• Ichki diqqat
  • Qo‘zg‘alish markazi
  • Diqqatning xususiyatlari
  • Ikkinchi tartibli ixtiyoriy diqqat




    Download 43,37 Mb.
    bet84/201
    Sana20.06.2024
    Hajmi43,37 Mb.
    #264727
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   201
    Bog'liq
    «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasi

    Ikkinchi tartibli ixtiyoriy diqqat - ongimizning muayyan ob’ektga ixtiyorsiz ravishda yo‘naltirilsada, uning ustiga ma’lum vaqt barkaror holda, to‘planib turishidan iborat ixtiyoriy diqqat turi; diqqat to‘plangan ob’ektining mazmuniga qarab ixtiyorsiz diqqatning ixtiyoriy diqqatga aylanishi.
    Ichki diqqat - ongimizning o‘z sub’ektiv taassurotlarimiz, his-tuyg‘ularimiz va intilishlarimizga qaratilishidan iborat diqqat turi.
    Tashqi diqqat - ongimizning ob’ektiv voqelikdagi narsa va hodisalarga, ularning ayrim belgi va xususiyatlariga yo‘naltirilish, ularda faol to‘planadigan diqqat turi.
    Bedor holat - bosh miya yarim sharlaridagi tegishli nerv markazlarining ko‘zg‘alishi bilan belgilanadigan uyqudan tashqaridagi holat, ongli holat. Shaxs bedor holatidagina ma’lum bir faoliyat turini amalga oshira oladi.
    Qo‘zg‘alish markazi - markaziy asab tizimining qo‘zg‘alish jarayoni ro‘y bergan uchastkasi.
    Diqqat depretsiyasi (lot.deprezyu-pasayish) - turli tashqi va ichki omillarga ko‘ra ob’ektda to‘planish va mustahkamlanishning kuchsizlanishi va buzilishi. Paradoks fazasi-kuchli qo‘zg‘atuvchilarga qaraganda kuchsiz qo‘zg‘atuvchilarning kuchli reaksiyasining vujudga keltirishi (patologik holatlar nazarda tutiladi). Orientir refleksining elektrofiziologik simptomlarining barqarorlashuvi - ixtiyoriy diqqat buzilganda maqsadga muvofiq topshiriq berish va oqilona instruksiya yoki ustanovka berish hamda vaziyatga qarab uni o‘zlashtirishorqali insonda orientirovka refleksini qaytadan tiklashdan iborat korreksion faoliyat.
    Diqqat korreksiyasi (lot. tuzatish) - insonda diqqat patologik holatga (buzilishga) uchraganda maxsus usul va uslublardan foydalanib tuzatish.
    Diqqatning xususiyatlari
    Odamning diqqati bir qancha xususiyatlariga ega bo‘lib, ulardan asosiylari-diqqatning bo‘linuvchanligi va diqqatning ko‘chuvchanligidan iboratdir. Diqqatning kuchi va barqarorligi deb odam o‘z diqqatini biror narsa yoki hodisaga uzoq muddat davomida muttasil qaratib tura olishiga aytiladi. Diqqatning kuchi va barqarorligi deb odam o‘z diqqatini biror narsa yoki hodisaga uzoq muddat davomida muttasil qaratib tura olishiga aytiladi. Diqqatning bo‘linuvchanligi. Diqqatning bo‘linishi deganda, biz ayni bir vaqtda diqqatimizni ikki yoki uch narsaga qaratilishini tushunamiz. Agar diqqatimiz faqat bitta narsaga qaratilgan bo‘lsa, ya’ni diqqatimiz faqat bitta narsa ustida to‘plangan bo‘lsa buni konsentratsiyalashgan (to‘plangan) diqqat deb yuritiladi. Buning aksicha, agar diqqatimiz ayni bir vaqtda bir necha narsaga qaratilgan bo‘lsa, buni bo‘lingan (taqsimlangan) diqqat deb yuritiladi.

    Download 43,37 Mb.
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   201




    Download 43,37 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ikkinchi tartibli ixtiyoriy diqqat

    Download 43,37 Mb.