|
«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi
|
bet | 83/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 43,37 Mb. | | #264727 |
Bog'liq «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasiIxtiyoriy diqqat - ongning oldindan belgilangan maqsadga muvofiq irodaviy va asabiy faollik ko‘rsatgan holda muayyan ob’ektga yo‘nalishi va unga to‘planishdan iborat diqqat turi.
Ixtiyoriydan keyingi diqqat - diqqatning muayyan ob’ektga, avvalo, ixtiyoriy ravishda qaratilib, so‘ngra uning ahamiyati tushunilgan sari o‘z-o‘zidan qaratilib boriladigan (avtomatlashgan) diqqat turi. Ushbu tushuncha psixologiya faniga N. F. Dobrinin tomonidan kiritilgan.
Diqqat chalg‘ishi - ma’lum bir faoliyat jarayonida diqqatning bir ob’ektdan boshqa bir ob’ektga ixtiyorsiz ravishda o‘tib turishidan iborat salbiy xususiyati.
24-rasm. Diqqat turlari
Diqqatning hajmi - diqqatning bir vaqgning o‘zida qamrab olishi mumkin bo‘lgan mustaqil ob’ektlar miqdori bilan o‘lchanadigan xususiyati. Diqqatning xajmi eksperimental sharoitda 2-6 mustaqil ob’ektga tengdir. Diqqatning ob’ektlari o‘rtasida qanchalik yaqin bog‘lanishlar mavjud bo‘lsa, uning hajmi shunchalik keng bo‘ladi va aksincha.
Diqqat ob’ekti - ongimiz atrofdagilardan ajratib olgan holda yo‘naltirilgan va faol to‘plangan narsa yoki hodisa. Diqqat ob’ekti faqat ob’ektiv narsalar emas, balki sub’ektiv hodisalar, o‘z his tuyg‘ularimiz, fikrlarimiz, xayol yoki xotira tasavvurlarimiz va boshqa shu kabilar ham bo‘lishi mumkin.
Ixtiyorsiz diqqat - ongimizning oldindan belgilangan maqsadsiz ravishda muayyan ob’ektga yo‘naltirilishi va unga to‘planishidan iborat diqqat turi. Ixtiyorsiz diqqat ob’ektlari narsa va hodisalarning odatdan tashqari holati, belgisi, sifati va boshqalardir.
Diqqatsizlik - diqqatni ob’ektga yo‘naltira va to‘play olmaslik, atrofdagi kishilarga nisbatan diqqatsizlik yoki iltifotsizlikdan iborat salbiy xarakter xislati.
Diqqatning o‘zgarib turishi - idrok, xotira, tasavvur yoki tafakkur jarayonida diqqatning ma’lum vakt ichida dam kuchayib, dam susayib turishdan iborat konuniyat; diqqat ba’zan dakikaga 25-30 marta xam o‘zgaradi. Diqqatning o‘rtacha o‘zgarish tebranish chastotasi 2-3 sekundga tengdir.
Ko‘ruv diqqati - narsa va hodisalarni ko‘ruv organi orqali idrok qilish, esga tushirish munosabati bilan namoyon bo‘ladigan diqqat turi.
|
| |