-rasm. Muammoning samarali yechimini topish




Download 43,37 Mb.
bet81/201
Sana20.06.2024
Hajmi43,37 Mb.
#264727
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   201
Bog'liq
«servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasi

23-rasm. Muammoning samarali yechimini topish.

Muammoning samarali yechimi inson aqlidagi asosiy tasavvurga bog‘liq. Uning ichiga odatda shaxsiy aspektlar ham kiradi. Tahlil turli xil miqdorda bo‘lishi mumkin. Bir tasavvurdan ikkinchisiga o‘tib, muammoni yangi tushunchalar natijalarini ishlab chiqish bo‘yicha amalga oshiriladi.


Diqqat inson kasbiy faoliyatining barcha turlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishning va ularni samaradorligini ta’minlovchi muhim shartlardan biridir. Kasbiy faoliyat qanchalik murakkab, serzahmat, davomiylik jihatdan uzoq muddatli, mas’uliyat hissini taqozo qilsa, u diqqatga shunchalik yuksak shartlar va talablar qo‘yadi.
Kasbiy psixologiya va umumiy psixologiya fanlarida diqqatga har xil ta’rif beriladi, uni yoritishda psixologlar turli nazariyaga asoslanib yondashadilar. Diqqat deb ongni bir nuqtaga to‘plab, muayyan bir ob’ektga aktiv (faol) qaratilishi aytiladi (P.I.Ivanov). P. I. Ivanovning fikricha, biz faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir narsa, har bir xodisa, o‘zimiz qilgan ishimiz, o‘y va fikrlarimiz diqqatning ob’ekti bo‘la oladi. Demak, har qanday kasbiy faoliyat peredmetlari diqqatning ob’ekti bo‘la oladi.
Jahon psixologlarining fikricha, diqqat uzluksiz ravishda, muayyan darajada aktivlik xususiyatini saqlab turadi. Bunday aktivlik, kasbiy faoliyatda shaxs ongining biron bir ob’ektga yo‘nalishining kuchayishi va ma’lum vaqt davomida diqqat yo‘naltirilgan narsaga ongning faol (aktiv) qaratilishini regulirovka qilib turadi hamda mazkur holatning saqlanishini ta’minlaydi.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, diqqat sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, nutq kabi alohida psixik jarayon emas. Shuning uchun barcha psixik jarayonlar har qanday kasbiy faoliyatda qatnashadi, ularning mahsuldorligini oshirishga ta’sir etadi. Shu boisdan diqqat qaratilgan ob’ektlar ong to‘plangan nuqtasida aniq, yaqqol aks ettiriladi. Demak, diqqat-aqliy jarayonlarning sifati, mahsuldorligi va samaradorligini ta’minlovchi insonning ichki aktivligidan iboratdir. Shuningdek, u har qanday inson kasbiy faoliyatining zaruriy shartidir.
Psixologiya tarixining sahifalarini varaqlasak, diqqatning kishi faoliyatidagi roliga berilgan yuksak va qimmatli mulohazalar uchraydi. Jumladan, fransuz olimi Kyuve geniallikni chidamli diqqat deb ta’riflashi, Nyutonning kashfiyot fikrini doimo shu masalaga qaratilish jarayoni deyishi, Ushinskiyning diqqat psixik hayotimizning yagona eshigi deb baho berishi bunga yorkin misol bo‘la oladi.

Download 43,37 Mb.
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   201




Download 43,37 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Muammoning samarali yechimini topish

Download 43,37 Mb.