• 30-rasm.
  • Proprioretseptiv sezgilar
  • Sezgining klassifikatsiyasi




    Download 43,37 Mb.
    bet96/201
    Sana20.06.2024
    Hajmi43,37 Mb.
    #264727
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   201
    Bog'liq
    «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasi

    Sezgining klassifikatsiyasi.
    Sezgilarni 3 ta katta sinfga ajratish mumkin. Bular introtseptiv(organizmdagi sezgilar), propriotseptiv sezgilar (harakatdagi organlar sezgisi), eksterotseptiv sezgilar (tashqi dunyodan kelayotgan sezgilar)dir.
    Hamma ichki organlarda tomir devorlari, oshqozon devorlarida sezuvchan to‘qamalar joylashgan, ular har bir holatlarga javob beradilar, bu to‘qamalardan biri esa bosimga javob beradi. Har qanday ichki organlarning holatlari boshqariladi bunda introretseptorlarning o‘rni katta. Bu to‘qimalarning qo‘zg‘alishi anglangan sezgilarni aniqligini ko‘rsatmaydi. Sechenov ularni «qorong‘u sezgilar» - deb nomlab, tashqi dunyodan ajratuvchi deb atagan. Bu qorong‘u sezgilar so‘z orqali ifodalanmaydigan sezgilarni beradi. Ba’zi bir tadqiqotchilar komfort yoki diskomfort tushunchasini beradi deb e’tirof etishadi. Bu sezgilar emotsional xarakterga ega, bular organizmning holatlarini aks ettiradi.
    Bu sezgilarning organizm uchun o‘rni kattadir. Bu sezgilar mayl va ehtiyojlarni ham tug‘diradi. Ochlik, chanqov, havo etishmasligi va boshqalar, bu sezgilarni biologik mayl va ehtiyojlarning asosi deb hisoblanadi. Bizni qornimiz ochsa ovqatlanamiz, chanqasak chanqovni qondiramiz. Bu sezgilarni murakkab reflektor jarayoni desak mubolag‘a bo‘lmaydi, bularning natijasida esa ehtiyojlar qondiriladi

    30-rasm. Sezgi turlari


    Introretseptiv sezgilar
    Amerikalik fiziolog olim Kennon introretsertor funksiyalarni o‘zlashtirish maqsadida gemostazis tushunchasini kiritgan, gemostazis organizmda qaytadigan muvozanat holatini bildiradi. Gemostazis introretseptor signallarning shakllanishi orqali vujudga keladi.
    Introretseptorlarning ishi reflektor jarayonlarining ichki organizmlarda asosiy jarayoni hisoblanadi, ular qat’iy muvozanat yoki gemostazisni saqlab turadi.
    Proprioretseptiv sezgilar
    Introretseptiv sezgilar bilan bir qatorda boshqa sezgi organlari ham mavjud. Bu proprioretseptorlar tizimidir, ular harakat, muskul to‘qimalari signallarini qabul qilish imkoniyatini beradi.
    Bizning muskul, bo‘g‘im to‘qimalarimizda sezuvchan nerv to‘qimalari mavjud, ular bizning muskullarimiz haqidagi ma’lumotlarni beradi.
    Ko‘p vaqtlar davomida harakatni amalga oshirish uchun efferent harakat qo‘zg‘atuvchilarini o‘zi kifoya qiladi degan fikr mavjud edi. N.A.Bernshteyn umrining ko‘p qismini harakatni o‘rganishga bag‘ishladi, uning tadqiqotlarini ko‘rsatishicha harakat apparati murakkab tuzilgan, uni harakatga keltirish uchun efferent impulsning o‘zi kifoya qilmaydi. Ixtiyoriy harakatni boshqarish uchun proprioretseptorlardan keluvchi afferent signallarni mustahkamlash kerak, bo‘g‘imlarning harakatlari esa bevosita shu retseptorlarga bog‘liqdir.
    Interoretseptorlar ichki gemostazisning organi hisoblanadi, proprioretsertorlar tashqi gemostazisning organi hisoblanadi. Interoretseptorlar organizmdagi moddalan almashinuvini nazorat qilad, proprioretseptorlar harakatlarni koordinatsiya qiladi va koordinatsiya apparatini nazorat qiladi.

    Download 43,37 Mb.
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   201




    Download 43,37 Mb.