• Kutishlar va taxminlarning idrokka ta’siri V. Kutishlar va taxminlarning idrokka ta’siri.
  • B. Idrokning konstantliligi qonuni




    Download 43,37 Mb.
    bet113/201
    Sana20.06.2024
    Hajmi43,37 Mb.
    #264727
    1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   201
    Bog'liq
    «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasi

    B. Idrokning konstantliligi qonuni. Bu qonun ma’lum ma’noda oldingisiga bog‘liq. YA’ni bunda ham ilgarigi tajriba katta rol o‘ynaydi. Ma’nosi: odam o‘ziga tanish bo‘lgan narsalarni o‘sha xossa va xususiyatlar bilan o‘zgarishsiz idrok qilishga moyildir. Masalan, samolyot ichida o‘tirib erga qaraganmisiz? Avtomobil yo‘llari, ularda harakat qilayotgan mashinalar kichkina ko‘rinadi, lekin biz ularni hozir kichrayib qolgan, deb idrok qilmaymiz-ku? Aslida ko‘zqorachig‘imizdagi aks kichkina bo‘lsa-da, ularni o‘zimiz «to‘g‘rilab» alohida predmetlar sifatida idrok qilaveramiz.
    Bu o‘rinda bir etnografning Afrikadagi kuzatishi haqida misol keltirish joizdir. U kunlarning birida pigmeylar deb ataluvchi qabila vakillaridan biri bilan quyuq o‘rmondan chiqqan (bu qabilaning umri halin o‘rmonda o‘tadi). Ro‘parada yaylovda sonsiz mollar podasi o‘tlab yurgan bo‘lgan. Etnograf ularni oddiy mollar podasi sifatida idrok qilgan, pigmey esa ularni chumolilarga o‘xshatib, ularning ko‘pligi va kichikligidan hayratlangan. Olimda idrokning konstantligi namoyon bo‘lgan bo‘lsa, uning sherigida uning buzilganligi kuzatilgan.
    Demak, idrokimizning konstantligi, ya’ni ilgarigi tajriba asosida narsalarning xossa va xususiyatlarini o‘zgartirmay, turg‘un xolda yaxlit tarzda idrok qilish xususiyati bizga tashqi muhitda to‘g‘ri moslashuvimiz, narsalar dunyosida adashmasligimizni ta’minlaydi. Konstantlik - «constanta» so‘zidan olingan bo‘lib, o‘zgarmas, doimiy degan ma’noni bildiradi.


    Kutishlar va taxminlarning idrokka ta’siri
    V. Kutishlar va taxminlarning idrokka ta’siri. Ko‘pincha bizning idrokimiz ayni paytda biz nimalarni kutayotganimizga bog‘liq bo‘lib qoladi. Biz o‘zimiz kutgandan ham ko‘p paytlarda o‘zimiz ko‘rgimiz kelgan narsalarni ko‘ramiz, eshitgimiz kelgan narsani eshitamiz. Masalan, sonlar qatorida paydo bo‘lgan V harfi uzoqdan albatta 13 soniday idrok qilinadi, yoki aksincha harflar orasidagi 13 «V» ga juda o‘xshaydi. Kechasi yolg‘iz qolib kimnidir kutayotgan bo‘lsangiz, har qanday juda sekin sharpa ham oyoq tovushlariga o‘xshayveradi. Sog‘ingan do‘stingizga biror jihati bilan o‘xshash bo‘lgan odamni ko‘rsangiz-chi?
    Shunday qilib, inson idroki shaxsiy ma’no va ahamiyat kasb etgan ma’lumot vositasida ongdagi bo‘shliqni to‘ldirishga harakat qiladi. Birovning orqadan chaqirishini kutayotgan bo‘lsangiz, negadir albatta, bosh harfi to‘g‘ri kelgan ismni aysa ham tezgina o‘sha tomonga o‘girilib qaraysiz. Aynan shunday hodisalar ba’zan idrokdagi xatoliklarning kelib chiqishiga olib keladi. Amerikalik Dj. Begbi degan olim stereoskop orqali amerikalik va meksikalik bolalarga shakli unchalik aniq bo‘lmagan slaydlarni birin-ketin ko‘rsatgan. Amerikalik bolalar ularni beysbol o‘yini, oq sochli qiz ifodalangan desalar, meksikalik bolalar ularni buhalar jangi, qora sochli qiz, deb ta’riflaganlar. Ko‘pchilik bolalar esa ko‘rsatilgan ikkita rasmdan faqat bittasini ko‘rganini e’tirof etganlar. Demak, bizning idrokimiz, uning mazmuni madaniy va ma’naviy muhitga ham bog‘liq bo‘lib, bu kutishlar tizimidan kelib chiqarkan.



    Download 43,37 Mb.
    1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   201




    Download 43,37 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    B. Idrokning konstantliligi qonuni

    Download 43,37 Mb.