|
Kasbiy shakllanish bocqichlari
|
bet | 71/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 43,37 Mb. | | #264727 |
Bog'liq «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasi3. Kasbiy shakllanish bocqichlari.
Kasbiy saralash jarayonida amalga oshiriladigan ishlar
O‘quvchilarni ongli va to‘g‘ri kasb tanlashga tayyorlash, ya’ni kasbiy saralash o‘zaro bog‘liq va birgalikda amalga oshiriladigan quyidagi choralardan iborat:
a) kasbiy maorif- o‘quvchilarga mahalliy sharoitlarning ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini hisobga olib, u yoki bu kasb egalariga, mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojlarni, turli kasblardagi professional mehnatning mazmunini, kasbning insonga qo‘yadigan talablarini, mehnat sharoitlarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish sharoitlarini, kasbni egallash mumkin bo‘lgan o‘quv muassasalari turlarini ma’lum qilish, ya’ni bunda o‘quvchilar turli kasblar va ixtisosliklarning xarakteri va o‘ziga xosliklari bilan tanishadilar.
b) kasbiy konsultatsiya- individual xarakterga ega bo‘lib, ayrim o‘quvchilarga ular egallamoqchi bo‘lgan kasbning xususiyatlari va o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri anglashga ko‘maklashishini nazarda tutadi.
v) kasbiy diagnostika- o‘quvchilarda kasb tanlash sub’ekti shaxsini uning ma’lum shaxs xususiyatlari tanlayotgan kasb talablariga mosligi nazarda tutiladi.
g) kasbiy tanlash (saralash)– muayyan kasbni muvaffaqiyatli ravishda egallab, o‘z oldiga qo‘ygan fuqarolik (xususiy) burchini yuqori saviyada ado eta biladigan shaxslarni ajrata olishdan iborat jarayondir. Kasbiy bilimlar, shakllangan ma’lum ko‘nikmalar, malakalarga asoslangan holda tekshirish me’zonlariga suyanib, omilkorlik bilan oqilona saralash o‘tkaziladi.
Kasbiy yo‘nalganlik inson shaxsi yo‘nalganligining bir ko‘rinishi hisoblanib, bu holat uning chuqur shaxs tuzulmalarigacha kirib boradi. Kasbiy yo‘nalganlik insonning individual-psixologik va individual-tipologik xususiyatlarigacha, uning qadriyatlar tizimiga, steriotiplariga, qobiliyatlari va qiziqishlariga borib taqaladi.
Kasbiy yo‘nalganlik tizimining quyidagi funksiyalarini ajratib ko‘rsatsak bo‘ladi:
1) Ijtimoiy funksiyasi deganda jamiyatning to‘laqonli va teng huquqli a’zosi sifatida ijtimoiy kasbiy faoliyatni amalga oshirish imkoniyatini beradigan qadriyatlar, normalar va bilimlarning ma’lum tizimini o‘zlashtirish nazarda tutiladi.
2) Iqtisodiy fuksiyasi deganda xodimlarning sifat tarkibini takomillashtirish, kasbiy faollikni yuksaltirish, ishlab chiqarish unumdorligini va malakasini oshirish tushuniladi.
3) Psixolog-pedagogik funksiyasi deganda ma’lum kasbni tanlagan kishining individual xususiyatlarini aniqlash, shakllantirish va inobatga olishni tushunish mumkin.
4) Tibbiy fiziologik funksiyasi deganda sog‘liqqa va alohida fiziologik xususiyatlarga nisbatan u yoki bu kasbiy faoliyatni amalga oshirishda zarur bo‘ladigan talablarni hisobga olish nazarda tutiladi.
Shunday qilib kasbiy o‘zini-o‘zi aniqlash jarayonininng muhim komponentlaridan biri hisoblangan - kasbiy yo‘nalganlikni hisobga olmaslik insonning noto‘g‘ri, o‘ziga mos bo‘lmagan kasbni tanlashga olib kelishi mumkin. Bundan shaxsning o‘zi ham, jamiyat ham manfaatdor emas.
Kasbiy yaroqlilikning ikki xil turi farqlanadi: mutloq kasbiy yaroqlilik (bunda insondan maxsus qobiliyat talab qilinadigan kasblar uchun yaroqlilik nazarda tutiladi)va nisbiy kasbiy yaroqlilik (bunda har qanday sog‘lom inson uchun imkon darajasida bo‘lgan kasblarga yaroqlilik nazarda tutiladi).
Kasbiy saralashda shaxslarning anotomik xususiyatlarini hisobga olish. Kasb tanlashda o‘quvchilar qobiliyatlaridan tashqari salomatlik holatini ham hisobga olishlari zarur, chunki kasb tanlovchilarning barchasi ham sog‘liqlarini e’tiborga olgan holda kasbni to‘g‘ri tanlaydi deb bo‘lmaydi. To‘g‘ri, batafsil tavsiyalarni tegishli tekshiruvlardan so‘ng vrach beradi, lekin dastlabki cheklovlarni (agar ular mavjud bo‘lsa) tanlovchining o‘zi belgilashi lozim. Bu undan qandaydir maxsus bilimlarni talab qilmaydi, chunki, ko‘pchilik asosiy qarshi ko‘rsatgichlar organizm anomaliyasining (normadan chetga chiqish) to‘rt guruhi bilan belgilanadi:
A.Skelet mushak apparati anomaliyalari - skelet, bo‘g‘imlar, umurtqaning jarohatlanishi yoki kasalligi, muskullar kamchiligi bor bo‘lgan o‘quvchilar uchun quyidagi kasblarni tanlashlari tavsiya etilmaydi.
Ko‘plab jismoniy energiyani, uzoq vaqt oyoqda turishni, tez-tez engashib turishni talab qiladigan kasblar (yukchi, g‘isht teruvchi, stanokchi, temirchi, metallurgiya ishlab chiqarishdagi bir qator kasblar va boshqalar).
B. Sezgi organlari (ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish) da kamchiligi bor o‘quvchilar uchun quyidagi kasblar tavsiya etilmaydi. Haydovchilik mutaxassisligining barcha turlari, mayda detallar bilan ishlash, oziq-ovqat, parfyumeriya sanoatining qator kasblari, oshpaz, degustator (mazasiga qarab ta’m bilish) va boshqalar.
V. Asab tizimining buzilishi – bosh aylanishi, qo‘lning qaltirashi kabi kasalliklarga chalingan o‘quvchilar uchun quyidagi kasblar tavsiya etilmaydi. Balandlikda (montajchi, minorali kran mashinisti,va h.k.z.) transportda ishlash bilan bog‘liq kasblar (yig‘uvchi, soatsoz, zargar, va boshqalar) tavsiya etilmaydi.
G. Ichki organlar-yurak-tomir va nafas tizimi kasalliklariga chalinganlar uchun quyidagi kasblar tavsiya etilmaydi:
Changlangan, gazlangan muhitda, havoning siyrakligi muhitida yoki uning teskarisi bo‘lgan yuqori atmosfera bosimi ostida, yoki yuqori harorat sharoitlari bilan bog‘liq kasblar va boshqalar.
Shunday qilib, kasb tanlashda yana bir qadam-bu o‘zining qobiliyatlari va sog‘lig‘iga baho berishdir. Bunda ushbu baholashning zarur, lekin yetarli bo‘lmagan muolaja ekanligini inobatga olish lozim.
Har qanday kasb jamiyat uchun muhim, ishlayotgan kishilar uchun sharafli bo‘lib, ularning mehnatga talabini qanoatlantirishi mumkin. Ularga bo‘lgan munosabatlardagi farqlar jamiyat bahosi, ularning obro‘yi, yoshlarning shaxsiy manfaati, istagi va mayli bilan izohlanadi. Bularning barchasi esa ijtimoiy muhit va o‘z qobiliyatiga o‘zi baho berish natijasida vujudga keladi. U yoki bu kasbga bo‘lgan iste’dodlarini, orzu, mayl va istaklarini o‘quvchilarda oldindan uyg‘otish va har tomonlama rag‘batlantirish zarur. Umumiy ma’lumot darajasiga qiziqishni uyg‘otish bilangina chegaralanmaslik kerak.
|
| |