kelishi mumkin.
    Ta’kidlangan xususiyatlar oliy nerv faoliyati umumiy tipining sifatlariga va belgilariga mansubdir. Ammo qobiliyatlarning tabiiy asoslarini nerv tizimsining porsial (xususiy) deb nomlanadigan xislatlari bilan bog‘lanuvchi farazlar yanada ko‘proq ehtimol darajasiga egadir.
    Qobiliyatning tabiiy sharti, layoqat nerv tizimsining tuzilishi va funksiyalarining xususiyatlari tarkibida ekanligi, bu hodisa barcha morfologik va fiziologik sifatlari singari umumiy genetiga qonunlariga bo‘ysunish farazining haqqoniyligini dalillaydi. F.Galtonning (Angliya) irsiyat qonunlari to‘g‘risidagi g‘oyasi qobiliyatning tabiiy shartlangan xususiyatlari tavsifini ochib bera olmaydi, chunki unda dalilga muhtoj juda ko‘p o‘rinlar mavjuddir. Shuning uchun qobiliyat tabiatini biologik irsiyatdan emas, balki turmush muhitining nasldan-naslga o‘tishidan qidirish maqsadga muvofiqdir. Agarda insonning taraqqiyoti ijtimoiy tarixiy qonunlar bilan boshqarilishi tan olinar ekan, qobiliyatining taraqqiyoti biologik irsiyat qonunlariga bo‘ysunishi to‘g‘risida gap bo‘lishi mumkin emas.
    Yuqoridagi mulohazalarga asoslangan holda qobiliyat va layoqatlar muayyan tabiiy zaminga bog‘liq bo‘lsa-da, lekin ular faqat tabiatning in’omi emas, balki insoniyat tarixiy taraqqiyotining bebaho (qimmatli) mahsulidir. Xuddi shu bois qobiliyatlarning namoyon bo‘lishi shaxslar tomonidan ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish davomida ijtimoiy shartlangan bilimlar va ko‘nikmalarni tarkib toptirishning yaqqol usullariga bevosita bog‘liqdir. Shuning uchun qobiliyatlar taraqqiyotining uzluksiz ta’lim tizimiga bog‘liq ekanligi ta’kidlab o‘tish muhim ahamiyatga ega.12



    Download 43,37 Mb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   201




    Download 43,37 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm.Qobiliyatlarning shakllanishi

    Download 43,37 Mb.