|
Diqqatning funksiyalari va turlari
|
bet | 82/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 43,37 Mb. | | #264727 |
Bog'liq «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasi1. Diqqatning funksiyalari va turlari
Biologik: Diqqat boshqa psixik jarayonlar singari inson va xayvonlarning doimiy tarzda o‘zgarib turuvchi atrof muhit sharoitdariga inlividual tarzda moslashuvini ta’minlaydi.
Sotsial: Diqqatsiz inson mehnat faoliyatini tasavvur qilib bolmaydi.
Diqqat – ta’lim olish uchun zaruriy sharoit. Diqqatning ta’lim olishda muvaffaqiyatga erishilishiga MNS (Markaziy nerv sistemasi)ning umumiy funksional holati (charchash, uyquchanlik ...) ta’sir qiladi.
Diqqatning asosiy vazifalari
Organizm aktual ehtiyojlariga ko‘ra olinadigan informatsiya tanlovini ta’minlash.
Bir ob’ekt yoki faoliyat ustida ongning tanlovli va davomiy jamlanishini ta’minlash
Ayni vaqtda kerakli va tormozlangan psixik jarayonlarning faollashuvi.
Diqqat deb ongimizni bir nuqtaga to‘plab, ma’lum narsa va hodisalarga faol yo‘naltirilishiga aytiladi. Diqqat sezish jarayonida, idrok qilishda, xotira, xayol va tafakkur jarayonlarida har doim ishtirok etadi. Demak, diqqat barcha aks ettirish jarayonlarimizning doimiy yo‘ldoshidir.
Diqqat inson faoliyatining barcha turlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishning va ularni samaradorligini ta’minlovchi muhim shartlardan biridir. Kishi faoliyati qanchalik murakkab, serzahmat, davomiylik jihatdan uzoq muddatli, mas’uliyat hissini taqozo qilsa, u diqqatga shunchalik yuksak shartlar va talablar qo‘yadi. Inson ziyrakligi, farosatliligi, tez payqashi, sinchkovligi, dilkashligi uning turmush sharoitida, shaxslararo munosabatida muhim omil sifatida xizmat qiladi. Diqqat aqliy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etadi, insonning xatti-harakatlari ham uning ishtirokida sodir bo‘ladi.
Psixologiya fanida diqqatga har xil ta’rif beriladi, uni yoritishda psixologlar turli nazariyaga asoslanib yondashadilar. Diqqat deb ongni bir nuqgaga to‘plab, muayyan bir ob’ektga aktiv (faol) qaratilishi aytiladi (P.I. Ivanov). P. I. Ivanovning fikricha, biz faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir narsa, har bir hodisa, o‘zimiz qilgan ishimiz, o‘y va fikrlarimiz diqqatning ob’ekti bo‘la oladi.
|
| |