|
Motivlarning anglanganlik darajasi: ijtimoiy ustanovka va uni o‘zgartirish muammosi
|
bet | 78/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 43,37 Mb. | | #264727 |
Bog'liq «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasiMotivlarning anglanganlik darajasi: ijtimoiy ustanovka va uni o‘zgartirish muammosi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, motivlar, ya’ni xatti-xarakatlarimizning sabablari biz tomonimizdan anglanishi yoki anglanmasligi qam mumkin. Yuqorida keltirilgan barcha misollarda va holatlarda motiv aniq, ya’ni shaxs nima uchun u yoki bu turli faoliyatni amalga oshirayotganligini, nima sababdan muvaffaqiyatga erishayotganligi yoki mag‘lubiyatga uchraganini biladi. Lekin har doim ham ijtimoiy xulqimizning sabablari bizga ayon bo‘lavermaydi. Anglanmagan ijtimoiy xulq motivlari psixologiyada ijtimoiy ustanovka (inglizcha «attitud») xodisasi orqali tushuntiriladi.
Ijtimoiy ustanovka shaxsning ijtimoiy ob’ektlar, xodisalar, guruhlar va shaxslarni idrok qilish, baholash va qabul qilishga nisbatan shunday tayyorgarlik holatiki, u bu baho yoki munosabatning aslida qachon shakllanganligini aniq anglamaydi. Masalan, Vatanimizni hammamiz sevamiz, bayrog‘imiz muqaddas, nemis investorlarga ishonamiz, negrlarga rahmimiz keladi, tijorat ishlari bilan shug‘ullanadiganlarni albatta puldor, badavlat, deb hisoblaymiz va hakozo. Bu tasavvurlar, baho va hissiyotlar qachon va qanday qilib ongimizda o‘rnashib qolganligiga e’tibor bermasdan yuqorida sanab o‘tgan hissiyotlarni boshdan kechiraveramiz. Mana shularning barchasi ijtimoiy ustanovkalar bo‘lib, ularning mazmun mohiyati aslida har bir inson ijtimoiy tajribasi davomida shakllanadi va uzoq muddatli xotirada saqlanib, konkret vaziyatlarda ro‘yobga chiqadi.
Nazorat savollari
1. Shaxs motivatsiasi Amerikalik olimlar talqinida
2. Kasbiy motiv va motivatsiya
3. Mexnat faoliyati motivlari
4. Kasbiy moslashuv
5. «Motivatsiya» tushunchasi «Motiv» tushunchasi
13-mavzu. Shaxsning bilish jarayonlari va kasbiy rivojlanishi
Reja:
1. Diqqat jarayoni va shaxsning bilish jarayonlari
2. Sezgi va uning turlari
4. Xorij psixologiyasida sezgi nazariyalari.
5. Xayol va kasbiy faoliyat
6. Tasavvurning asosiy turlari
|
| |