|
Vaqt va harakatni idrok qilish
|
bet | 109/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 43,37 Mb. | | #264727 |
Bog'liq «servis» fakultеti «kasb ta\'limi» kafеdrasiVaqt va harakatni idrok qilish. Vaqtni idrok qilinishi voqelik hodisalarning ob’ektiv ravishda doimiyligini, tezligi va izchilligini aks ettirish demakdir. Vaqtni idrok qilish kishiga muhitdan mo‘ljal olish imkonini beradi.
Odamda vaqt chamalash miya qobig‘i bo‘lmalarida ro‘y beradi. Miya qobig‘ining ma’lum bir joyida vaqt chamalash ro‘y beradi, vaqtni sarhisob qilishning maxsus markazi mavjud degan taxmin asossizdir. Vaqtni idrok etilishi negizini qo‘zg‘alish va tormozlanishning ritmik tarzda almashinuvi, markaziy nerv sistemasida, bosh miya yarim sharlarida qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarinig susayishi oqibatidir.
Vaqtni idrok qilishda turli analizatorlar ayniqsa eshitish va kinestezik sezgilar ishtirok etadi. Makon va vaqt oraliqlari vaqtni idrok etishda juda muhimdir. (Quyosh holati va vaqt, turli tovushlar: xo‘rozning qichqirishi, azon tovushi, bir xil vaqtda chalinadigan gudok, ma’lum jadval bo‘yicha qatnaydigan poezdning o‘tishi yoki kechqurun ayrim qushlarning to‘planib o‘tishi, sayrashi va boshqalar eshitish sezgilari ta’sir qilayotgan qo‘zg‘atuvchining vaqtga oid xususiyatlarini: uning davomiyligini, ritmik xususiyatlarini va shu kabilarni aks ettiradi)
Vaqt doimiyligini idrok etish ko‘p jihatdan ichki kechinmalarga, hissiyotga ham bog‘liq. Qiziqarli va chuqur asoslangan faoliyat bilan band bo‘lishdagi vaqt juda qisqa, zerikarli va mazmunsiz faoliyatda vaqt o‘tishi qiyin, uzoq deb idrok qilinishi mumkin.
Harakatni idrok qilinishi - ob’ektlarnig fazoda egallagan holati o‘zgarishini aks ettirishdir. Harakatni idrok etilishi hayotiy muhim ahamiyatga ega.
Hayvonlar uchun harakat qiluvchi ob’ektlar xavf-xatar yoki oziqlanish imkoniyati paydo bo‘lishi haqida signal vazifasini o‘taydi va shunga javob berishga undaydi. (Masalan, baqa faqat harakatlanadigan hashorotlarnigina eydi, ba’zi baliqlar ma’lum harakatlardan- to‘lqindan qochadi, hurkiydi va hokazo). Harakatni idrok etishda ko‘rish va eshitish, kinestezik analizatorlar asosiy rol o‘ynaydi. Tezlik, tezlanish, harakat yo‘nalishi harakatdagi ob’ektning perimetri hisoblanadi.
Kishi ob’ektning fazoda u yoqdan bu yoqqa ko‘chishiga oid ma’lumotlarni 2 ta har xil yo‘l bilan, ya’ni ko‘chish hodisasining o‘zini bevosita idrok etish va bir muncha vaqt mobaynida boshqa joyda turgan ob’ektning harakati haqida xulosa chiqarish asosida olio‘ mumkin.
Harakatlanayotgan ob’ektning harakatsizligi, agar u muayyan vaqt vaziyat birligini ko‘z bilan idrok qilish mumkin bo‘lmasa, harakatni o‘tgan vaqt birligida idrok qilamiz lekin bu harakat natijasini idrok etish bo‘ladi. (Soat millari siljishini bevosita kuzatib idrok qila olmasak ham bir necha vaqtdan keyin uning siljiganligini vaqt birligida idrok qilamiz)
Ko‘rish orqali ob’ektlar harakati haqidagi axborotni 2 yo‘l bilan: qayd etilgan nigoh va ko‘zlarning kuzatuvchi harakati bilan olishimiz mumkin. Ko‘zni uzmay kuzatish, ko‘zni, gavdani burib kuzatish. Masalan, biz o‘tirgan vagon harakatlanmasada, yonimizda turgan vagonga qarab bizning vagon yura boshladi deb idrok qilamiz yoki aksincha, biz o‘rnimizda turibmiz-u, temir yo‘l chetidagi stolbalar, daraxtlar yurmoqda deb idrok qilishimiz mumkin.
O‘smirlar- o‘zlariga yoqadigan narsalarni qunt va sabot bilan idrok qiladilar. O‘smirlar bir narsaning o‘zini ko‘p marta idrok qilishni uncha yoqtirmaydilar - bu hol ham o‘smirlar idrokiga xos bo‘lgan xususiyatlardan hisoblanadi. Ammo maktabgacha yo‘ldagi va kichik maktab yoshidagi bolalar yoqtirgan narsalarini qayta-qayta eshitib yoki ko‘rib rohatlanaveradilar.
O‘smirga narsa va hodisalarning yangi tomonlarini mustaqil ochish juda yoqib tushadi. O‘smirlar hamisha narsa va hodislarning aql va xayolni maftun etuvchi qandaydir yangi, g‘alati tomonlarini izlaydilar. Bu yoshdagi bolalarni qahramonlar jasorati, buyuk voqealar, ulkan kashfiyotlar haqidagi va shu kabi hikoyalarni zo‘r e’tibor bilan tinglashlariga qahramonona ishlar, sarguzashtlar haqidagi hamda ilmiy-fantastik adabiyotlarni sevib o‘qishlariga sabab ham shundadir.
|
| |