«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi




Download 43,37 Mb.
bet93/201
Sana20.06.2024
Hajmi43,37 Mb.
#264727
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   201
Bog'liq
«servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasi

29-rasm. Sezgining paydo bo‘lishi

Ko‘pgina olimlar sezgi haqida o‘z qarashlarini keltirib o‘tishgan. Birinchi qarash: sezgi tashqi olam bilan aloqa o‘rnatuvchi jarayondir. Faylasuf idealistlar sezgi organlar bizni tashqi dunyo bilan birlashtirmaydi, balki ulardan ajratadi. Sezgi organlari orqali real bo‘lmagan mavjud bo‘lgan ob’ektlarni qabul qilamiz. Bu fikrlar ingliz faylasufi Berkli tomonidan keltirilgan. I.Kant ham bu fikrni tasdiqlagan, nemis faylasufi Ernest Max tomonidan ham bu fikrlar tasdiqlangan. Masalan men yashil rangdagi maysaga qarayapman, lekin bu ob’ektiv yashil rangni idrok qilayapmanmi. YA’ni insonning ko‘z gavhariga tushgan nur rangni o‘zgartiradi Berklining fikriga ko‘ra, biz haqiqatdan ham maysaning rangini bilmaymiz shuning uchun ham biz illyuziyalar dunyosida yashaymiz. Chunki, bu holatlar bizning sub’ektiv fikrimiz hisoblanadi.


Shunga yaqin fikrlarni Kant ham aytib o‘tgan. Men ob’ektiv olam haqidagi fikrlarni faqat sezgilarim orqali qabul qilaman. Men sezgi organlarim chegarasidan chiqa olmayman. Sezgi organlarim meni tashqi dunyodan ajratadi, ularni birlashtirmaydi.
Ernest Max ham bu fikrga qo‘shilgan tashqi dunyo mening sezgilarimning kompleksidir, bu sezgilar fiziologik jarayonlarning aks ettirishidir.
XIX asrning o‘rtalarida ikki taniqli fiziologlar idealistik nazariyani mustahkamlashgan. Ularning biri Ioganis Myuller ikkinchisi Gelmgolslardir. Ularning fikrlarini yuqorida keltirilgan tushunchalar to‘ldiradi. Ular psixologiyada sezgi organlarining maxsus energiyasi qonuniyati nazariyasini kashf qilishgan. Olimlar sezgi organlari bizni tashqi dunyoga yaqinlashtirmaydi, balki ularni bir biridan ajratadi deb hisoblashgan.
Miller alohida sezgi organlarini kuzatib quyidagi hulosalarga kelgan. Har bir sezgi organlari o‘ziga xos bo‘lgan energiyaga egadir va shular tashqi dunyoga ta’sir o‘tkazadi. Masalan, bizning sezgi organlarimizga turlicha ta’sir o‘tkazishimiz har bir sezgi organlarimizning o‘ziga xos kodlari mavjud.26



Download 43,37 Mb.
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   201




Download 43,37 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi

Download 43,37 Mb.