Sezgining retseptor va reflektor nazariyasi




Download 43,37 Mb.
bet94/201
Sana20.06.2024
Hajmi43,37 Mb.
#264727
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   201
Bog'liq
«servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasi

Sezgining retseptor va reflektor nazariyasi.
Ko‘p yillar davomida bizning sezgilarimiz passiv jarayon hisoblangan. Organizmga qandaydir qo‘zg‘atuvchi etib keladi, uni periferik organlar orqali qabul qilinib sezuvchan nervga uzatiladi va po‘stloq ostida to‘xtaydi, bu bosh miya po‘stlog‘iga etib keladi. Sezgi jarayoni shu konsepsiya nuqtai nazaridan passiv hisoblanadi, bu retseptor nazariyasi deb nomlanadi.
Biroq hozirgi kunga kelib bu nazariya etarli emas, sezgi jarayoniga faol jarayon sifatida yondashish kerak. Inson psixikasida passiv jarayonlar bilan bir qatorda faol jarayonlar ham mavjud. Hamma psixik jarayonlar reflektor jihatdan qurilgan.
I.M.Sechenov teri tuyush jarayoni faol paypaslash jarayonida vujudga keladi degan fikrga kelgan. Xuddi shu holatni ko‘rish sezgisida ham kuzatishimiz mumkin. ko‘rish sezgilari retseptor passiv jarayon hisoblanadi, nurlar ko‘z pardasiga tushadi, to‘r pardada qo‘zg‘alish paydo bo‘ladi, shundan so‘ng qo‘zg‘alish miya po‘stlog‘iga yuboriladi va passiv ravishda qabul qilinadi.
Kishidagi sezgilar haqida gapirganimizda adaptatsiya tushunchasi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz. Adaptatsiya–moslashuv bo‘lib, sezgi organlari sezgirligining qo‘zg‘atuvchi ta’siri ostida o‘zgarishi demakdir. Adaptatsiya hodisasi uch xil turda:
1. Qo‘zg‘atuvchining uzoq muddat davomida ta’sir etishi jarayonida sezgining tamomila yo‘qolibqolishiga o‘xshaydi, masalan, hid bilish sezgilari atrof–muhitga yoqimsiz hid yoyilgandan keyin ko‘p o‘tmay batamom yo‘qolibqolishi ham oddiy hodisadir. Agar tegishli moddani og‘izda bir oz vaqt saqlab turiladigan bo‘lsa, ta’m bilish sezgisining jadalligi susayadi va sezgi umuman yo‘qolib ketishi mumkin.
2. Adaptatsiya deb shuningdek, yuqorida bayon etilgan hodisalarga yaqin bo‘lgan, kuchli kuzatuvchining ta’siri ostida sezgining zaiflashib qolishi bilan ifodalanadi hodisaga ham aytiladi. Masalan, sovuq kuzatuvchi hosil qiladigan sezgining jadalligi qo‘lni sovuq suvga solganda susayadi. Kishi yarim qorong‘i xonadan yaqqol, yorqin yoritilgan xonaga chiqqanda, ko‘z qamashadi, tevarak–atrofdagi narsalarning farqini ajratish qiyin bo‘lib qoladi, bir oz fursatdan keyin esa ko‘rish analizatorining sezuvchanligi keskin susayib, odatdagidek ko‘ra boshlaydi va adaptatsiya hodisasi kechadi.
Adaptatsiya bu ikki turi negativ adaptatsiya deyiladi, negaki, bunda analizatorning sezuvchanligi susayadi.
3. Kuchsiz qo‘zg‘atuvchining ta’siri ostida sezgilikning oshishi ham adaptatsiya deyiladi, buni pozitiv adaptatsiya deb ham ataladi. Masalan, qorong‘i ko‘p bo‘lishi natijasida ko‘z sezuvchanligi ortadi. (Graf Monte Kristo misolida tushuntirish mumkin).
Sezgi a’zolarining sezuvchanligining oshishiga olib boradigan ikki soxa mavjuddir: 1) sensor nuqsonlar (ko‘rlik, karlik)ning o‘rnini to‘ldirish zaruratidan kelib chiqadigan sezuvchanlikning ortishi va 2) sub’ekt faoliyati tufayli kasbiga xos talablardan kelib chiqadigan sensibilizatsiya (sezuvchanlikning ortishi).
Ko‘rish yoki eshitish sezgisining yo‘qotilganligi ma’lum darajada sezuvchanlikning boshqa turlarini rivojlantirish hisobiga to‘ldiriladi, masalan, ko‘ra olmay qolgan kishilar xaykaltaroshlik bilan shug‘ullanganlar, chunki ularda tuyish sezgisi yuksak rivojlangan bo‘ladi. Ba’zi mahsus kasb bilan uzoq vaqt mobaynida shug‘ullanish ham sezgi a’zolari sezuvchanligi kuchayishi olib kelganligini ko‘rish mumkin, masalan, choy, pishloq, vino, tamaki sifatini aniqlovchilarda hid va ta’m bilish sezgilari yuksak darajada mukammallashib bo‘ladi. (Kinofilm–Narsiss misolida tushuntirish mumkin).
Mehnat faoliyati talablari ta’siri ostida sezgilar rivojlanishi misolini biz rassomlar, po‘lat quyuvchilar, uchuvchilar skripkachilar kabi kasb vakillarining bilish sezgilarida kuzatishimiz mumkin.

Download 43,37 Mb.
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   201




Download 43,37 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sezgining retseptor va reflektor nazariyasi

Download 43,37 Mb.