|
«servis» fakultеti «kasb ta'limi» kafеdrasi
| bet | 105/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 43,37 Mb. | | #264727 |
Bog'liq «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasiIdrok va Inson omili.
Psixologlar ish olib borayotgan mexanizmlar hamda ish qurilmalaridan oqilona foydalanish borasida inson omili qay darajada ahamiyatli? Inson omili psixologiyasi psixologiyaning insonlar hamda mexanizmlar va mexanizmlar bilan fizik muhitda qanday qilib xavfsiz va oson ish faoliyat olib borish haqida tadqiqotlar olib boradigan sohasidir. Dizaynlashda ba’zida inson omili e’tibordan yiroqda qoladi. Bunga e’tiroz tariqasida psixolog Donald Norman televizor, telefon go‘shagi, karnaylar, raqamli ovoz yozish apparati, DVD pleer, video magnitafon hamda murakkab ko‘rinishdagi uy teatriga o‘rnatilgan ettita oddiy qurilmalar birlashmasiga bergan alohida ta’rifida quyidagicha fikrlarni keltirib o‘tgan edi. «Men Apple rivojlangan texnologiyasining vitse prizidenti edim. Men o‘nlab kompyuterlarni o‘nlab tilda dasturlay olaman. Televizorni haqiqatda tushunaman. Ha haqiqatda yaxshi bajaraman. Buning ahamiyatli joyi yo‘qku: men buyukman».
Agar muxandislar insonlarning dizaynlari hamda ko‘rsatmalarini tekshirish ustida inson omili psixologiyasi bilan muntazam tarzda ish olib borsalar, hayotimizni shunchalik osonlashtiradilar.
Inson omili psixologlari bizning tabiiy va ko‘nglimizdagi tushunchalarimizni hamda jihozlar, mexanizmlar hamda ish sharoitlari bilan uyg‘unlashtirishga ko‘maklashadi.
Avtomatlashtirilgan hisob mashinalari video magnitafonlarga nisbatan ichki jihatdan murakkab tuzilishga ega, insoniyat omili psixologlariga muxandislar bilan birgalikda faoliyat olib borganliklari uchun tashakkur. Avtomatlashtirilgan hisob mashinalaridan foydalanish juda oson.
Inson omili psixologlari dizaynlashtirish xavfsizligi hamda etarlicha shart-sharoitlar ustida ham ish olib borishadi. Tadqiqotchilarning aniqlashicha, o‘ziga xos oshxona joylashishida, omborda kerakli bo‘lgan jihozlar foydalanuvchilar yaqqol va aniq ko‘ra oladigan darajada joylashishi lozim. Bunaqa joylashgan jihozlar inson yumushlarini oson bajarishi imkonini beradi, uchburchak shaklda joylashgan muzlatgich, oshxona plitasi hamda rakovina misolida yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Hamda bunday joylashuv qo‘llarga tirsakdan biroz past balandlikda ishlash imkonini yaratadi. (Boexm - Davis, 2006).
Odam omilini tushunish tushkunlikka tushishni kamaytirishga mo‘ljallangan loyihalardan ko‘proq ish bajaradi; bu baxtsiz voqea - hodisalardan himoyalanish hamda falokatlardan qutilishga yordam beradi (Boexm - Davis, 2005). Misol tariqasida, moliyaviy havo falokatlarining uchdan ikki qismi inson xatosi tufayli sodir bo‘lgan (Nitskerson, 1998). 1960-yillarning oxirlarida Tijoriy havo qatnovlari boshlanishidan so‘ng Boing 727 uchuvchi xatosi tufayli erga qo‘nish jarayonida bir necha bor falokatga uchradi. Psixolog Sonrad Kraft (1978) bu halokatlarni oddiygina izohlab o‘tgan edi: hammasi tunda yoritilmagan er va yoyilib yotgan suvdan uchib o‘tib, uchish va qo‘nish yo‘llari etishmasligi sabbabli sodir bo‘ldi. Kraft uchish qo‘nish yo‘laklaridan tashqari shahar chiroqlarini ham releyfga nisbatan kattaroq va yaqqol ko‘rinib turishi proektlashtirilishi lozim ekanligini ham sabab qilib ko‘rsatdi. Bu erni masofasiga qaraganda yaqqol ko‘zga tashlanishiga imkon yaratadi. Bunday qatnov tasviri ahvolini qaytadan yaratish orqali, Kraft uchuvchilar haqiqiy balandliklaridan chalg‘igan ekanliklarini kashf qildi. Kraftning kashfiyoti ko‘magida, havo yo‘llari monitor oldida xavf xatar va balandlikdan ogohlantirib turuvchi birgalikda ishlovchi uchuvchilarga ehtiyoj seza boshladi va halokatlar kamaydi.
Ta’lim jarayonida inson omili masalasi, psixologlarning eng kuchli qurilmasi izlanishlar ko‘magidagi ta’limot hisoblanadi. Amerika Ko‘shma SHtatlarida odatdagi sharoitda qo‘llasa bo‘ladigan shunday bir texnologiya borki, u cho‘ntak o‘lchamidagi moslamaga infra qizil nurlar yoki xona tovush sistemasidagi FM signallarni qabul qiluvchi qurilmaga o‘rnatilgan. YAxshi niyatda dizaynlashtirgan, sotib olgan hamda ushbu qurilmani to‘g‘ri tushunib o‘rnatganda foydalanuvchi qulog‘da qurilma to‘g‘ridan to‘g‘ri ovoz chiqaradi. Afsuski, bir qancha odamlar eshitishi yo‘qolishi oqibatida ushbu qurilamdan foydalanish jarayonida uni joylashtirishda, taqib yurishda hamda ko‘zga yaqqol tashlanib turishi natijasida qiyinchilik va noqulayliklarni boshdan kechirganlar. Shu tufayli ham bunga o‘xshash qurilmalar devoriy shkaflardan joy olgan. Britaniya, Skandinaviya hamda Avstraliyada halqa shaklidagi odatdagi tovushlarni to‘g‘rdan - to‘g‘ri insonning o‘z eshitish qobiliyatiga ko‘ra o‘tkazadigan qurilmani o‘rnatishdi. Quloq ichiga moslab o‘rnatilgan ovozni baland kilib beruvchi moslama ehtiyotkorona qo‘shilganda eshitishga yordamlashishi tubdan o‘zgarishi mumkin. Qulay, ko‘zga tashlanmaydigan, har bir shaxsning eshitish darajasiga mo‘ljallangan moslama taklif qilinganda ko‘pgina odamlar yordamchi eshtish qurilmalaridan foydalanishni tanlashadi. Insonlar va texnologiya o‘rtasidagi oson, xavfsiz, hamda foydali o‘zaro munosabatni dizaynlashga imkoniyat yaratish faktlar ko‘rsatilgan paytda anik ravshan o‘z aksini topadi. Shunday ekan nega ular ommalashmasin?
Texnologiyani rivojlantiruvchi mutaxassislar ba’zida insonlar o‘zlarining tajribalarini o‘zlariga nima aniq bo‘lsa o‘zgalarga ham shunga o‘xshash narsalar aniq bo‘ladi deya fikr almashishadi deb xato taxmin qilishadi. Insonlar bilaklarini stol ustiga qo‘yib tanish ovozni taqillatganlarida, eshitayotgan insonni ham aynan shu tovushlarni anglashi kutiladi (buni do‘stlaringiz bilan sinab ko‘ring). Ammo bu tinglovchi uchun deyarli imkonsiz bo‘lgan topshiriq hisoblanadi. Qachonki bir narsani bilib tursangiz-u, ammo uni aqlingiz orqali nimaga o‘xshashini tasvirlashingiz qiyin bo‘lsa, bu bilimning halokati hisoblanadi. YOdda saqlash uchun ma’lumot: dizaynerlar hamda muxandislar dizaynlashni insonlarga mos tarzda bo‘lishida foydalanuvchilar o‘zlarining kashfiyotlarini keng ommaga takdim etishdan oldin hamda bilim falokatga yuz tutmasligi uchun insonning qobiliyati va xulq atvorini hisobga olishlari shart.
|
| |