|
«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi
|
bet | 80/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 43,37 Mb. | | #264727 |
Bog'liq «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasi21-rasm. Assosatsiyalarning paydo bo‘lishi
Biz birinchi rasmda chaqmoq chaqishini birinchi marta guvohi bo‘layotgan kishini ko‘rib turibmiz, keyingi rasmda esa bu shaxsning ushbu jarayonni ikkinchi marta guvohi bo‘lganini ko‘ramiz. Bu shaxs yorug‘likni ko‘rishi bilanoq momaqaldiroq chaqishini bashorat qiladi (o‘ylaydi).
Operant conditionda biz shu narsani o‘rganamizki, biron bir ish-harakatni yaxshi natijaga erishmaguncha takrorlaymiz va yomon natijalarni takrorlamaslikka harakat qilamiz.
Ushbu rasmda morj koptokni boshida ushlab turishni o‘rganyapti. Birinchi rasmda u bu harakatni birinchi marta bajardi va buning evaziga baliq bilan rag‘batlantirildi va buning natijasida u keyingi safar bu harakatni juda yaxshi bajaradi. Soddalashtiramiz biz assosatsiya o‘rganishining ikki farqli turini kashf etdik. Ko‘pincha ular birgalikda sodir bo‘ladi. Yaponiyalik bir chorvador podasidagi mollarga peyjer (signal beruvchi maxsus moslama )lar taqib qo‘yadi.
22-rasm. Assosatsiyalarning paydo bo‘lishi
Oradan bir hafta o‘tgach mollar ikkita narsani assossatsiya qilishni o‘rganadi: birinchisi signal chalinishini va so‘ng ovqat olib kelinishini biladi-bu classical conditionning. Lekin ular yana shuni o‘rganishadiki emish idishlarini surishni ya’ni kelganlari uchun emish so‘rashni o‘rganadi- bu esa operant condition (rag‘batlantirilish orqali biron bir ish harakatni bajarishga o‘rgatish).
O‘rganish jarayoni faqatgina yuqoridagilardan iborat emas. Observational learning (kuzatib o‘rganish)da biz boshqalarning xatti-harakatlaridan o‘rganamiz. Misol uchun, shimpanzelar boshqalarning xatti-harakatlarini kuzatib o‘rganadi. Agar bittasi boshqa birining biror bir harakatni bajarib rag‘batlantirilganini ko‘rsa, u ham shu zahoti ushbu harakatni takrorlaydi.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, conditioning (shart) va observation (kuzatish) orqali o‘rganamiz va sharoitga moslashamiz. Biror bir belgini sezamiz va undan so‘ng nima bo‘lishini tajribamiz orqali bilamiz va unga tayyorlanamiz bu classical condition (Klassik sharoit)
Biz shuningdek biror bir xatti harakatlarni o‘rganib yaxshi natijaga erishmaguncha takrorlaymiz. Bu esa Operant condition (rag‘batlantirilish orqali biron bir ish harakatni bajarishga o‘rgatish) deyiladi. Boshqalarni kuzatib yangi xatti harakatlarni o‘rganishimiz Observational learning (Kuzatuv orqali o‘rganish) deyiladi.23
Miya va kognitiv psixologiyada shaxs miyasidagi muhim fikrlar bo‘lgan. Devid Homning fikri bo‘yicha ichki ko‘rinish, bilimlar aniq qonun qoidalarga bo‘ysungan holatda shakllanib boradi. Bu o‘zgarishlar vaqt va kuch sarflashning oqibatida paydo bo‘ladi.
Aslida bu kognitiv psixologiyaning ilmiy izlanishlar natijasidir. 19- asr psixologlari Velgelm Vundt va Fransiyalik Kornelis Donders inson reaksiyasiga javob uchun kerak bo‘lgan vaqtni o‘lchab, bir qator tajribalar o‘tkazishdi. Bundan 55 yil o‘tgandan so‘ng 20-asrda kognitiv psixologiya tushunchasi paydo bo‘ldi. 20-asrning birinchi yarmida izlanishlar jarayonida Frederik Burxus Skaner kabi psixolog bixevioristlar ichki his-tuyg‘ularani kechirish, anglash -fikrlash, xotira- nafaqat gipotetik konstruksiyalar balki hali oxirigacha o‘rganilmagan, isbotlanmagan mental konstruksiyalarni aniqlashdi.
Bixevioristlarning ta’kidlashicha tajriba va izlanishlar tahlili jarayonidagi inson hulq-atvori va stimullari mental konstruksiyalardek ahamiyatli emas. Uotson va Skinneralarning fikricha inson faqat shu tarzda ob’ektiv baholanishi mumkin. Bixevioristik teoreyaning mashhurligi 50 yillarda chetda qolgan, 1950 yillarda psixolog olimlarning e’tiborini yana diqqat, xotira, til, ma’lumotlarni qayta ishlash, fikrlash va ongga qaratildi. Bixeviorizmdan chekinish yangi davrning boshlanishiga asos bo‘ldi va turli xil kommunikatsion nazariyalarning paydo bo‘lishiga turtki bo‘ldi. Bu nazariyalar oldin paydo bo‘lgan ma’lumotlar nazariyalar asosida yangi tajribalarni tug‘dirib, nazariy va amaliy tushunchalarni shakllanishida belgi va diqqatni aniqlashga qaratilgan. Xomskiy kabi zamonaviy lingvistlar tilga va grammatikaga oid yangi nazariyalarni taklif qildi. Generativ va umumiy grammatikaning nazariyasi, tilning ustivorligi va Skinerning verbal hulq-atvorining tanqidi kognitiv fan tarixiga kirib keldi.
Xotira nazariyasi va uning modellari boshqa o‘rganish jarayonlarining modellarinig paydo bo‘lishiga asos bo‘ldi. Kompyuter bilan bog‘liq fanlar ayniqsa suniy intellekt inson nerv-to‘qimalari tizimi asosida tuzilgan. Buni test orqali tekshirib ko‘rish mumkin. Masalalarning yechimi va ishlanishi, saqlash uchun xotira va til o‘rganishlarda undan tashqari bu sun’iy neyron to‘qimalarining tuzilishida yordam berishi mumkin. Masalan: inson chehralarni eslab qolishi kabi sun’iy neyron to‘qimalar eslab qolishi mumkin.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak sun’iy qurilmalar insonlarga oid qobiliyatlarga ega bo‘lib kelmoqda. Kognitiv bilim bo‘yicha olib borilayotgan tajribalarda bolalarda dunyoni o‘rganish qobiliyatlari va chaqaloqlikdan o‘smir yoshiga o‘tgunga qadar qobiliyatlarini rivojlantirganlar. Hozirgi olimlarning ta’kidlashicha borliqni qabul qilish, anglash tasavvur qilish- bu bizning ichki reprizentatsiyamizdir.
U yoki bu narsa haqida ma’lumot bizning miyamizning abstrak yoki neyroximik kodlarida joylashgan.
Tolmen, Bartlett, Norman va Rumelxart kabi olimlar kognitiv kortagrafiyalar bo‘yicha bir qator tajribalar o‘tkazishdi. Yangi Elektroensefalografiya (EEG) funksional magnitno-rezonansli tomografiyalar olimlarga miyaning faolligini o‘lchash, insonninng ruhiy holatini o‘rganish imkoniyatlarini berdi. Bu insonnni, ongini, ruhiy holatini o‘rganishda bu yo‘nalishlar kognitiv psixologiyaning juda qiziqarli tomonlarini aniqlashda yordam berdi.
Kognitiv psixologiya bu nima degan sovolga javob beradigan bo‘lsak, bu psixik jarayonlarning asosida yotgan tafakkur va psixik jarayonlarni o‘rganishdir. Albatta bu yangi muammolarni tug‘diradi. Masalan, psixik hodisa bu aslida nima? Bu savolga juda ko‘p javoblar berish mumkin.
Misol qilib aytadigan bo‘lsak Knut fikricha o‘qiyotgan odamning e’tibori so‘zlarni va gaplarning joylashishiga qaratiladi va u o‘qish jarayonini ko‘rish orqali qabul qiladi. Boshqa ma’lumotlarni masalan, ko‘chadagi shovqinni yoki pashshaning uchayotgandagi ovozini o‘z kognitiv apparatiga - qulog‘i orqali qabul qiladi, bu yerda deraza unchalik ahamiyatga ega emas.
Juda ko‘p boshqa kognitiv xususiyatlar ham izlanishlar predmeti bo‘lib kelmoqda. Bir muammoning yechilishi misolida Knut vaziyatni quyidagicha tushuntiradi: Inson hozirgi holatidan kelib chiqqan holda – bajarilmagan vazifadan – maqsad- bajarilgan vazifaga erishish uchun o‘z miyasida ma’lum operatorlardan foydalanadi.
Knut fikricha bu vazifani bajargunga qadar qisqa muddatli va uzoq muddatli xotira bir vaqtning o‘zida faol bo‘lib keladi. Oldin olingan kichik-kichik bo‘limlardagi qog‘ozdagi ma’lumotlarni umumlashtirishga uning uzoq muddatli xotirasi yordam beradi. Inson kitobdagi, ma’ruzadagi va boshqa joydan olgan ma’lumotlarini jamlaydi va tahlil qiladi. Undan keyin xulosa chiqaradi va natijaga erishadi. Bu jarayon insonni psixologik qobiliyatlarini (qabul qilish, tushunish va saqlash) ko‘rsatish va o‘rganishda yordam beradi. Ba’zi olimlar inson emotsiyalari kognitiv psixologiya va miya ongdan alohida ko‘rinmaydi degan fikrni bildirishadi, masalan, nafrat sevgi quvonch –inson miyasini alohida o‘ziga xos deb qaraladi. Kognitiv psixologlar tashqi dunyo ma’lumotlarini qaerdan olamiz degan savolga javobni izlaydilar. Biz ma’lumotlarni qanday saqlashimiz? Ular ustida qanday ishlashimiz? Muammolarimizni qanday yechishimiz mumkin? Til orqali fikrimizni qanday ifodalaymiz?
Kengroq yoritadigan bo‘lsak, kognitiv psixologiya bu – unda ishtirok etayotgan barcha fiziologik va psixik jarayonlardir. Kognitiv psixologiyaning nevrologiyaga va kognitiv neyropsixologiya bilan bog‘liqligi. Albatta, tabiatni anglashni miyaning o‘zisiz tushunish oson bo‘lardi, lekin bu juda qiyin, neyrobiologik chegaralanishsiz bizning tafakkurimiz haqidagi nazariyani isbotlash yoki tuzish uchun neyroanatomiya, neyrofizilogiya miyaning faoliyati va u bilan bog‘liq bo‘lgan komp’yuter orqali olinadigan psixologik modellarni inobatga olish darkor.
Tafakkur juda ham keng va murakkab jarayondir. Shu darajada murakkabdir. Muammoning yechimini topish uchun kognitiv operatsiya bajarilishi mumkin. Neyrobiologik ma’lumotlar o‘rganish tadqiqotlarining nazariy yondashuvi uchun aniq ma’lumotlar beradi.
Bu jarayon tadqiqotlarni yanada aniqroq bo‘lishiga yordam beradi. Azaldan shu narsa ma’lumki, bosh miyaning jarohat olishi insonning fe’l atvorida o‘zgarishlar keltirib chiqarishi mumkin.
Miyaning tuzilishini va jarayonlarini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlarda yangi texnologiyalar keng imkoniyalar yaratib bermoqda. Ular bizning ongimizdagi bo‘layotgan hodisalarni tushunishga yordam beradi.
Zamonaviy psixofiziologiyaning bo‘limlari tepa va pastga bo‘rtib chiqqan miya qismi bilan ushlanib turiladi. Ular karri (singulyar burmalar), taxlamlar deb nomlangan. Ular ma’lumotlarni qabul qilib ishlashda ishtirok etadi. Xotira, e’tibor, tilni alohida-alohida ko‘rib o‘rganib bo‘lmaydi, miya har xil bo‘limlarga javob bersa ham, masalan, chanoq qismi masofaviy joylashuvimiz va orientirga javob bersa, miyaning ort qismi asosan vizual qabul qilish va tassavurga javob beradi. Lekin, ularni o‘zaro birgalikda faoliyat yuritishi bizning kognitiv defitsitni davolashga ko‘mak beradi. Miyaning har xil qismlari faoliyatining o‘zaro bog‘liqligini ta’riflash mumkin bo‘lgan jarayonlar va natijalar kognitiv neyropsixologiyaning asosiy maqsadidir. EEG va MRT kabi zamonaviy usullar olim izlanuvchilarga miya faoliyatini o‘lchab, undagi o‘zgarishlarni taqqoslash imkoniyatini beradi.
Knutning yuqoridagi savollarini eslasak, hech narsa o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydi. Kognitiv psixologiya sohasi o‘ziga bir qator jarayon va holatlarni jamlaydi va har bittasi miyaning bir qismida tasdiqlangan.
Perspektiva mavzusida insho yozish kerak bo‘lganda Knut bir necha kun toza varoq oldida o‘ng qo‘lida ruchka o‘ynatib o‘tirgan va bir necha soat qolganda essening bir harfini ham yozmagan oq qog‘ozga musht tushurib: «Menga reja kerak»-deb baqirib yuborgan. Knut duch kelgan bu vaziyat bilan biz kunda duch kelamiz. Insonning muammosi bor va u o‘sha muammoni qanday echishini bilmaydi.
Muammo o‘zi nima? Muommoni yechish yo‘llari mavjudmi?
Biz yoritmoqchi bo‘layotgan muammo bir ikkitasigina xolos. Undan so‘ng biz, Geshtalt psixologiyasida zamonaviy strategiya bilan bog‘liq bo‘lgan sun’iy intellekt bilan tugatib, savollar yechimini topishda turli xil yo‘larni ko‘rsatishni rejalashtirmoqdamiz.
Bundan tashqari biz ekspertlar muammo yechish yo‘llarini hal qilishni o‘rganib chiqamiz. E’tiborlaringizni ikkita mavzuga qaratmoqchimiz: bir tomondan neyrofiziologik, ikkinchi tomondan esa evolyusion. Har bitta muammoli vaziyatda asosiysi maqsadni aniq ko‘rish - bu fikr evolyusion nuqtai nazarida muammo yechimiga olib keladi. Inson yoki hayvonning moslashuvi adaptatsiya deb nomlanadi va hayotni muammodek qabul qilishga undaydi. Bu muammolar qatoriga oziqani topish, qahraton qishdan eson-omon chiqish, qaerda nimani qoldirgan bo‘lsa eslab qolish, to‘g‘ri qaror qabul qilish, qaerga o‘qishga borish va hakozolarni kiritish mumkin.
Evolyusion nuqtai-nazardan muammolarning yechimi oson va murakabga bo‘linadi. Masalan, o‘ng qo‘l bilan chashkadan kofe ichishimiz kerak bo‘lsa bu haqida o‘ylamaymiz ham. Bu miyamizda shakllanib bo‘lgan odatiy holat. Lekin murakkab mashina yoki robot uchun bir necha jarayon xotirasida saqlanishi shart (kurujkani tanish, to‘laligini aniqlash, undan so‘ng uni ushlab buyruqni ijro etish, harakatlantirish) hayotda esa bunaqa tabiiy vaziyatlar juda ko‘p, bizning ongimiz muntazam ravishda bu muammolarning yechimini tez hal qilish kerak. Fundamental muammolarga keladigan bo‘lsak, ular har doim ham duch kelavermaydi, lekin uzoq va ko‘p kuch talab qiladigan yechimlar bilan hal bo‘ladi. Masalan, shaxmat o‘yini miyadagi mas’ul qismlarini bir-biri bilan bog‘lanib turib o‘z ishini bog‘lashga undaydi. Qaysi joydan qaysi joyga o‘tish mumkin, bu bilan nimaga erishamiz. Bu muammoning oxirgi maqsadi mot qo‘yib yutish. Bu maqsadga erishish yo‘lidagi muammolarni echimi aniq maqsadlar bilan bog‘liq. Bu talablarni algoritmik yo‘l bilan amalga oshirish mumkin.24
|
| |