• Tayanch iboralar
  • «servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi




    Download 43,37 Mb.
    bet104/201
    Sana20.06.2024
    Hajmi43,37 Mb.
    #264727
    1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   201
    Bog'liq
    «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasi

    Nazorat savollari
    1. Diqqat jarayoni va shaxsning bilish jarayonlari
    2. Sezgi va uning turlari
    3. Xayol va kasbiy faoliyat
    4. Bilish jarayonlarini boshqarish usullari.


    14-mavzu. Idrok va kasbga yo‘llash
    Reja:
    1. Idrok haqida tushuncha.
    2. Idrok qilish qonunlari
    3. Idrok illyuziyasi
    4. Kasb tanlash yo‘nalishlari
    Tayanch iboralar: Idrok qonuniyatlari, konstantaligi, rubin figuralari, taxmin, anglanganlik, figura va fon, yaxlitlik, chorvachilik.


    Idrok haqida tushuncha. Idrok - Sezgi a’zolariga bevosita ta’sir etib turgan narsa va hodisalarning kishi ongida butunligicha yaxlit holda aks ettirilishi idrok deyiladi. Idrokning sezgidan farqi, narsalarni umumlashgan holda, uning hamma xususiyatlari bilan birgalikda aks ettirilishidir. Idrokning muhim xususiyatlari uning predmetliligi, yaxlitligi, strukturaliligi, doimiyligi (konstantligi) va anglashilganligidir. Idrok psixologiya fanida “persepiya” (lotincha, qayd etish) ma’nosini bildirib, uning sodda turi persepsiya, tajribaga o‘tgan qismi, “appersepsiya” deyiladi.

    38-rasm. Idrokning paydo bo‘lishi

    Voqe’likdagi hodisa va vaziyatlarni oldindan anglash “sotsial persepsiya” deyiladi. Idrokni tushunishda uning xususiyatlarini bilish, o‘zaro farqlash ahamiyatli sanaladi. “Idrok tug‘mami yoki o‘zlashtirilganmi?” - degan savolni qo‘yish o‘rinlidir. Har ikkalasi (tug‘ma ham o‘zlashtirilgan) ham deb javob bera olamiz. Idrok - his tuyg‘ular, ruhiy kechinmalar orqali boyitib boriladi. Shu sababli ham bizga turli darajadagi tahlil natijalari zarur bo‘ladi. “Oddiy” tushunchalar bu inson miyasining yaratuvchilik mahsulidir. Yuqoridagi rasmda. Noaniq bo‘lgan ot-tyulen shakli. Agar 10 ta odam olinib, ulardan ferma hayvonlari haqida o‘ylashlari so‘ralsa, 10 ta odamdan taxminan 7 tasida ot haqida, bordi-yu ulardan dengiz hayvonlarini o‘ylashlari so‘ralsa yana 10 ta odamdan 7 tasida tyulen haqida tushuncha hosil bo‘ladi.



    Download 43,37 Mb.
    1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   201




    Download 43,37 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi

    Download 43,37 Mb.