|
«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi
|
bet | 92/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 43,37 Mb. | | #264727 |
Bog'liq «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasi2.Sezgi va uning turlari
Sezgi bilish jarayonidan biri hisoblanadi. Sezgi – oddiy bilish jarayoni, aks ettirishning dastlabki shakli ya’ni sezgi organlariga tashqi dunyoning alohida sifatlari tasviri. Segzi kognitiv jarayonning boshlang‘ich nuqtasi. (R.Solso).
Psixologlar fikricha, sezish jarayoniga kirish psixik faoliyatni tushutirishdagi eng birinchi qadam hisoblanadi. Lekin bizning miya faoliyatimiz ham biz nima sezsak o‘shani aniqlab beradi. Biz his tuyg‘ularni ikkala tomondan ham sezish yani miyaning yuqori qismidan keladigan va bizning tajriba va umid ishonchlarimizga yo‘naltiradi. Bizning sezish qobiliyatlarimiz turli chiziqlarni, burchaklarni va ranglarni anglashga yordam beradi.
Tabiat sezish qobiliyatini har narsaga in’om etadi. Inson o‘ziga kerak bo‘lgan har qanday organizmdagi eng kerakli ma’lumotlarni topa oladi. Qurbaqa uchadigan hashoratlar bilan oziqlanadi. Bunda faqat qora va oq ranglar signali etib boradi.
Atrof muhitda sodir bo‘layotgan muhim voqea hodisalarni biz sezgi organlarimiz orqali qabul qilamiz, quloqlarimiz eng sezgir organdir. Tovush chastotalari orqali inson ovozini chahaloq yig‘isidan farqlaydi.
Insoniyat tajribasi natijasida hayvonlar sezgi qobiliyati ham aniqlangan. Ko‘chib yuruvchi qushlar ichki sezgisi orqali qaerda qolishga munosib joy ekanligini anglashadi. Ko‘rshapalak va delfinlar esa o‘ljasini qaerda osonroq tuta olishiga qarab joy tanlashadi. Bulutli kunlarda asalarilar o‘zlari uchun ma’lum quyosh nurini hosil qila oladilar.
Hissiy moslashishning vazifasi nima?
Siz qo‘shni xonaga kirganingizda noxush hidni sezdingiz. Bu erdagilar bu hidga qanday chidayotganliklariga hayron qoldingiz, biroz vaqt o‘tgach bu hidni payqamay qo‘ydingiz. Hissiy moslashish- bu sizning oldingi holatingiz o‘zgarmagan holda keyingi holatga kirishish jarayonidir. (Bu holat siz qo‘l soatingizga qarab olgan vaqt davomida sodir bo‘ladiyu, siz buni bir necha soniyalargina his qilasiz. Holatga moslashganimizdan so‘ng nerv hujayralarimizda o‘sha holatga moslashish hissi uyg‘onadi.
Nega biz har doim atrofimizdagi narsalarni diqqat bilan kuzatamiz. Chunki bizning ko‘zlarimiz shunga moslashgan.
Marining ko‘zi harakatlanishi bilan proektordagi rasm ham harakatlana boshlaydi. Mari qaerga qaramasin tasvir ham shu tomonga harakatlanadi. Agar biz bunday qurilmani yon tomondan yuz orqali joylashtirsak, Mari nimani ko‘rar ekan? Birinchidan, u to‘liq manzarani ko‘radi. Lekin bir necha soniyadan so‘ng uning ko‘rish tizimida charchoq kuzatiladi va narsalar boshqacha ko‘rina boshlaydi. Oz ozdan tasvir yo‘qola boshlaydi, birozdan so‘ng tasvir to‘liq yoki tanish bo‘lak shaklida tiklanadi va keyin g‘oyib bo‘ladi.25
Sezgi psixik jarayonlarning boshlang‘ich darajasi hisoblanadi. Faqat sezgi jarayoni orqali ma’lumotlar bizning ongimizga kirib keladi. Sezgining psixik xususiyatlarini tushunish uchun sezgining turli tomonlarini tahlil qilishimiz kerak. Biz sezgini signalli va aks ettiruvchi funksiyalarini ajratishimiz kerak. Bir tomondan sezgi organizm uchun sharoitlarni ajratuvchi signal hisoblanadi. Biroq, sezgining o‘rni shu bilan yakunlanmaydi sezgi aks ettirishning maxsus funksiyasiga ega, ular iz yoki ob’ektiv dunyoning sub’ektiv obrazini yaratadilar bu inson va hayvonlarga o‘zini tutish imkoniyatini yaratadi. Bizga ma’lumki inson yoki hayvon organizmlariga kirib kelayotgan ma’lumotlar signallar tizimiga ega. Hayvonlar uchun bu signallar tizimi oziqlanish, himoyalanish yoki jinsiy xarakterga egadir. Hayvonlar uchun signallar tizimi faqat hayot uchun ahamiyatli holatlarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin. Masalan: mushuk qo‘ng‘iroq tovushiga e’tibor bermasligi mumkin, lekin sichqonning qimirlayotgan tovushiga javob reaksiyasini qaytara oladi. Ona qattiq tovushga e’tibor bermasligi mumkin, biroq farzandining yig‘i tovushiga uyg‘onadi.
Sezgini faqat “signallar” tizimi deb e’tirof etilsa xato bo‘ladi. Ular narsalarning sub’ektiv xususiyatlarini ham aks ettiradilar. Sezgi tufayli bizda ob’ektiv dunyoning sub’ektiv obrazi paydo bo‘ladi. Bu ob’ektiv dunyoning sub’ektiv obrazi insonni tashqi muhitga moslashish imkoniyatini beradi.
Inson psixikasi shunday murakkab tuzilganki u o‘zi uchun nafaqat qiziq bo‘lgan signallarni balki mavjud bo‘lgan tashqi dunyoning ob’ektiv holatlarini ham qabul qiladi.
|
| |