Instinklar va evolyusion psixologiya




Download 43,37 Mb.
bet74/201
Sana20.06.2024
Hajmi43,37 Mb.
#264727
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   201
Bog'liq
«servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasi

Instinklar va evolyusion psixologiya.
XX asrning boshida Ch.Darvinning evolyusion nazariyasi asosida barcha xatti-harakatlarni instink sifatida turkumlashtirish modaga aylangandi.
Agarda inson o‘z–o‘zini instinkini bartaraf etishi tanqid qilinsa, o‘z-o‘zini instinktini tasdiqlash bilan maqtalardi. Bir sotsiolog 500 ming kitobdan 5759 inson instinktini taxminiy ro‘yxatini tuzdi. Inson harakatida ham ma’lum reflekslar mavjud bo‘lib, u fiziologik va psixologik ehtiyojlar asosida namoyon bo‘ladi. Yangi dunyoga kelgan mavjudotlarning ona sutiga ehtiyoji, ko‘krak bezlarini topishga intilishi shular jumlasidandir.
Instinkt nazariyasi to‘laqonli inson motivatsiyasini yoritib berganicha yo‘q. Masalan motiv asosida inson geni uning xulqida asosiy o‘rin egallashi.
Biz buni inson evolyusion taraqqiyoti asosida rivojlanishini ko‘rib o‘tganmiz.
Instinktni turkumlashtirish uchun har bir xatti-harakatni belgilangan shablon asosida qarash va baholash zarurati kelib chiqadi. (Tingbergen, 1951). Bunday xatti-harakatlarni shablonlashtirish imkoni yo‘q.
«Sizlarning fikringizcha biz ushbu motivatsiya asosida tadqiqot ishi boshlashimiz lozimmi yoki yo‘q?» Jonzotlardagi instinktni eslaylik: masalan qushlar, lasoslar (baliq)ning o‘z vataniga qaytishini eslaymiz, ammo inson xatti-harakatidagi motiklar ma’lum shablon asosida amalga oshirilmaydi. Ammo instinkt inson faoliyatining motivini yoritib bera olmaydi.
Insoniyatning evolyusion taraqqiyot yo‘lini psixologik jihatdan kuzatar ekanmiz, instinktni yorituvchi Disk va rag‘batlanish formulasi ushbu masalani yoritib bera olmasligi va uning o‘rnini G‘oya nazariyasi egallashi maqsadga muvofiqligini ta’kidlaymiz.
Fiziologik ehtiyoj – yeyish (ovqat), ichish asosida psixologik disk – ya’ni motivatsion holat yuzaga keladi.
Fiziologik holat ham organizmning ichki ehtiyoji va holatini, funksional muvozanatini saqlay turish asosida yuzaga keladi. Masalan: xona temperaturasining sovib ketishi organizmning mo‘‘tadilligini saqlash uchun issiq kiyimlarni kiyishimizni talab etadi va organizm issiqlikni saqlash ehtiyojiga o‘tadi.
Novvoyxonada issiq yopilayotgan nonlarning hidining keng tarqalishi nonvoylarni nonni ko‘proq iste’mol qilishga undaydi. Demak, ichki ehtiyoj asosida ma’lum yo‘nalishdagi motivlar yuzaga keladi. Ehtiyojning pasayishi (fiziologik) yangi axborotni olishga yo‘naltiradi.
Masalan: Hayvonlarning qorni to‘yishi bilan o‘z inidan chiqib atrofda kezib yuradi.
Maymunlar esa oldin ko‘rmagan narsalarni kashf etishga intilishlari fikrimizning dalilidir.
Psixologlar Aron Rolston va Djorj Melloriga nima uchun Everest cho‘qqisigacha ko‘tarilish hoxishi borligi so‘rashganda, ular «Chunki u mavjud» deb javob berishgan. Albatta ular motivida o‘z faoliyatidan huzur olish, o‘z-o‘ziga baho berish, o‘zligini namoyon etish kabi xususiyatlari kimningdir musiqadan, mahsulotdan, havfli harakatidan huzur qilishlaridan ajralib turadi.
Demak, motivatsiya haqida so‘z yuritar ekanmiz, avvalambor ichki ehtiyojni (fiziologik) qondirganimizdan so‘ng, tashqi informatsion ochlik yuzaga keladi.
Biz «Infovores»- deydi nevrolog olim Cherving Biderman va Edvard (2006). Ularning fikricha, miya ma’lum informatsiyani o‘zlashtirgandan so‘ng yangi informatsiyaga ehtiyojni sezadi, intiladi.
Demak, motivatsiya o‘ziga xos ierarxiyaga ega. Masalan, havo va suvga bo‘lgan bo‘lgan ehtiyoj.
Psixolog olim Abraham Maslou (1970) ushbu motivlarni ehtiyojlar ierarxiyasi deb belgilaydi. Ushbu motivlarning piramidasini ifodalovchi qatlamlarning asosini fiziologik ehtiyojlar, ya’ni oziq-ovqat, suv egallaydi.
Ushbu ehtiyojlar qondirilganligidan so‘ng, xavfsizlik ehtiyojini ta’minlash, so‘ngra insonga xos bo‘lgan ehtiyojlar sevish – sevilish, huzur qilish, o‘z-o‘zini baholash kabilar.
Shuning bilan birga Maslou (1971) inson imkoniyatlarini to‘liq sarf etish. (o‘zaro hurmat, o‘zini faollashtirish 13-bob).
O‘z hayotining so‘nggi yillarida ayrim insonlar o‘z transsendensiya darajasiga erishishga intiladilar. O‘z faoliyatini faollashtirib shaxsiy imkoniyatlarini namoyon etadilar.
O‘z transsendensiya darajasida inson hayot mazmuni maqsadi asosida yashashga intiladi (Koltko – Pubera 2006).
Moslou ierarxiyasi bir necha shartli xarakterdan iborat. Ehtiyojlar tartibi ayrim vaqtda ma’lum maqsadlar asosida o‘zgarishi ham mumkin. Masalan, ayrim siyosiy yoki ijtimoiy noroziliklar ifodasi sifatida ochlik e’lon qiladilar.
Hayotdan qoniqish olganlar 39 mamlakatda so‘rov asosida olib borilgan tadqiqotda pul, ovqat, yashash joyi, moliyaviy qoniqishni asosiy deb baholaydilar.
Maslou motiv piramidasiga ko‘ra esa, dastlab fiziologik ehtiyojlarni qondirish motivi, xavfsizlikni ta’minlash, so‘ngra psixologik ehtiyojlarni qondirish faollashadi.



Download 43,37 Mb.
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   201




Download 43,37 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Instinklar va evolyusion psixologiya

Download 43,37 Mb.